o‘tkazuvchi qismlardagi qoldiq zaryad ularni qisqa vaqt erga ulash bilan olinishi
zarur.
Izolyasiya qarshiligini megaommetr bilan o‘lchashni III guruhga mansub
bir odam bajarishi mumkin.
Agar izolyasiya qarshiligini o‘lchash ushbu elektr uskunada bajarilayotgan
ish hajmiga kirsa, naryad yoki farmoyishda bu to‘g‘risida qayd etish talab
qilinmaydi.
1000 V gacha kuchlanish ostida bo‘lgan elektr zanjirini uzishni talab
qilgan asboblarni ulash va ajratish, ushbu zanjirdan
kuchlanish olingandan keyin
bajarilishi shart. Asboblarni ulash va ajratish elektr zanjirini uzishni talab qilmasa,
bu ishlarni elektr himoya vositalarini qo‘llab, kuchlanish ostida bajarishga ijozat
beriladi.
1000 V gacha kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmalarning elektr parametrlarini
o‘lchash talab qilingan hollarda ko‘chma o‘lchash vositasining metall g‘ilofi erga
ulanishi va maxsus shchuplardan yoki izolyasion tutqichli ulovchi o‘tkazgichlardan
foydalanish lozim.
Nazorat savollari:
1.Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida qanday xafvsizlik
talablariga rioya qilish kerak?
2.Izolyasiya qarshiligini megaommetr bilan o‘lchashni qaysi
guruhga mansub odam bajarishi kerak?
3.Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida qanday xafvsizlik
talablariga rioya qilish kerak?
4.Izolyasiya qarshiligini megaommetr bilan o‘lchashni qaysi
guruhga mansub odam bajarishi kerak?