Liniya (HL) ajratgichlaridan tashqari butun OTQdan kuchlanish olinganda
ajratgich o‘rnatilgan tuzilmalar arqonlar bilan to‘silib, to‘silgan maydondan
tashqariga qaratib «TO‘XTA! KUCHLANISH!» deb yozilgan plakatlar osilgan
bo‘lishi shart. OTQning ikkilamchi zanjirlarida farmoyish bo‘yicha ishlar
bajarilganda ish joyini to‘sish talab qilinmaydi.
HL va KLdan tashqari elektr qurilmalarida tayyorlangan ish joylariga
«SHU ERDA ISHLANSIN!» deb yozilgan plakat osilgan bo‘lishi shart.
OTQda ish joyidan u bilan chegaradosh, kuchlanish ostida bo‘lgan
uchastkalargacha borish mumkin bo‘lgan konstruksiya uchastkalarida yaqqol
ko‘rinadigan «TO‘XTA! KUCHLANISH!» deb yozilgan plakatlar o‘rnatilgan
bo‘lishi shart. Bu plakatlarni III guruhga mansub ta’mirlash xodimi ishga
qo‘yuvchi rahbarligida o‘rnatishi mumkin.
YUqoriga chiqishga ruxsat etilgan konstruksiyalarga chegaradosh bo‘lgan
konstruksiyalarning pastki qismida «CHIQMA! O‘LDIRADI!» deb yozilgan
plakat osilgan bo‘lishi shart.
Ishlarni bajarish uchun yuqoriga chiqishga ruxsat etilgan statsionar
narvonlarga va konstruksiyalarga «SHU ERDAN CHIQILSIN!» deb yozilgan
plakat osilgan bo‘lishi shart.
Ish to‘liq tugamaguncha ish joylarini tayyorlash paytida qo‘yilgan
plakatlar va to‘siqlarni olib tashlash yoki boshqa erga ko‘chirish taqiqlanadi.
Nazorat savollari:
1.«ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOKDA!» deb yozilgan
plakatlar qayerlarga osiladi?
2.«TO‘XTA!
KUCHLANISH!» deb yozilgan plakatlar
qayerlarga osiladi?
3.«SHU ERDA ISHLANSIN!» deb yozilgan plakat qayerlarga
osiladi?
4.«CHIQMA! O‘LDIRADI!» deb yozilgan plakat qayerlarga
osiladi?