Qoidalarga
2-ilovada
ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lsa,
bunday ish tok
o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi shart.
Detallar konstruksiyaga uzluksiz kanat, arqon yoki shnur yordamida
chiqarib berilishi shart. Arqonning tebranib ketishining va tok o‘tkazuvchi
qismlarga yaqinlashishining oldini olish uchun pastda turgan ishchi uni ushlab
turishi zarur.
Portallar, konstruksiyalar, tayanchlar va hokazolarda ishlayotgan xodimlar
ishga xalaqit bermaydigan kiyimlardan foydalanishlari shart. SHaxsiy asboblar
maxsus sumkada saqlanishi shart.
Ko‘prikli kran aravachasida turib mashinalar zali va qozonxonalarning
shiftlaridagi yoritish armaturalarida olib boriladigan ishlar kamida ikki navbatchi
xodim yoki naryad bo‘yicha ta’mirlash xodimi tomonidan amalga oshirilishi shart.
Xizmatchilardan biri ishlayotgan xodimning yaqinida turib u tomonidan texnika
xavfsizligi talablariga rioya qilinishini kuzatishi zarur.
Aravachaga
vaqtinchalik havozalar, narvonlar va shunga o‘xshash
jixozlarni o‘pnatish taqiqlanadi. Aravacha ichida bevosita to‘shama ustida turib
yoki doimiy o‘pnatilgan so‘pida turib ishlash lozim.
Aravachaga ko‘tarilishdan oldin uning trolley simlaridan kuchlanish olib
qo‘yilishi shart. Ish jarayonida himoya kamaridan foydalanish lozim.
Kranning ko‘prigi yoki aravachasini harakatlantirishni faqat kran
haydovchisi ish bajaruvchining buyrug‘i bilan amalga oshirishi kerak. Ko‘prik
krani harakatlanganda ishchilar kabinada yoki ko‘prik to‘shamasida bo‘lishlari
shart. Odamlar aravachada bo‘lgan paytlarda ko‘prikni va aravachani
harakatlantirish taqiqlanadi.
Nazorat savollari:
1.
Ehtiyot chora arqonidan qachon foydalanish zarur?
2.
Havozalar qanday holatda panjara bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak?
3.
Elektr va gaz payvandchilar arqoni qanday tuzilgan bo’ladi?
4.
Ishchilar qachon himoya kamaridan foydalanishlari kerak?