14-amaliy mashg‘ulot.
BINO VA XONALARNING YONG‘IN VA PORTLASH XAVFI BO‘YICHA
KATEGORIYALANISHI
Har qanda iqtisodiyot
tarmoqlari binolari, inshoot va qurilish materiallari
yong‘inga qarshi bardoshli bo‘lishi yong‘in kelib chiqishi xavfini kamayishiga
sabab bo‘la oladi.
Yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalarini oshirishning quyidagi uch turi
mavjud:
-bino va inshoot yonuvchi qismlari hamda qurilishi materiallarini yonmaydigan
modda va materiallar bilan qoplash;
-yonuvchi modda va materiallar tarkibiga yonmaydigan moddalarni singdirish;
-yonuvchi modda va materiallarni biri-biridan oraliq masofalarni saqlash.
Yonmaydigan qoplama materiallari – suvoq, metalli kabi bo‘lishi mumkin.
Yonmaydigan materiallarni yonuvchi moddalar tarkibiga singdirish uchun
ular asosan suyuq modda ko‘rinishida bo‘ladi. Masalan, tarkibida oltingugurt sulfat
ko‘rinishida bo‘lgan moddalar eritmalariga yonuvchi moddalar bo‘ktirilishi bilan
aytib o‘tilgan singdirish ishini bajariladi.
Bino va inshootlar hamda barcha yonuvchi moddalar bir-biridan ma’lum
darajadagi masofada bo‘lishi ularning yonish vaqti va yonish darajalarini
kamayishiga sabab bo‘ladi (Masalan, bino va inshootlar orasidagi masofalar
qurilish sohasiga doir qurilish me’yorlari va qoidalari – QMQda berilgan).
Ishlab chiqarishlarni va texnologik jarayonlarni
portlash va yong‘in xavfi jihatidan sinf (kategoriya) larga ajratish
QMQ II - M.2 - 72 «Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari.
Loyihalash me’yorlari»ga ko‘ra, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar yong‘in-
portlash xavfi jihatidan oltita: A, B, V, G, D, E kategoriyalarga ajratiladi.
A kategoriyaga bug‘larining chaqnash harorati 28
o
S va undan past bo‘lgan
juda ko‘p suyuqliklar yoki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10 % va
undan kam bo‘lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi, bunda
portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar xona hajmining 5 %idan ortiq hajmida hosil
bo‘la olishi shart. Bu kategoriyaga benzin, kalsiy karbid
saqlanadigan omborlar
kiradi.
B kategoriyaga muallaq holatga o‘tuvchi va pastki portlash chegarasi P
p
65 g
m
3
va undan kam bo‘lgan hamda havo bilan qo‘shilib xona hajmiga nisbatan 5 %
miqdorda portlovchi aralashmalar hosil qiladigan yonuvchi tolalar yoki chang
ajralib chiqadigan ishlab chiqarishlar, shuningdek, bug‘ining chaqnash harorati 28-
61
o
S va pastki portlash chegarasi 10% dan yuqori bo‘lgan oson alangalanuvchi
suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab
chiqarishlar jumlasiga, masalan, pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar,
tegirmonlarning saralash va tuyish bo‘linmalari, elektrostansiyalar yoki
qozonxonalarning mazut xo‘jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat
va mashina bo‘limlari, o‘t olish harorati 28 dan 120
o
S gacha bo‘lgan portlovchi
suyuqliklar hosil qilish, ularga ishlov berish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq
bo‘lgan jarayonlar (kerosinlar, skipidar, solyar moyini saqlash, yog‘och unini
tashish, plastmassalarni jilvirlash yoki qirqish) kiradi.
V kategoriyaga
yonuvchi qattiq moddalar, shuningdek, pastki portlash
chegarasi P
p
65 gm
3
bo‘lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga
yoki bug‘larining chaqnash harorati 61
o
S dan yuqori bo‘lgan suyuqliklarga ishlov
beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab
chiqarishlar qatoriga, masalan, yog‘och tilish, duradgorlik va omixta em va ozuqa
tayyorlash sexlari, don saqlanadigan omborlar, don tozalash bo‘limlari, zig‘ir va
paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzindan tashqari yonilg‘i-moylash
materiallari, surkov materiallarini saqlash, asfalt, bitum eritish, torf, ko‘mir va
hokazolarni saqlash omborxonalari, elektr taqsimlash qurilmalari yoki hajm
birligida 60 kg moy bo‘lgan vklyuchatelli va transformatorli podstansiyalar kiradi.
