Fan modul kodi
EX 2606
O‘quv yili
2022-2023
Semestr
3,4
ESTS
–
Kreditlar 8
Fan modul turi
tanlov
Ta’lim tili
O‘zbek
Haftalik
dars
soatlari
4
1
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari, soat
Mustaqil
ta’lim, (soat)
Jami yuklama
(soat)
Elekrt xavfsizligi
M/44, A/46, S/30
120
240
2
1. Fanning mazmuni
Oliy ta’lim muassasalarida Mehnat muhofazsi
va texnika xavfsizligi
yo‘nalishidagi ta’lim sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun “Elektr
xavfsizligi” fan sifatida kiritilgan. Mazkur fan bo‘yicha o‘quv dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari va Malaka talablaridan
bakalavr tayyorlash mazmuni va saviyasini majburiy minimumiga bo‘lgan
talablariga muvofiq tuzilgan.
Ma’lumki, hozirgi fan taraqqiyoti, texnika va umumiy holda sanoat
tarmoqlarining rivoji ishlab chiqarishni rivojlantirilishida muhim hisoblanadi.
Bularning barchasi ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar bilan bog‘ liq
bo‘lib, amalda elektr xavfsizligini ta’minlash orqali, elektr tokidan
jarohatlanishlar va iqtisodiy yo‘qotishlar oldi olinadi. Shulardan kelib chiqib,
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishidagi bakalavriatura
talabalariga fanning barcha o‘quv mashg‘ulotlarida elektr xavfsizligi fani
talabalarga elektr toki ta’siriga tushib qolish
holatlarini, shikastlanishning asosiy
sabablarini, elektr toki ta’siriga tushib qolishdan himoyalanish usullarini, elektr
qurilmalarining himoya vositalarini, elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatishninig usullarini, elektr qurilmalarining nosozligi tufayli yuzaga
keladigan yongin va portlash sabablarini, ulardan himoyalanish vosita va
usullarini tushuntirilish muhim hisoblanadi. Buning ma’nosiga yetadigan
bakalavr kadrlar, albatta, kelgusida ishlab chiqarish korxonalarida mehnat
muhofazasi muhandisi yoki shu mutaxassislik bo‘yicha kadr bo‘lib ishlashi
mumkin. Chunki hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng
dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Fan o‘qitilishining maqsadi - bo‘lajak “Mehnat
muhofazasi va texnika
xavfsizligi” yo‘nalishidagi mutaxassislarga turli tusdagi elektrdan jarohatlanish,
elektr tarmog‘idagi qisqa tutushuv sababli yonish-portlash yuz berganda inson
hayotini, fuqarolarni, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilish, talafot
olganlarga birlamchi tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va
moddiy boyliklarni elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sababli yuzaga keladigan
yong‘indan saqlash tadbirlari va qoidalarini, yong‘in va portlash yuz berganda
fuqarolar muhofazasini va moddiy boyliklarni asrashni tashkil etish qoidalarini
o‘rgatishdan iborat.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:
elektr tokida ishlaydigan
jihozlarning xavfliligini tahlil qilish, jihozlarning elektr xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzish va uni amalga oshirish, elektr tokidan
jarohatlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim
vazifalarni bajara oladigan kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Fanni o‘quv ma’ruza, amaliy, seminar mashg‘ulot turlarida auditoriyada
nazariy amaliy va seminar mashg‘ulotlar ko‘rinishida tashkil etish mo‘ljallangan.
Bunda asosan guruh talabalariga oldindan rejalashtirilgan mashg‘ulot mavzulari
taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.