Ionlovchi nurlanishlardan himoyalovchi vositalar Ionlovchi nurlanishlar asosan radioaktiv moddalarda hosil bo‘ladigan
ionlovchi nurlar- alfa ,
beta va gamma- bu nurlarni radioaktiv moddalar chiqaradi
va uning to‘lqin uzunligi 4 ... 0,1 nm)
ta’siridan yuzaga keladi.
, nurlarning
organizmga singuvchanligi uncha katta emas, lekin ko‘zga va teriga biroz ta’sir
ko‘rsatadi, biroq me’da ichak orqali ta’sir etishi xavfli. nurlari singuvchanlik
xususiyati ortiq bo‘lib, o‘zining ta’siri tufayli nur kasalligiga yo‘liqtiradi. SHuning
uchun radioaktiv moddalar bilan ishlashda maxsus kiyimlar - xalat, kombinezon,
yarim kombinezon(bular bo‘yalmagan paxta tolali bo‘lishi kerak), paxtadan
qilingan qalpoq kabilar bo‘lishi kerak. Sezilarli darajada radioaktiv zaharlanish
bo‘lsa, bu kiyimlar ustidan plyonka(polietilen)li ishlangan kiyimlar kiyiladi. Bu
kiyimlar radiatsiyadan oson tozalash mumkin bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi.
Aktivlik 10 mkK dan ortiq bo‘lgan hollarda qo‘rg‘oshinli rezinadan
tayyorlangan qo‘lqoplar kiyiladi. Ko‘proq pnevmokostyumlar kiyish tavsiya
etiladi. Bu paytlarda asosan nafas olish organlari maxsus respirator yoki protivogaz
(gazga
qarshi
niqob)
yordamida
himoya
qilinadi.
Ko‘proq shlangli
protivogazlardan foydalaniladi (bunda shlangning bir uchi radiatsiyasi yuq joyda
turadi).
Ko‘zni himoya qilishda - fosfat volframli yoki qo‘rg‘oshinli oynali yopiq
ko‘zoynaklar ishlatiladi. Agar
- ,
- nurli moddalar bo‘lsa, yuz va ko‘zni organik
oynadan tayyorlangan to‘siq (himoya shchit) lari yordamida himoya qilinadi.
Radioaktiv nurlarga qarshi himoya qobiqlari albatta nur to‘suvchi – rezina,
polietilen, qo‘rg‘oshin qoplamali materiallardan tayyorlanadi. Himoya vositalari
esa asosan ko‘rsatilgan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, protivogaz
hisoblanadi.
Ishni tugatish vaqtida nurlanish ta’sirida bo‘lgan kiyimlar va himoya
vositalari alohida belgilangan xonada echib qoldiriladi.
Ionlovchi nurlanishlar hozirgi kunda ishlatilayotgan kompyuter monitorida ham
juda oz miqdorda kuzatiladi. SHuning uchun ham hozirgi vaqtda ko‘pgina ishlarni
bajarish kompyuter bilan bog‘liqligini inobatga olib, ularda ishlash muddati kunlik
ish vaqti bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: kunlik ish vaqti 4 soatdan oshmasligi
kerak; har 20 minut ishlagandan so‘ng 5-10 minut kompyutersiz xonada dam olish
kerak
Ionlashtiruvchi nurlanishning sun’iy (texnogen) manbalari inson tomonidan
yaratilgan har qanday nurlantiruvchi ob’ektlardir. Ular ushbu manbalardan
ionlashtiruvchi nurlanishni yoki boshqa jarayonlarda (masalan, elektr yoki
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish) ishlatish uchun ishlab barpo etilgan bo‘lishi
mumkin.