Insonga ionlovchi nurlanish ta’siri og‘riqsiz bo‘lib, inson buni sezmaydi.
Me’yoridan ortiqcha nurlanish olgandagina, insonda bosh og‘rib, ko‘ngil aynishi,
ko‘zning og‘rishi, kayfiyatning buzilishi, ortiqcha
charchash kabi alomatlar
kuzatiladi.
Nurlanish olgan kishiga yordam ko‘rsatishda dastlab jarohatlangan kishini
alohida xonaga olib chiqilib, issiq choy beriladi, so‘ngra tibbiy xizmat xodimlariga
murojaat qilinadi. Bunday hollarda yordam ko‘rsatuvchi kishi ham himoya
vositalarida bo‘lishi talab etiladi. Ionlovchi nurlanishlar ta’sirida inson jigar, o‘pka,
ichak kasalligi bilan bir qatorda suyak kasali va saraton- oq qon kasaliga mubtalo
bo‘ladi. Bunday kasallikka yo‘liqqanlar doimiy tibbiy nazorat ostida bo‘ladi.