Garchi mashinalarda ma’lum miqdorda benzin bo‘lsa-da,
garajlar ham shu
kategoriyadagi ishlab chiqarishlar jumlasiga kiradi.
G kategoriyaga yonilg‘i (shu jumladan, gaz) yoqiladigan yoki yonilg‘idagi
yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi.
YOnmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyuqlantirilgan holatda ishlov
beriladi va bunda nur energiya ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik
elektrostansiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik sexlari, elektr va gaz bilan
payvandlash ishlari, ko‘chma elektr stansiyalari va shu kabilar kiradi. YUqori
voltli laboratoriyalar va hajm birligida 60 kg gacha moy bo‘lgan apparatli
taqsimlash qurilmalari ham shunday ishlab chiqarishlar qatoriga kiradi.
D kategoriyaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuqlayin ishlov
beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan
suyuqliklar haydaladigan
nasos stansiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go‘sht mahsulotlariga ishlov berish
sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxona va parniklar kiradi.
Gaz bilan isitiladigan parnik va issiqxonalar bunga kirmaydi, ular G kategoriyaga
kiradi.
E kategoriyaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi
gazlar va portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi
xona hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar
hosil qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko‘ra faqat keyingi
yonishsiz sodir bo‘ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari,
vodorodli yoki atsetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin.
Har qanday korxonalarda ana shu oltita kategoriya asosida xonalar tegishli
mahsulot va xom ashyolar uchun belgilangan tartibda ajratib berilishi shart. Bu
yashash xududlaridagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari ro‘yxatidan o‘tkazib
qo‘yilishi zarur.
Elektr jihozlarining konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra,
barcha
xona va tashqi qurilmalar yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha sinflarga ajratiladi.
Xonalardagi yoki tashqi qurilmalardagi yonuvchi moddalar ishlatiladigan yoki
saqlanadigan zonalar yong‘in jihatidan xavfli zonalar deyiladi. Xonalardagi yoki
tashqi qurilmalardagi gaz yoki bug‘larning havo yoxud kislorod bilan portlovchi
aralashmasi, shuningdek, yonuvchi chang yoki tolalarning havo bilan aralashmalari
erimagan holatga o‘tganda portlovchi aralashmalar hosil bo‘ladigan zonalar
portlash jihatidan xavfli zonalar deyiladi.
Agar portlovchi aralashmaning hajmi xona bo‘sh hajmining 5 %idan ko‘p
bo‘lsa, xavfli zona butun xonani egallagan holdagi, ya’ni butun xona portlash
jihatidan xavfli hisoblanadi. Agarda portlovchi aralashmaning hajmi xona bo‘sh
hajmining 5 %idan ko‘p bo‘lmasa, yonuvchi gazlar yoki oson alangalanuvchi
suyuqliklarning bug‘lari ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan texnologik apparatdan
gorizontaliga va vertikaliga 5 m chegarasidagi zona portlash jihatidan xavfli zona
hisoblanadi. SHularga ko‘ra portlash va yonishga xavfli moddalar ochiq alanga,
qizdirgich kabilardan ma’lum masofada saqlanishiga e’tibor beriladi.
Sinov savollar:
1.
Yonuvchi mahsulotlarning tarkibiga ko‘ra yonish qanday turlarga
bo‘linadi?
2.
Yonish jarayoni tarqalish tezligiga ko‘ra yonish qanday turlarga bo‘linadi?
3.
Moddalarning yonish jarayoni boshlanishining qanday dastlabki sharoitlari
bor?
4.
Yonuvchi moddalarning qanday turlari bor va ularni tashishda nimalarga
e’tibor berish kerak?
5.
Yonuvchi changlar deganda nima tushuniladi?
Tayanch so‘z va iboralar:
1.Yonish jarayoni.
2.Yong‘in.
3.Yonish muhiti.
4.Yonuvchi modda
4.Portlash
5.Detonatsion yonish