Ishga qo‘yuvchiga va ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga)
navbatma-navbat
ishga qo‘yish va ular bo‘yicha ishlash uchun birdaniga bir nechta naryad va
farmoyishlar berilishi mumkin.
Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p
bo‘lmagan muddatga berishga ruxsat etiladi. Naryadni 1 marta, uzaytirilgan
kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish
mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi.
Naryad muddatini faqat ushbu naryadni bergan yoki ushbu elektr
qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodim uzaytirishi
mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsat telefon,
radioaloqa yoki
kurer orqali ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga topshirilishi
mumkin, bunday holda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan
xodimning ismi va familiyasini naryadda ko‘rsatadi.
Naryadlar bo‘yicha ishlar to‘liq tugagandan so‘ng ular 30 sutka davomida
saqlanishi shart, keyin esa yo‘q qilib yuborilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, uning muddati ijrochilar ish
kunining davomiyligi bilan belgilanadi.
Ishlashga farmoyish ish bajaruvchiga va ishga qo‘yuvchiga yoki ish joyini
tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchiga beriladi.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr qurilmalarida, ish joyida ishga
qo‘yish talab qilinmaganda, farmoyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bajaruvchiga berilishi
mumkin.
Farmoyish bo‘yicha bajarilishi mo‘ljallangan ishlar naryad beruvchi xodim
ixtiyoriga qarab naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar
bo‘yicha
bajariladigan
ishlarni
hisobga
olish
ushbu
Qoidalarga
5-
ilovada
keltirilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
1.
Naryad necha nusxada yoziladi?
2.
Bir ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini kim belgilaydi?
3.
Naryadni qancha muddatga berishga ruxsat etiladi?
4.
Naryadlar bo‘yicha ishlar to‘liq tugagandan so‘ng qancha muddat
saqlanadi?