5-mavzu. Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxslar, ularning huquq
va majburiyatlari
Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga
oshirilishi shart:
ishlar xavfsiz olib borilishiga javobgar shaxslarni tayinlash;
naryad yoki farmoyish berish;
ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berish;
ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish;
ish bajarilayotganda nazorat qilish;
boshqa ish joyiga o‘tkazish;
ishdagi tanaffuslarni va ish tugatilganini rasmiylashtirish.
Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
naryad va farmoyish beruvchi;
ish rahbari;
ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs;
ish joyini tayyorlovchi shaxs;
ishga qo‘yuvchi (ish joyini tayyorlovchi va ishga qo‘yuvchi bitta xodim
bo‘lishi mumkin);
ish bajaruvchi;
kuzatuvchi;
brigada a’zosi.
Naryad va farmoyish beruvchi ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini
belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va etarliligi
uchun, brigadaning sifat va son jihatdan tarkibi hamda javobgar shaxslarni
tayinlash uchun, shuningdek, naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilar bajarishi kerak
bo‘lgan ishga ularning elektr xavfsizligi guruhi bo‘yicha muvofiqligi uchun
javobgardir.
Naryad va farmoyishni berish huquqi korxonaning va uning tarkibiy
qismlarining V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodimlariga beriladi.
Naryad berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlar
bo‘lmaganda, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr
qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga mansub navbatchi xodim tomonidan
naryad va farmoyish berishga ijozat beriladi.
Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryad berish huquqi korxona
rahbariyatining yozma ko‘rsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.
Ish rahbari naryadda ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining
bajarilganligi va etarli ekanligiga, ishga qo‘yuvchi va ish bajaruvchi tomonidan
brigada a’zolariga berilgan yo‘l-yo‘riqning sifati va to‘liqligi uchun, shuningdek,
ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi.
Ish rahbarlari etib V guruhga mansub muhandis-texnik xodimlar
tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish rahbarining
uzluksiz nazorati ostida va ish rahbari boshchiligida bajarilishi zarur bo‘lsa, u
holda naryad beruvchi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satriga bu haqda yozib
qo‘yishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs ish
bajarish uchun ko‘zda tutilgan uskunani o‘chirish va erga ulash choralarining
etarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek, ishga qo‘yiladigan
brigadalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgar
hisoblanadi.
Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs
navbatchilarga yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarga,
shuningdek, ishga qo‘yuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan o‘chirish va erga
ulash ishlari haqida ma’lumot berishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berish huquqiga lavozim
yo‘riqnomasiga asosan IV guruhga mansub navbatchi xodimlar, shuningdek,
korxona ko‘rsatmasi bo‘yicha bunga vakolat berilgan ma’muriy-texnik xodimlar
haqli bo‘ladi.
Ish joyini tayyorlovchi shaxs ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda
ko‘rsatilgan choralarning to‘g‘ri va aniq bajarilishi, shuningdek, ish sharoitlari
bo‘yicha talab qilinayotgan choralar (qulflarni, plakatlarni, to‘siqlarni o‘rnatish va
hokazo) uchun javob beradi.
Ish joylarini tayyorlashga navbatchilar yoki elektr qurilmasida tezkor
almashlab ulashlarni bajarishga ijozat berilgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarning
huquqlari bor.
Ishga qo‘yuvchi ko‘rilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va etarliligi,
naryadda ko‘rsatilgan choralar, ish joyi ish xususiyatiga muvofiqligi, ishga
qo‘yishning to‘g‘riligi, shuningdek, berilayotgan yo‘riqning sifati va to‘laligi
uchun javob beradi.
Ishga qo‘yuvchilar navbatchilar yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan
tayinlanishi lozim. Ushbu Qoidalarning
57-bandida
qayd etilgan shartlar
bajarilganda HL da ishga qo‘yish bundan mustasno. 1000 V dan yuqori
kuchlanishli elektr qurilmalarida ishga qo‘yuvchi IV guruhga mansub, 1000 V
gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda esa ishga qo‘yuvchi III guruhga mansub
bo‘lishi shart.
Ish bajaruvchi:
tayyorlangan ish joyining naryad ko‘rsatmalariga muvofiqligiga;
brigada a’zolariga berilgan yo‘l-yo‘riqning aniq va to‘laligiga;
kerakli
himoya
vositalari,
asboblar,
inventarlar,
moslamalarning
mavjudligiga, ishga yaroqliligi va ularni to‘g‘ri qo‘llashga;
ish joyida to‘siqlar, xavfsizlik belgilarining va plakatlarning, qulflash
tuzilmalarining saqlanishiga;
ishlarning xavfsiz bajarilishi va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga javob
beradi.
Ish bajaruvchi brigada a’zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va
alkogol ta’siridan mast holatda bo‘lgan brigada a’zolarini ishdan chetlashtirishi
shart.
Naryad bo‘yicha 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida ish
bajaruvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmasida esa — III
guruhga mansub bo‘lishi shart. Zararli gazlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan er
osti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlar bundan mustasno,
bunda ish bajaruvchi IV guruhga mansub bo‘lishi shart.
Barcha elektr qurilmalarida farmoyish bo‘yicha ish bajarilayotganda, ushbu
Qoidalarning
67
,
199
va
400-bandlarida
ko‘rsatilganidan tashqari, ish bajaruvchi
III guruhga mansub bo‘lishi mumkin.
Elektr qurilmalarida mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lmagan brigada
ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun kuzatuvchi tayinlanishi shart.
Kuzatuvchi:
tayyorlangan ish joyi naryad ko‘rsatmalariga muvofiqligi uchun;
ish joyida o‘rnatilgan erga ulagichlar, to‘siqlar, xavfsizlik belgilari,
plakatlar, uzatmalarning qulflovchi tuzilmalari mavjudligi va saqlanishi uchun;
brigada a’zolarining elektr qurilmasini elektr tokidan jarohatlanish
borasidagi xavfsizligi uchun javob beradi.
Ishning texnologiyasi bilan bog‘liq xavfsizlik uchun shu brigada tarkibiga
kiritilgan, unga boshchilik qiladigan xizmatchi javobgardir va u doim ish joyida
bo‘lishi shart. Uning familiyasi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satrida
ko‘rsatiladi.
Kuzatuvchilar III guruhga mansub xizmatchilardan tayinlanishi mumkin.
Har bir brigada a’zosi ushbu Qoidalarni, ishga qo‘yish paytida va ish
jarayonida olgan yo‘l-yo‘riqli ko‘rsatmalarni, shuningdek, mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalar talablarini bajarishi shart.
Tashkilot rahbariyati yozma ko‘rsatma bilan o‘z xizmatchilariga quyidagi
huquqlarni berishi rasmiylashtirilishi shart: naryad, farmoyish berish; ish rahbari;
ish bajaruvchi; ishga qo‘yuvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlardan), shuningdek,
elektr qurilmalarini bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lish.
Javobgar shaxslarga o‘rindoshlik asosida ushbu Qoidalarga keltirilgan
vazifalarning birini bajarishlariga ijozat beriladi.
HLda ish joyini tayyorlash uchun kommutatsiya apparati bilan operatsiya
bajarmasdan turib, faqat kuchlanish yo‘qligini tekshirish va ko‘chma erga
ulagichlarni o‘rnatish talab etilgan hollarda ish rahbari yoki ta’mirlash
brigadasidan tayinlangan ish bajaruvchi o‘rindoshlik asosida ishga qo‘yuvchi
vazifasini bajarishiga ijozat beriladi.
Nazorat savollari:
1.
Qaysi kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi shart?
2.
Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni qanday qayd etilishi shart?
3.
Ishlar xavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga
oshirilishi kerak?
4.
Kim ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi?
|