|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;} Pdf ko'rish
|
bet | 162/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978Nazorat savollari:
1.Balandlikda bajariladigan ishlar qanday amalga oshiriladi?
2. Ish joyi qnday tartibda jihozlanadi?
3. Elektr himoya vositalariga nimalar kiradi?
4. Yuk ko‘tarish mashinalarini sanab bering?
2-mavzu. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
boʼyicha xodimlarga qoʼyiladigan talablar.
Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr
energetikasi ob’ektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq
amalga oshirilishi shart.
Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-
texnik xodimlar (keyingi o‘rinlarda — MTX) xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar,
o‘zlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu Qoidalarni bilishlari va ushbu
Qoidalarga
1-ilovaga
muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga mansub
bo‘lishlari shart.
Qo‘yilgan talablarga javob beradigan xodimga belgilangan namunadagi
guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish vaqtida o‘zi bilan olib yurishi
shart.
Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus
ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar
sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Bunday
ishlarga quyidagilar kiradi:
balandlikda bajariladigan ishlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar:
izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni
va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni
moylash;
bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan
tashqari).
Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy
sharoitlarni hisobga olgan holda to‘ldirilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan
noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Nazorat savollari:
|
| |