o‘chirish vositalari to‘ldirilgan yashiklar (qum, perlit va boshqalar), shuningdek
yong‘inga chidamli matolar (asbest mato, kigiz va boshqalar) kiradi.
Boshlang‘ich yong‘inga qarshi vositalar osongina kirish mumkin bo‘lgan joylarda
joylashgan bo‘lishi kerak va xodimlarni binolardan evakuatsiya qilishda to‘siq va
boshqa halaqit beruvchi jihozlar bo‘lmasligi kerak.
Amaldagi o‘t o‘chirgichlar qo‘llanilishi bo‘yicha, yong‘inga qarshi vositalar
quyidagilarga bo‘linadi.
- suvli (0V);
- Kukunli (OP);
- Ko‘pikli,(P)
Gazli o‘t o‘chirish vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
a) Karbonat angidrid (OU);
b) freon (OX); kombinatsiyalangan.
YOng‘in o‘chirgichlari dastlabki bosqichda yonish markazlarini o‘chirish
uchun, shuningdek kichik tuzilmalar, mashina va mexanizmlarni yong‘indan
himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Gaz kompressor stansiyalarida eng ko‘p
tarqalgani gaz va kukunli o‘t o‘chirgichlar.