OTQda va HLning muhofaza zonasida bajariladigan barcha ishlarda
pnevmog‘ildirakda yuradigan avtomobillar, yuk ko‘tarish mashinalari va
mexanizmlari erga ulanishi shart. Erga ulagich o‘rnatilmaguncha avtomobilning
(yuk ko‘tarish mashinasining, mexanizmining) korpusiga tegish, ularning ishchi
organlarini, yuk iladigan moslamalarini va boshqa
asosiy detallarini joyidan
qo‘zg‘atish taqiqlanadi.
Gusenitsali yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari bevosita erda
turganda ularni erga ulash talab qilinmaydi.
Yuk
Ko‘Tarish
Mashinalari
Va
Mexanizmlari
Ishlayotganda
Ko‘Tarilayotgan Yuk, Teleskopik Minora Savatchasi tagida, shuningdek,
tortilayotgan simlar (troslar), mahkamlagichlar, tirgovichlar va ishlab turgan
mexanizmlarning bevosita yaqinida (5 m dan kam masofada) odamlarning turishi
taqiqlanadi.
Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda haydovchi
bilan teleskopik minora savatidagi (osma kajavadagi) brigada a’zosi orasida bir-
birini ko‘radigan aloqa bo‘lishi shart. Bunday aloqa bo‘lmaganda
teleskopik
minora yaqinida haydovchiga savatni (osma kajavani) yuqoriga ko‘tarish yoki
pastga tushirish to‘g‘risidagi topshiriqni etkazib turuvchi brigada a’zosi turishi
shart.
Teleskopik minorada (gidroko‘targichda) savat (osma kajava) tubida turib,
himoya kamarining arqoni bilan mahkam bog‘lanib ishlash kerak.
Savatdan (osma kajavadan) tayanchga yoki uskunalarga o‘tish va qaytib
o‘tish faqat ish bajaruvchining ijozati bilan amalga oshiriladi.
Kranning strelasi yoki ko‘taruvchi mexanizmning savati (osma kajavasi)
kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tekkan hollarda mashinist
darhol yuzaga kelgan kontaktni ajratish va mexanizmning harakatlanuvchi
qismlarini tok o‘tkazuvchi qismlaridan ushbu Qoidalarga
2-ilovada
ko‘rsatilgan
masofadan kam bo‘lmagan masofaga uzoqlashtirish choralarini ko‘rishi shart.
Mexanizm (mashina) kuchlanish ostida qolganda mexanizmdan erga
tushish yoki uning ustiga chiqish, shuningdek, erda turib unga tegish taqiqlanadi.
Mashinist atrofdagi xizmatchilarni mexanizm kuchlanish ostida ekanligi
to‘g‘risida ogohlantirishi shart.
Kuchlanish
ostidagi avtomobil, yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizmi
yona boshlagan holatda haydovchi (mashinist) mashinani qo‘li bilan ushlamasdan,
oyoqlarini juftlab erga sakrashi zarur. So‘ng er bo‘ylab oyoqlarini bir-biridan
ajratmagan holda oyoq kaftlari bilan mashinadan 8 m masofagacha uzoqlashishi
kerak.
220 kV va undan past kuchlanishli TQda ko‘chma metall narvonlarni
qo‘llash taqiqlanadi.
220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQda ko‘chma metall narvonlarni
qo‘llashga quyidagi shartlar bajarilganda ruxsat etiladi:
narvon gorizontal holatda ish bajaruvchi, navbatchi yoki IV guruhga
mansub tezkor ta’mirlovchi xodimning uzluksiz nazorati ostida bir joydan ikkinchi
joyga
olib borilishi;
ko‘chma narvondan ilashgan potensialni yo‘qotish uchun unga erga tegib
turuvchi metall zanjir ulanishi shart.
Nazorat savollari:
1.IV guruhga mansub muhandis-texnik xodimning vazifalari nimalardan
iborat?
2.Yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirishga javobgar shaxsni tayinlash
tartibi qanday talablarga muvofiq belgilanadi?
3.OTQda mexanizmlarning hapakat tezligi qanday sharoitlarga qarab
aniqlanadi va tezligi qancha bo’lishi kerak?
4.Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari ishlayotganda odamlar
qancha masofada bo’lishi kerak?