Bu kuchlanish xavfli bo‘lib va ko‘p vaqt davomida ketmaslikligi
mumkin.To uni aniqlaguncha maksimal himoyalovchi tok ishlamay qolishi
mumkin bunga sabab,er bilan tutashuvi tok ko‘p holatlarda himoyalovchi vositani
ishga tushurish uchun etarli bo‘lmaydi
Elektr uskunani,tok o‘tmaydigan metalli qismlarni nolli o‘tkazgichga ulanib
kuyilsa,
fazali
kuchlanishi
qobiqqa
o‘tishi,bir fazali qisqa tutashuv
tokigatengbo‘ladi. Hosil bo‘lgan qisqa tutashuv toki faza bilan nol o‘tkazgich
qarshiliklari va transformatorning chulg‘amiga bog‘lik bo‘ladi.Bu
tokdan,
maksimal himoyalovchi tok qurilmasni ishgatushadi va buzilgan uskunani
o‘chiradi. SHunday qurilmalardan biri tez eriydigan saqlagich buzilgan jismni 5-7
soniya ichida o‘chirib qo‘yadi va avtomatik o‘chirgichlar, 1-2 soniyada lat olgan
qisminio‘chiradi.
Nollashtirish foydalanish miqyosi- kuchlanish 380/220 V va 220/127V
(oxirgisi kam uchraydi) to‘rttalik simli uch fazali tarmoqlar ya’ni, ishlab
chiqarishda keng qo‘llaniladigan tarmoqlar .
17-rasm
17-rasm.Kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan izolyasion va mustahkam erga ulangan
neytralli uch fazali to‘rt o‘tkazgichli tarmoqlaridagi fazalarida tutashib qolish sxemalari
Nollashtirish tizimi o‘ziga quyidagi elementlarni qamrab oladi: nol
o‘tkazgichi, oziqa manbaini neytralini erga ulash qurilmasi va nol o‘tkazgichni
erga qayta ulash.
Nol o‘tkazgichni vazifasi faza qobiqqa tutatishishi zahoti kichik qarshiligiga
ega bo‘lgan zanjirni hosil qilish va shu himoya tok uskunani ishga tushirish.
Tok manbai neytrallini erga ulash maqsadida
faza erga ulanib qolgan
holatida nol o‘tkazgichni kuchlanishi pasayishini erga nisbatan ta’minlanadi.
Nol o‘tkazgichni qayta erga ulash–nol o‘tkazgichni barcha uzunligi
davomida ma’lum masofa oralab bir necha marta erga ulab qo‘yish.
Buzilgan asbob-uskunani o‘chirishga erga qayta ulash ta’sir etmaydi. Lekin
faza qobig‘i bilan tutashishi nol o‘tkazgichni va nollangan asbob-uskunani
kuchlanishlarini erga nisbatan pasayishiga olib keladi. Me’yoriy ishlash holatida
va nol o‘tkazgich uzilgan holatida ham, nol o‘tkazgichni qayta erga ulanmagan
tarmoqda, faza qobiqqa tutashib qolgan vaqtida nol o‘tkazgichning qismi va unga
ulangan asbob-uskunani tutashuv joyidagi keyingi joylarida quyidagi kuchlanish
hosil bo‘ladi:
UH= Ik R0
bu erda:Ik- faza-nol sirtmoqdan o‘tayotgan tok;
Ro- nol o‘tkazgichni transformatordan to buzilgan asbob-uskunani qobig‘i
ulangan joyigacha bo‘lgan to‘liq qarshiligi.
Buzilgan asbob- uskunani ulangan nuqtasi va transformator orasidagi
bo‘lgan nol o‘tkazgichni potensiali asta-sekin pasayib nolgacha etib boradi.
Nol o‘tkazgichni uzilgan nuqtasida va undan keyingi
joylarida faza qobiq
bilan tutashgan vaqtida,nol o‘tkazgichni potensiali va unga ulangan asbob-
uskunalarini potensiali quyidagicha taqsimlanadi:
Erga qayta ulash bo‘lmagan tarmoqlarda nol o‘tkazgichuzilgan nuqtadan
keyingi joylarida nol o‘tkazgich ulangan asbob-uskunani potensiali tarmoqdagi
faza kuchlanishiga, uzilgan nuqtagacha esa nolga teng bo‘ladi.
Qayta erga ulangan tarmoqlarda nol o‘tkazgichni va ulangan asbob-uskunani
uzilgan nuqtasidan keyingi joylarida tutashish tok va erga qayta ulash qarshiligi
bilan tavsiflanadi: Ie Rn,biroq uzilgan nuqtagacha esa tutashuv toki bilan erga
ulash qurilmasini ishchi qarshiligi Ie Ro bilan tavsiflanadi.
Havfsizlikni ta’minlash maqsadiga buzilgan asbob-uskunani zudlik bilan
o‘chirishni
talab qilinadi,shu uchun nollashtirishni qo‘yilgan asosiy talabi-
maksimal himoya tokni zudlik bilan ishga tushirish.
O‘tkazgich zanjiri har bir qobiqdan oziqa manbaidan
Neytralligacha uzliksizni ta’minlash maqsadidanol o‘tkazgichni harbir
ulangan joyni payvandlash yoki bolt yordamida biriktirilishi lozim. Nol zanjirini
uzluksizligini ta’minlash maqsadida nol o‘tkazgichlarga o‘chirg‘ich va saqlagich
o‘rnatish qat’iy man etiladi.Faqat,nollashtirish o‘tkazgichni o‘chirishi bilan birga
barcha fazalar o‘tkazgichlari o‘chiradigan o‘chirgichlarni qo‘llashgaruxsat etiladi.