texnikasi qoidalarining asosiy tushunchalari.
Balandlikda bajariladigan ishlar — montaj moslamalaridan yoki bevosita
konstruksiyalar, uskunalar, mashina va mexanizmlardan turib er, bostirma yoki
ishchi to‘shama yuzasidan 3 metr va undan yuqori balandlikda bajariladigan ishlar.
Bunda ish jarayonining barcha bosqichida va joydan-joyga o‘tishda ishchini
balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita bo‘lib himoya kamari xizmat
qiladi;
brigada (naryad yoki farmoyish bo‘yicha) — tarkibida ish bajaruvchi yoki
kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a’zosi bo‘lgan brigada;
buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi — ish jarayonida odam
bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida
buzilmaydigan elektr maydonining kuchlanganligi;
ikkilamchi
(yordamchi)
zanjir
—
elektr
stansiyalardagi
(podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, o‘lchov, himoya va
signalizatsiya tuzilmalarini bir-biriga bog‘lovchi simlar va qisqichlar qatorining
majmui;
«ijozat beriladi», «mumkin» — Qoidalarning ushbu talablari, istisno
tariqasida (mahalliy sharoitlarga qarab) majburan qo‘llanilishini bildiradi;
ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi — 110 kV va undan yuqori
kuchlanishli boshqa elektr uzatish havo liniyasining (keyingi o‘rinlarda — HL) o‘q
chizig‘idan:
110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 m;
220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 m;
500 kV kuchlanishli HL uchun — 200 m gacha masofada, uzunligi
bo‘yicha yoki ayrim uchastkalar bo‘ylab umumiy uzunligi 2 km dan kam
bo‘lmagan masofada o‘tadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda —
AHL);
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qo‘yiladigan elektr
qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar ko‘zda
tutilgan ish joyiga taalluqli;
ish joyini tayyorlash — ish xavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida
bajariladigan texnik tadbirlar;
ishlab turgan elektr qurilma — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki
kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr
qurilmasi yoki uning qismi;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi,
bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar);
kuchlanish ostidagi ish — kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi
qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok o‘tkazuvchi qismlarga ruxsat
etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar;
ma’muriy-texnik xodimlar — elektr energetika sohasidagi tashkilotlarning
rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, zimmasiga
ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandislar, texniklar va ustalar;
mahalliy navbatchi xodimlarsiz elektr qurilma — tezkor chiqish brigadalari
(keyingi o‘rinlarda — TCHB) yoki tezkor ta’mirlash xodimlari tomonidan xizmat
ko‘rsatiladigan elektr qurilma, HL va elektr uzatish kabel liniyasi (keyingi
o‘rinlarda — KL);
mexanizmlar
—
gidravlik
ko‘targichlar,
teleskopik
minoralar,
ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burg‘ulash-kran mashinalari, mexanik
uzatma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin bo‘lgan narvonlar va
hokazolar;
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va hokazolar bilan berkitiladigan
qulf;
navbatchi xodimlar (navbatchi) — smenada navbatchilik qilayotgan va
tezkor boshqaruv yoki tezkor almashlab-ulashga ruxsat etilgan xodimlar:
dispetcherlar, navbatchi muhandislar, texniklar, smena boshliqlari, uyda
navbatchilik qiluvchilar va boshqaruv shchitlari navbatchilari, TCHB a’zolari;
naryad-ijozat — ishning mazmuni, joyi, uni boshlash va tamomlash
vaqtlarini, zarur xavfsizlik choralarini, brigada tarkibini hamda ishni xavfsiz
bajarish uchun javobgar shaxslarni belgilovchi ishni xavfsiz bajarish uchun maxsus
blankada tuzilgan topshiriq;
ta’mirlovchi xodimlar — elektr stansiyalar, podstansiyalar, havo liniyasi,
kabel liniyasi, AHL, aloqa kabel liniyasi (keyingi o‘rinlarda — AKL), rele
himoyasi, avtomatika, o‘lchash vositalari, izolyasiya va yashindan himoya
vositalari, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion
ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar,
ishchilar, elektr laboratoriyalar xodimlari;
tezkor ta’mirlovchi xodimlar — o‘ziga tasdiqlangan hajmda biriktirilgan
elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida tayyorlangan, maxsus
o‘rgatilgan, ta’mirlovchi xodimlar toifasiga kiruvchi xizmatchilar;
tok o‘tkazmaydigan qism — ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida
bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmaning qismi, masalan, elektr mashina
korpusi;
tok o‘tkazuvchi qism — elektr qurilmaning normal holatda kuchlanish
ostida bo‘ladigan qismi;
ulanish — elektr stansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan
va taqsimlovchi qurilma (keyingi o‘rinlarda — TQ), generator, shchit,
yig‘malarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr
zanjiri (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (o‘ramlarining sonidan
qat’i nazar), ikkita tezlikda ishlovchi elektr dvigatelning har xil kuchlanishli elektr
zanjirlari bir ulanish hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarimtalik va shunga
o‘xshash sxemalarda liniya, transformator ulanishsiga ushbu liniya yoki
transformator TQga bevosita ulangan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar
tegishli bo‘ladi;
farmoyish — ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini,
vaqtini, xavfsizlik choralarini (kerak bo‘lgan taqdirda) bajarish topshirilgan
shaxslarni belgilovchi og‘zaki topshiriq;
xavfli ta’sir — biror-bir narsaning qandaydir ob’ektga (organizmga,
uskunaga) salbiy ta’siri xavfi;
