-mavzu.HAVOZALAR, SO‘RILAR, KONSTRUKSIYALAR VA




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
13-mavzu.HAVOZALAR, SO‘RILAR, KONSTRUKSIYALAR VA 
USKUNALARGA CHIQIB BAJARILADIGAN ISHLAR 
Konstruksiyaga, tayanchga va shunga o‘xshash himoya kamarini 
mahkamlab ishlashning iloji bo‘lmagan hollarda konstruksiya, tayanch detallari va 
hokazolar orqali o‘rab o‘tkazilgan ehtiyot chora arqonidan foydalanish zarur. Bu 
ishlarni ikki xodim bajarishi zarur bo‘lganda ulardan biri zarur bo‘lganda ehtiyot 
chora arqonini sekin bo‘shatishi yoki tortib turishi kerak. 
Asbob va moslamalar bilan ishlaganda havozalar umumiy xavfsizlik 
qoidalariga muvofiq yasalishi shart. 
Havozalar, so‘rilar va osma kajavalarning to‘shamasi erdan yoki tomdan 
1,3 m dan yuqorida o‘rnatilgan bo‘lsa, panjara bilan o‘ralgan bo‘lishi shart. 
To‘siqlar va to‘shamalarni o‘rnatishning iloji bo‘lmasa yoki maqsadga 
muvofiq kelmasa, shuningdek, uskunalar ustida ish olib borilsa, har bir alohida 
holat uchun xavfsizlik choralari texnologik karta, IBL yoki boshqa hujjatlar bilan 
belgilanadi. 
Tagida kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar joylashgan 
konstruksiyalarda ish olib borilganda ta’mirlash moslamalari va asboblar tushib 
ketmasligi uchun ular bog‘langan bo‘lishi zarur. 
Elektr va gaz payvandchilar arqoni metall zanjirlardan qilingan himoya 
kamarlaridan foydalanishlari shart. 
Agar ish joyi va unga keladigan yo‘l atrofi to‘siqlar bilan o‘ralmagan 
kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlar ustida joylashgan bo‘lsa hamda 
yuqorida ishlayotgan xodimning himoya kamarining osma metall zanjiri xodim 
egilgan paytda zanjir bilan tok o‘tkazuvchi qism orasidagi masofa ushbu 
Qoidalarga
2-ilovada 
ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lsa, bunday ish tok 
o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi shart. 
Detallar konstruksiyaga uzluksiz kanat, arqon yoki shnur yordamida 
chiqarib berilishi shart. Arqonning tebranib ketishining va tok o‘tkazuvchi 
qismlarga yaqinlashishining oldini olish uchun pastda turgan ishchi uni ushlab 
turishi zarur. 
Portallar, konstruksiyalar, tayanchlar va hokazolarda ishlayotgan xodimlar 
ishga xalaqit bermaydigan kiyimlardan foydalanishlari shart. SHaxsiy asboblar 
maxsus sumkada saqlanishi shart. 


 Ko‘prikli kran aravachasida turib mashinalar zali va qozonxonalarning 
shiftlaridagi yoritish armaturalarida olib boriladigan ishlar kamida ikki navbatchi 
xodim yoki naryad bo‘yicha ta’mirlash xodimi tomonidan amalga oshirilishi shart. 
Xizmatchilardan biri ishlayotgan xodimning yaqinida turib u tomonidan texnika 
xavfsizligi talablariga rioya qilinishini kuzatishi zarur. 
Aravachaga vaqtinchalik havozalar, narvonlar va shunga o‘xshash 
jixozlarni o‘pnatish taqiqlanadi. Aravacha ichida bevosita to‘shama ustida turib 
yoki doimiy o‘pnatilgan so‘pida turib ishlash lozim. 
Aravachaga ko‘tarilishdan oldin uning trolley simlaridan kuchlanish olib 
qo‘yilishi shart. Ish jarayonida himoya kamaridan foydalanish lozim. 
Kranning ko‘prigi yoki aravachasini harakatlantirishni faqat kran 
haydovchisi ish bajaruvchining buyrug‘i bilan amalga oshirishi kerak. Ko‘prik 
krani harakatlanganda ishchilar kabinada yoki ko‘prik to‘shamasida bo‘lishlari 
shart. Odamlar aravachada bo‘lgan paytlarda ko‘prikni va aravachani 
harakatlantirish taqiqlanadi. 
Nazorat savollari: 
1.
 
Ehtiyot chora arqonidan qachon foydalanish zarur? 
2.
 
Havozalar qanday holatda panjara bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak? 
3.
 
Elektr va gaz payvandchilar arqoni qanday tuzilgan bo’ladi? 
4.
 
Ishchilar qachon himoya kamaridan foydalanishlari kerak? 

Download 6,08 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu.HAVOZALAR, SO‘RILAR, KONSTRUKSIYALAR VA

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish