• Elektr tokiga tushgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish
  • Elektr tokiga tushgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Elektr tokiga tushgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish 
    Elektr tok kuchlanishiga tushgan insonga darhol birinchi yordam ko‘rsatish 
    kerak bo‘ladi. 
    Elektr tok kuchlanish ostida qolgan insonga imkon darajasida tezroq tok 
    ta’siridan ozod qilish lozim, lekin shu bilan birga ehtiyot choralarini ko‘rishi shart. 
    Elektr tok ta’sirida qolgan insonga qo‘l bilan tegish juda xavfli. Qutqaruv 
    ishlarini olib borayotgan inson o‘zi tok ostida qolib ketmasligi uchun mal’um 
    qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi. 
    Elektr tok ta’siridan ozod qilishning oddiy usuli elektr uskunani o‘chirish. 
    Lekin e’tiborga olish kerakki, elektr uskuna o‘chirilsa yoritkichlar ham o‘chishi 
    mumkin. SHuning uchun xar extimolga qarshi qo‘shimcha yorug‘lik manbai 
    bo‘lishi kerak (fonar, shag‘amva hakozo). 
    Agarda tezda elektr uskunani o‘chirish mumkin bo‘lmasa, unda 
    qutqaruvchiing o‘zi, tok ostida qolmasligi uchun havfsizlik choralarini ko‘rishi 
    kerak 
    bo‘ladi.Bunda 
    qutqaruvchi 
    elektr 
    kuchlanish 
    ostida 
    qolgan 
    jabrlanuvchidan o‘tayotgan tokdan va erdagi qadamli kuchlanishdan ehtiyot 
    bo‘lishi lozim. 
    Elektr uskunani kuchlanishlari 400 V dan kam bo‘lsa, jabrlanuvchini 
    quruq kiymidan tortib olish mumkin, lekin tanasidan, kiyimidan, poyafzalidan 
    ehtiyot bo‘lishi shart. 
    Agar elektr sim jabrlanuvchini qo‘lida bo‘lsa,unda simni bolta yoki boshqa 
    dastaklari himoyalangan quruq yog‘och, rezinali qo‘lqop, gilamcha va hakozo 
    asboblar bilan kesib uziladi. 
    Elektr uskunalarni kuchlanishi1000V dan ortiq bo‘lsa, barcha ishlatilish 
    qoidalarga rioya qilib izolyasiyalangan shtanga yoki himoyalovchi qisqich bilan 
    foydalanishi zarur. 
    Agar jabrlanuvchi qadamli kuchlanish ta’sirida yiqilgan bo‘lsa,uni erdan 
    izolyasiyalash,ya’ni tagiga quruq yogoch yoki foner solishga to‘g‘ri keladi. 
    Elektr tok ta’siridan qutqarilgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish, uning 
    holatiga qarab belgilanadi.Tasirlangan odam hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uni dam 
    olishini ta’minlash, agar jarohat yoki mexanik shikastlangan bo‘lsa,(terikuyishi, 
    suyaksinishi yoki suyak chiqishi) shifokorlar etib kelguncha, birinchi yordam 
    ko‘rsatish yoki davolash muassasalariga olib borish kerak bo‘ladi. 


    Agar jabrlangan inson hushini yo‘qotgan, lekin nafas olayotgan bo‘lsa uni 
    tagiga yumshoq payondoz (sholcha, kiyimva hakozo) yozib erkin nafas olishga 
    halaqit beradigan kiyim tugmalarini echib, og‘iz va tomog‘ni qon va 
    balg‘amlardan tozalab, erkin nafas olishini taminlab, nashatirspirtini hidlatish, suv 
    sepish, tanani ishqalab qizitish kerak bo‘ladi. 
    Insonda hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmasa (klinik o‘lim holatida 
    nafas olishi, puls butunlay to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘lari kengaygan)tezda erkin 
    nafas olishga halaqit beradigan kiyimlarni echib,og‘izni tozalab,sun’iy nafas 
    oldirishga va yurakni massaj qilishga kirishish kerak. 
    Sun’iy nafas oldirish 2 xil bo‘ladi: apparat yordamida va qo‘l yordamida. 
    Eng oddiy suniy nafas oldiruvchi apparat RPA-1 (ruchnoyportativniyapparat-1). 
    Jabrlanuvchini o‘pkasiga havo kirgazish va chiqarish rezinali trubka yoki zich 
    joylashgan maska yordamida amalga oshiriladi. 
    RPA-1 ishlatilishida juda qulay va bir siklda 1 litr havo yuborishi mumkin. 
    RPA-1 yordamida sun’iy nafas oldirish uchun oldin jabrlanuvchini chalqancha 
    yotqizib, og‘zini ochib tozalash,og‘ziga shlanka o‘rnatib (til orqga ketib 
    qolmasligini ta’minlab) va razmerlarga moslab, maskani kiydirish kerak. Komarlar 
    yordamida mexni tortilish meyorlarini o‘rnatib( yuboradigan havoni meyori) 
    qo‘yiladi. Mexni kengaytirganda apparat ichkaridagi atmasfera havosini tortib 
    oladi. Mex qisqartirilganda apparat ichidagi havo jabrlanuvchini o‘pkasiga 
    yuboriladi. Keyingi tortilishida mahsus klapan orqali nafas chiqariladi. Bundan 
    tashqari apparatda o‘pkani bosimi meyordan tashqari (200 mm.suvustunida) 
    ko‘tarilmasligi uchun mahsus klapan o‘rnatilgan. 
    Hozirgi 
    vaqtda 
    "og‘izdan-og‘izga"va 
    "og‘izdan-burunga" 
    puflash 
    usullarikeng qo‘llanilib kelmoqda. 
     
