Bunday ulashga huquq berilishi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satrida
yozilishi va ishga qo‘yuvchiga ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat
berishda tasdiqlanishi shart. Naryadda bunday tasdiqni rasmiylashtirish talab
qilinmaydi.
Bunday ulash huquqi faqat ushbu qurilmada yoki uning uchastkasida
boshqa brigada ishlashiga ruxsat etilmagan holda beriladi.
Avariya holatlarida ta’mirlashga chiqarilgan elektr
uskunasini yoki elektr
qurilmasini navbatchi xodim yoki ishga qo‘yuvchi, ishni bajarayotgan brigada
yo‘qligida ish tamom bo‘lgunga qadar, ish bajaruvchi o‘z ish joyiga etib kelguncha
yoki ular naryadni qaytarib berguncha ish joylarida ishni bajaruvchini elektr
qurilmasi ulanganligi va ishni davom ettirish taqiqlanganligi haqida ogohlantirish
uchun odamlar qo‘yilishi sharti bilan ulashi mumkin.
Nazorat savollari:
1.Qachon elektr qurilmasini ulash mumkin?
2.Elektr qurilmasini ulab ishga tushirishga ruxsat qanday beriladi?
3.Elektr qurilmasini ulash huquqi kimga berilishi mumkin?
4.«Alohida ko‘rsatmalar» satrida nimalar bayon etiladi?