7-Amaliy mashg‘ulot.
DOZIMETRIK ASBOB-USKUNALARNI TUZILISHI VA ISHLASH
PRINSIPI.
Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan sanoat korxonalarida, bu
korxonalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari,
qo‘shni xonalarda boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotganlar, shuningdek, sanoat
korxonasi joylashgan zonada yashovchilar ham birmuncha radioaktiv nurlanishlar
ta’siriga tushib qolishlarini hisobga olish kerak. Ishchilarni va boshqa ishlar bilan
radioaktiv zonalarda shug‘ullanayotgan va yashayotgan
shaxslarning xavfsizligini
ta’minlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan ta’minlash,
nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muhofaza vositalari va shaxsiy himoya
vositalaridan foydalanishdir. Bunda, radioaktiv nurlanishlar miqdorini o‘lchash
asboblaridan foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.
Ionlashtirilgan nurlanishlardan ishchilarni saqlash qoida va normalari hamda
qo‘llaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir.
Asosiy
normalovchi
hujjat
sifatida
quyidagilardan
foydalaniladi:
«Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-76)». «Radioaktiv moddalar va boshqa
ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchilar uchun asosiy sanitariya
qoidalari» (OSP-72); GOST 12.2.018-76 «SSBT. Rentgen qurilmalari.
Xavfsizlikning umumiy talablari»; GOST 17.4.001-75 «SSBT.
Ishchilarni
muhofaza qilish vositalari. Sinflari». Joriy qilingan normalar bo‘yicha
nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan dozasi (YQD), shuningdek, ishlovchi uchun bir
yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida organizmda yig‘ilgan taqdirda uning
sog‘lig‘iga va avlodlari sog‘lig‘iga zarar etmaydigan miqdorlari belgilangan.
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta’sir
ko‘rsatmasdan, ba’zi bir a’zo va hujayralarini ko‘proq zararlashi aniqlangan.
SHuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning qaysi
qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yig‘ilganligi hisobga olinadi. CHunki bu
yig‘ilgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm falokatini ta’minlashi
mumkin.
SHuning uchun radioaktiv nurlanishlar xavfsizlik normalari NRB-76
bo‘yicha, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozalari (YQD) ichki va tashqi
nurlanishlar bo‘yicha belgilanganda, nurlanuvchilar toifasi va xavfli a’zolar
hisobga olinadi.