«shart», «zarur», «kerak» — Qoidalarning ushbu talablarini bajarish
majburiyligini bildiradi;
ekranlash zonasi — elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan
ortmaydigan, elektr maydonida bo‘lgan bino va inshootlar, shuningdek, erga
ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transformatorlar va yirik
gabaritli ob’ektlar yaqinidagi fazo;
elektr maydonining ta’sir zonasi — elektr maydonining kuchlanganligi 5
kV/m dan ortiq bo‘lgan ochiq fazo;
elektr uzatish kabel liniyasi — bir yoki bir necha kabellardan tashkil
topgan, bevosita erga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruksiyalariga
yotqizilgan elektr uzatish liniyasi;
elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarining muhofaza zonasi
— er ostida joylashgan KLning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga vertikal
sirtlar bilan: KL uchun 1 m, AKL uchun 2 m masofada chegaralangan er
uchastkasi. Suv havzasining suv osti KL va AKL bo‘ylab eng chetdagi kabelidan
ikki tomonga 100 m masofada vertikal sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan
tubigacha bo‘lgan qism;
elektr uzatish havo liniyasi — ochiq havoda joylashgan, izolyator va
armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari (ko‘priklar,
ko‘prik yo‘llari va hokazolar) kronshteynlariga hamda ustunlariga mahkamlangan
simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun tuzilma. Elektr uzatish havo
liniyasining boshlanishi va oxiri deb liniya portallari yoki TQ, shoshobchalar
uchun esa — shoxobchaga ajralgan erdagi tayanch va liniya portallari yoki
taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi qismi qabul qilinadi. Bunda HL tomonida liniya
portallariga o‘rnatilgan tortuvchi izolyasiyalovchi osmalar hamda HL simlarida
mahkamlangan barcha qisqichlar, HLga qarashlidir. Liniya portallari, podstansiya
tomonidan tortuvchi izolyasiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi halqa, HL
simlaridan har xil uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga,
aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori chastotali
to‘sgichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi;
elektr uzatish havo liniyalari va aloqa havo liniyalarining muhofaza zonasi
— HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning og‘ishmagan holatida:
1 kVgacha kuchlanishda bo‘lgan HL va AHL uchun — 2 m;
1 — 10 kV HL uchun — 10 m;
35 kV HL uchun — 15 m;
110 kV HL uchun — 20 m;
220 kV HL uchun — 25 m;
500 kV HL uchun — 30 m masofada, liniyaning ikkala tomoni bo‘ylab,
vertikal sirtlar bilan chegaralangan er uchastkasi va havo bo‘shlig‘i ko‘rinishidagi
zona.
Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, ko‘llar va hokazolar)
ustidan o‘tgan HL bo‘ylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning
og‘ishmagan holatida liniyaning ikkala tomonida vertikal sirtlar bilan 100 m
masofada, kemalar qatnamaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan o‘tadigan
HL muhofaza zonasini belgilash uchun nazarda tutilgan masofadagi chegaralangan
havo bo‘shlig‘i ko‘rinishidagi zona;
elektr energetika — elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish),
uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya
qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun
mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi
uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda);
elektr himoya vositalari — elektr qurilmalarida ishlayotgan odamlarni
elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoy va elektromagnit maydoni ta’siridan
himoya qilish uchun xizmat qiladigan, holda o‘zi bilan va transportda olib
yuriladigan vositalar;
yuk ko‘tarish mashinalari — yuk ko‘tarish uchun barcha turdagi kranlar,
kran-ekskavatorlar (po‘lat arqonga osilgan ilgaklar yordamida ish bajaradigan
ekskavatorlar), tallar va chig‘irlar;
qayta ishga qo‘yish — ushbu naryad bo‘yicha avval bajarilayotgan ishga
qayta ishga qo‘yish;
1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma — 1000 V
gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma (amaldagi kuchlanishning
qiymatiga qarab). Ushbu Qoidalarning 1000 V gacha elektr qurilmalariga
qo‘yiladigan talablari 42 V dan yuqori kuchlanishga tegishlidir.
Ushbu Qoidalarga muvofiq elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya
vositalarini qo‘llagan holda ishlar bajarilishi, shuningdek, foydalaniladigan himoya
vositalari davlat standartlari talablariga muvofiq va sinovdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish
mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar
belgilangan tartibda sinovdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Ular mehnat xavfsizligi
standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan
sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga, asbob va
moslamalarga qo‘yilgan talablarga rioya etgan holda, shuningdek, ishlab
chiqaruvchining yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
Ishlab turgan elektr qurilmalarida qurilish va montaj ishlari qurilish
me’yorlari va Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — QMQ) talablariga rioya etgan holda
amalga oshirilishi shart.
Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida
ushbu Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.
Har bir xodim, agar u Qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘ra
olmasa, zudlik bilan o‘zidan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan
buzilishlar, shuningdek, elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf
tug‘diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar,
mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida
xabar berishi shart.
Ushbu Qoidalarga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish
taqiqlanadi.
|