2.
Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-
texnik xodimlar qay tartibda amalga oshiriladi?
3.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar qanday
qoidalarga amal qilishlari kerak?
4.
Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlar (maxsus
ishlar)ni sanab o’ting?
3-mavzu. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda tezkor xizmat
koʼrsatish va ishlarni bajarish tartibi.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat
ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar va smena bo‘yicha katta
navbatchilar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga mansub, qolganlari esa III
guruhga mansub bo‘lishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi
navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar III guruhga mansub bo‘lishi shart.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarining to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi
qismlariga
ushbu
Qoidalarga
2-ilovada
ko‘rsatilgandan
kam
masofaga
odamlarning, yuk ko‘taruvchi mashinalar va mexanizmlarning yaqinlashishi
taqiqlanadi.
Elektr stansiya va podstansiya elektr qurilmalarini navbatchi yoki tezkor
ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga
mansub xizmatchi yoki V guruhga mansub ma’muriy-texnik
xodim yoxud
tashkilot rahbariyati bir o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin.
Noelektrotexnik xodimlarning elektr stansiya va podstansiyaning elektr
qurilmalarini ko‘rib chiqishi va ekskursiyasi korxona rahbariyatining ruxsati bilan
bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan IV guruhga mansub xodim nazorati
ostida amalga oshirilishi mumkin.
HLni ko‘rib chiqish ushbu Qoidalarning
367
va
368-bandlari
talablariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar, navbatchi
yoki tezkor ta’mirlovchi xodim yoki bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan
xodim hamrohligida elektr qurilmalarga kiritilishi mumkin.
Hamroh xodim elektr qurilmalariga kirishi mumkin bo‘lgan odamlarning
xavfsizligini kuzatishi hamda ularni tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashmasligi
xaqida ogohlantirishi kerak.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda tok
o‘tkazuvchi
qismlarga ushbu Qoidalarga
2-ilovada
ko‘rsatilgandan kam masofaga
yaqinlashishga qarshi qo‘yiladigan to‘siqlar bilan jihozlanmagan xona va
kameralarga kirish taqiqlanadi. To‘siqlarning eshigini ochish va to‘siqlar orqasiga
o‘tish taqiqlanadi. To‘siqlar elektr qurilmalarining tuzilishi talablariga muvofiq
o‘rnatiladi.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda shchit,
yig‘malar, boshqaruv pultlari va boshqa tuzilmalarning eshigini ochishga ruxsat
etiladi.
Elektr qurilmalarini ko‘rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish
taqiqlanadi.
6 — 35 kVli elektr qurilmalarida erga tutashish sodir bo‘lsa, faqat tezkor
almashlab ulashlarni bajarish hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan odamlarni
qutqarish uchun aniqlangan tutashish joyiga yopiq taqsimlovchi qurilmasiga
(keyingi o‘rinlarda — YOTQ) 4 m dan, ochiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi
o‘rinlarda — OTQ) va HL da 8 m dan kam masofaga yaqinlashishga ijozat
beriladi. Bunda elektr himoya vositalaridan foydalanish shart.
1000 V dan yuqori bo‘lgan qo‘l bilan harakatlantiriladigan
uzatmali
ajratgich, bo‘lgich va o‘chirgichlarni o‘chirish va yoqishda dielektrik
qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
Saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yish kuchlanish olingan holatda amalga
oshirilishi lozim.
Sxemasida kuchlanishni oluvchi kommutatsion apparatlar bo‘lmagan elektr
ulanishlaridagi saqlagichlarni kuchlanish ostida, lekin yuklama bo‘lmagan holatda
olishga va o‘rnatishga ijozat beriladi.
Ikkilamchi
zanjirlarda,
yoritish
tarmoqlarida
va
kuchlanish
transformatorlarida saqlagichlarni kuchlanish va yuklama ostida almashtirishga
ijozat beriladi.
ishchi va hizmatchilar quyidagilardan:
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — dielektrik
qo‘lqoplar va himoya ko‘zoynaklaridan foydalangan holda izolyasiyalovchi
qisqichlardan (shtangadan);
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — izolyasiyalovchi
qisqichlar yoki dielektrik qo‘lqoplardan va himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish
zarur.
1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda saqlagichlar vertikal
ustma-ust joylashganda (fazalar vertikal joylashganda) va kommutatsion apparatlar
bo‘lmaganda yuklama ostida saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yishga ijozat
beriladi. Bunda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga
yuzni himoya qilish
vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ish olib borilayotgan kameralardan tashqari qolgan barcha elektr
qurilmalari xonalari, kameralari, shchitlari va yig‘malarining eshiklari qulflangan
bo‘lishi shart.
Nazorat savollari:
1.
IV guruhga mansub ishchi va hizmatchilar qanday ishlarni bajara
olishadi?
2.
Dielektrik qo‘lqoplardan ishchi va hizmatchilar qay maqsadda
qolanishadi?
3.
Elektr qurilmalariga kirishi mumkin bo‘lgan odamlarning xavfsizligini
kuzatishi hamda ularni tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashmasligi
xaqida kim ogohlantiradi?
4.
Saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yish qanday holatda amalga
oshirilishi lozim?