|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;} Pdf ko'rish
|
bet | 164/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa5059784-mavzu. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda tezkor xizmat
koʼrsatish va ishlarni bajarish tartibi.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari (YOTQning xonalari va
kameralari, komplekt taqsimlovchi qurilmalar, OTQ) hamda 1000 V dan yuqori
bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli
taqsimlovchi shchitlar va yig‘malarning kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi
shart. Mahalliy navbatchi xodimlar bo‘lmagan elektr qurilmalarida kalitlar
ma’muriy-texnik xodimlar hisobida turishi mumkin.
Har bir kalit raqamlangan bo‘lishi shart. Kalitlarning bir jamlanmasi
zaxirada bo‘lishi shart.
Quyidagi xodimlarga:
bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga — barcha
xonalarning kalitlari;
ishga qo‘yishda tezkor ta’mirlovchi xodimlarni ishga qo‘yuvchiga, ish
rahbariga va ish bajaruvchiga, kuzatuvchiga — ish olib boriladigan xonalarning
kalitlari tilxat bilan berilishi kerak.
Har kuni ko‘rikdan yoki ish tugagandan keyin kalitlar qaytarib topshirilishi
shart. Mahalliy navbatchi bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish olib borilganda
kalitlar ko‘rikdan yoki ish batamom tugagandan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish
kunidan kechiktirmasdan qaytarilishi shart.
Kalitlarni uzoq muddatga elektr tarmog‘i korxonasining taqsimlovchi elektr
qurilmalarida tezkor almashlab ulash huquqiga ega bo‘lgan iste’molchilar
xodimiga, shuningdek, navbatchiga, tezkor-ta’mirlash va bir o‘zi ko‘rib chiqish
huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimga berish zaruriyati korxona bosh
muhandisi tomonidan belgilanadi.
Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni ixtiyoriy shakldagi jurnalda yoki
tezkor-dispetcherlik jurnalida qayd etilishi shart.
Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jarohatlangan shaxsni elektr toki ta’siridan
qutqarish uchun kuchlanish zudlik bilan oldindan ruxsatsiz olinishi shart.
Nazorat savollari:
1.
Qaysi kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi shart?
2.
Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni qanday qayd etilishi shart?
3.
Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga
oshirilishi kerak?
4.
Kim ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi?
|
| |