     
     
     
     
    21- rasm. RPA-1 apparat yordamida sun’iy nafas oldirish 
    Sun’iy nafas berishdan oldin, jabrlanuvchini nafas olish yo‘li ochiqligini 
    ishonch hosilqilish kerak. 
    "Og‘izdan-og‘izga" puflashdan oldin jabrlanuvchini jag‘i qisilgan bo‘lsa uni 
    yassi buyum yordamida ochiladi. Og‘zi balg‘amdan tozalanib chalqancha 
    yotqiziladi, boshi bir oz orqaga egiladi. YOrdam beruvchi yon tomoniga o‘tirgan 


    holda jabrlanuvchini og‘ziga bint yoki doka yopadi.Keyin og‘zi bilan 
    jabrlanuvchini og‘ziga qattiq puflaydi. Ko‘krak qafsi kengaygandan keyin puflash 
    to‘xtatiladi. SHu vaqtda jabrlanuvchini og‘zida passiv holatida havo chiqadi. 
    SHundan keyin yordam beruvchi og‘ziga yana puflaydi. Puflashni qaytarishni 
    tezligi taxminan kattalar uchun12-16 marta, bolalar uchun18-20 marta minutiga. 
    Havo puflash vaqtida burunni teshiklarini barmoqlar bilan berkitib havo 
    chiqarishda ochib turishi shart.Og‘izdan-burunga" puflashda jabrlanuvchini boshi 
    orqasiga engashtiriladi, pastki jag‘ni qo‘l bilan ko‘tarib, og‘zi yopiladi. 
    22-rasm. "Og‘izdan-og‘izga" usuli yordamida sun’iy nafas oldirish 
    "Yordam Beruvchi Chuqur Nafas Olib, Bemorning Burnini Doka Yoki Bint 
    Yordamida Lablari Bilan Zich Qamrab O‘Pkasiga Havo Yuboriladi. 
    Yurak Massaji. Yurakni Yopiq Massaj Qilish – Organizmda Qon 
    Aylanish, Yurak Faoliyatini Qayta Tiklash Maqsadida Bajariladi. 
     
     
     
     
    23

    rasm. YUrak massaji
    Jabrlanuvchining ko‘krak qafasiga qo‘l bilan bosish joyi aniqlanadi, ko‘krak 
    bo‘sh joyidan ikki panja yuqorida bo‘ladi. 
    Yordamberuvchi bir qo‘lining kaftini jabrlanuvchi ko‘kraginingbosish 
    joyiga qo‘yadi, ikkinchi qo‘lini to‘g‘riburchak ostida birinchi qo‘lini ustiga 
    qo‘yadi va o‘ziningog‘irligi yordamida jabrlanuvchiningko‘krak qafasiga bosadi. 
    Bir soniyada bir marta tez itarish harakati bilan bosish kerak, bundako‘krak 3-4 
    smga (semizlarga5-6 smga)pasayadi. 
    Tez bosilgandanso‘ng 0,5 soniya mobaynida qo‘llar bosilgan holatida 
    saqlanib turiladi, so‘ngra yordam beruvchi qo‘llarini ko‘krakdan olmasdan 
    bo‘shatilishi kerak. 
    YUrakni massaj qilishni sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borish 


    tavsiya etiladi,4-5marta ko‘krak bosilgandan so‘ng havo puflash kerakbo‘ladi. 
    Yopiq Massaj Yordamida Yurakni Fibrilyasiya Holatidan Chiqarib 
    Bo‘Lmaydi.Bu Uchun Mahsus apparat defibrillyator qo‘llaniladi. Defibrillyatorni 
    asosi elementi -kondensator. Kondensator umumielektr tarmoqdan zaryadkasini 
    olib, jabrlanuvchini yurak qafasida razryad yuboriladi. Tokni impulsi fibrilyasiya 
    holatidan chiqarib yurak mushaklari meyorda (ritmik)ishlashni ta’minlaydi. Klinik 
    o‘lim holatida yotgan insonga birvaqt o‘zida sun’iynafas va yurakni yopiq massaj 
    berish tadbirlarini o‘tkaziladi. Agar yordamchilarni soni 2ta bo‘lsa bittasi 
    sun’iynafas berish, 2 yurakka yopiq massajbilan shug‘ullanadi. Har ikki marta 
    ko‘krak qafasini 35 marta bosish kerak. Havoberish vaqtida ko‘krak qafasini 
    bosish qat’iy ma’n etiladi. Agar yordam beruvchi 1ta odam bo‘lsa,unga ham 
    sun’iy nafas berish va yopiq massaj qilishga to‘g‘ri keladi. Navbat quyidagicha: 
    har 2-3 havo puflashiga 3-5 ko‘krak qafasini bosish kerak. 
    SHifokor etib kelmaguncha shu tadbirlarni,toki jabirlangan shaxs o‘ziga 
    kelmaguncha, yoki qaytarilmas biologik o‘lim belgilari (tanani sovushi,qotishi, 
    murdadog‘lari) kuzatilmaguncha davom ettirish kerak. 
    Sinov savollari: 
    1.YOng‘indan jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ketma-ketligini aytib 
    bering. 
    2.Kuyish necha darajaga bo‘linadi? 
    3.Termik, elektrik kuyish deganda nimani tushunasiz? 
    4. Kimyoviy kuyishning sababi nimadan iborat? 
    5.Elektr tokiga tushgan odamni elektr tokidan ajratib olish qoidalarini gapirib 
    bering. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tokiga tushgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish