-mavzu. Avtomobillar, yuk ko‘tarish mashinalari, mexanizmlar va




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
11-mavzu. Avtomobillar, yuk ko‘tarish mashinalari, mexanizmlar va 
narvonlarni qo‘llash orqali bajariladigan ishlar 
Ishlab turgan elektr qurilmalarida yuk ko‘tarish kranlarini qo‘llash orqali 
ishlarni bajarilganda yuklarni kranlar bilan ko‘chirishda ishni xavfsiz tashkil qilish 
bo‘yicha javobgar IV guruhga mansub muhandis-texnik xodim bo‘lishi shart. 
Ushbu shaxsning vazifasi naryad beruvchiga yoki ish rahbariga yuklatilishi 
mumkin. YUklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirishga javobgar shaxsni tayinlash 
tartibi va ularning vazifalari yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va xavfsiz 
ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq belgilanadi. 
Ayrim 
hollarda 
Sanoat 
xavfsizligi 
davlat 
qo‘mitasi 
hududiy 
boshqarmalarining ixtiyoriga ko‘ra yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirishni 
nazorat qilish naryad bo‘yicha ish bajaruvchiga topshirilishi mumkin. Bunday 
shaxs tayinlanganligi to‘g‘risidagi yozuv naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» 
satrida qayd etilishi shart. 
Energetika korxonalari shtatida bo‘lgan va ishlab turgan elektr 
qurilmalarida ishlaydigan haydovchi va mashinistlar elektr xavfsizligi bo‘yicha II 
guruhga mansub bo‘lishlari shart. 
Begona tashkilot kranchilarini yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va 
xavfsiz ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq ishga qo‘yishga ijozat beriladi. 
OTQ bo‘ylab va HLning muhofaza zonasida avtomobillar, yuk ko‘tarish 
mashinalari 
va 
mexanizmlarning 
harakatiga 
ushbu 
Qoidalarning
 491-
bandida 
eslatilgan shaxslarning biri yoki V guruhga mansub ma’muriy-texnik 
xodim nazorati ostida ruxsat beriladi. OTQ bo‘ylab avtomobillar, yuk ko‘tarish 
mashinalari va mexanizmlarining hapakatiga navbatchining yoki IV guruhga 
mansub tezkor ta’mirlovchi xodimlardan tayinlangan ishga qo‘yuvchining nazorati 
ostida ham ijozat beriladi. 


 OTQ bo‘ylab va HL ostidan o‘tayotganda yuk ko‘tarish mashinalari va 
mexanizmlarining yukni ko‘taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo‘lishi 
shart. Ish joyi chegarasida tekis joy bo‘ylab yuk ko‘taruvchi mashinalarning ishchi 
organlarini yuksiz va surilma yoki yuqoriga ko‘tapyvchi qismlari ko‘tarilgan holda 
odamlarsiz yurishiga ijozat beriladi. Faqat buning uchun bunday yurish 
mumkinligi ushbu mexanizmni ishlab chiqargan korxona yo‘riqnomasida qayd 
etilgan bo‘lishi va ushbu mexanizm kuchlanish ostidagi bo‘lgan shinalar va HL 
ostidan o‘tmasligi talab etiladi. 
OTQda mexanizmlarning hapakat tezligi mahalliy sharoitlarga qarab 
aniqlanadi, lekin 10 km/s dan oshmasligi shart. 
Avtomobillar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari HL ostidan
simlarining solqiligi eng kam joylaridan (tayanchlar oldidan) o‘tishi lozim. 
Strelali yuk ko‘tarish mexanizmlarini bevosita kuchlanish ostidagi HL 
simlari ostida o‘rnatish va ishlatish taqiqlanadi. 
YUk ko‘tarish mashinasini (mexanizmini) chiqarilgan tirgaklarga o‘rnatish 
va uning ishchi organini transport holatidan ishchi holatiga o‘tkazishni uni 
boshqaruvchi mashinist bajarishi shart. Ushbu maqcadlap uchun boshqa 
xizmatchilarni jalb qilish taqiqlanadi. 
Avtomobillar, 
yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining 
harakatlanishida, o‘rnatishda va ishlatishda ularning ko‘taruvchi va surilma 
qismlari, stroplari, yuk iladigan moslamalari, yuklari bilan kuchlanish ostida 
bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasidagi masofa ushbu Qoidalarga
 2-
ilovada 
keltirilgan masofadan kam bo‘lmasligi shart. 
Teleskopik minoralar va gidroko‘targich yordamida ish boshlashdan oldin 
ularning ko‘taruvchi va surilma qismlari tekshirilishi shart. Teleskopik minoralarda 
esa bundan tashqari mexanizmning ko‘taruvchi qismi vertikal holatda o‘rnatilishi 
va shunday holatni saqlay olishi shart. 
Nazorat savollari: 
1.
 
IV guruhga mansub muhandis-texnik xodimning vazifalari nimalardan 
iborat? 
2.
 
Yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirishga javobgar shaxsni tayinlash 
tartibi qanday talablarga muvofiq belgilanadi? 
3.
 
OTQda mexanizmlarning hapakat tezligi qanday sharoitlarga qarab 
aniqlanadi va tezligi qancha bo’lishi kerak? 
4.
 
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari ishlayotganda odamlar 
qancha masofada bo’lishi kerak? 

Download 6,08 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Avtomobillar, yuk ko‘tarish mashinalari, mexanizmlar va

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish