O‘lchash asboblari Nurlahishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta’sir
ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish miqdorini bilib
turish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta
ahamiyat beriladi.
O‘lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, ssintilatsiya va fotografiya
usullariga asoslangan. Ba’zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta’sirida elektr
o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega. Lonizatsiya usuli shunga asoslangan.
Ssintilatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan
nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan.
Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemulsiyaga ta’sir ko‘rsatishiga qarab
belgilanadi.
O‘lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o‘lchaydigan
turlarga bo‘linadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar va
kvantlar ajratayotganini o‘lchaydi.
Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani
uzatayotgani yoki obektga tushayotganini o‘lchaydi.
Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini
o‘lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
SHaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlayotgan davridagi ma’lum vaqtlarda
(masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash imkoniyatini
beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko‘p nurlanish olishi mumkin bo‘lgan
qismiga o‘rnatiladi.
Sinov savollari: 1.Radioaktiv nurlanish manba’lari haqida nimalarni bilasiz? 2.Radioaktiv nurlanishlardan qanday himoyalanish mumkin? 3.Doimetrik asbob-uskunalarning vazifalari nimalardan iborat? 4.Nurlanish oqibatida qanday kasalliklar kelib chiqadi? 8-amaliy mashg‘ulot. HAVFSIZLIK BLOKIROVKALARINI TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI. Tayanch so‘z va iboralar: eruvchan predoxranitellar, avtomatlar,
fazasimlari, muxfazalovchi nol simi, qisqatutashuv, nollashtirish tizimi
elementlari,
kichik
qarshilikka
egabo`lgan
zanjir,
maksimal
himoyatokqurilmasi,Elektrqabulqilgich.
Nollashtirish kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tmaydigan
qismlarni oldindan nolli himoyalovchi o‘tkazgich bilan avvaldan biriktirib
qo‘yishilishiga aytiladi.