qurilma; ogohlantiruvchi signalizatsiya, blokirovka,
xavfsizlik belgilari, himoya
vositalari, saqlovchi moslamalar va hokazo.
Elektr xavfsizligi talablariga ko‘ra har bir korxonada elektr toki uchun
alohida transformatordan foydalanish zarur. Agar transformator korxona binosi
tashqarisida (hovlidan tashqarida) bo‘lsa, u balandiligi kamida 1200 mm bo‘lgan
himoya panjaralari(to‘siqlari) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu bilan inson
hayoti, hamda transformatorning o‘zi turli shikastlanishlardan saqlanadi.
Transformator, taqsimlash va yurgizish qurilmalari tegishli yozuvlar bilan
ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Har bir dastgoh va qurilmalar ishlatilishidan oldin ularning izolyasiyalari
qarshiliklari 1000 va 2500 megommetr bilan tekshirib ko‘riladi. Agar 1000 V
gacha kuchlanishda ishlaydigan elektr qurilmalaridagi ikkita saqlovchi qurilma
orasidagi qarshilik 0,5 MOm bo‘lsa, qoniqarli bo‘lib hisoblanadi. Bu tekshiruv
yuqori xavfli
holat uchun yiliga bir marta, alohida xavfli holat uchun yiliga ikki
marta o‘tkaziladi va natija tekshiruv varaqasida bayon etib qo‘yiladi.
Elektr dastgoh(stanok) va qurilmalarini ortiqcha tokdan va qisqa
tutashuvdan himoya etish maqsadida eruvchi saqlagichdan, issiqlik relesidan,
maksimal tok relesidan foydalaniladi. Kalibrlanmagan (tekshirib ko‘rilmagan)
saqlagichlardan foydalanish mumkin emas.
Elektr tokini ulash, elektr ta’mirlash va elektr xavfsizligi maqsadlarida
quyidagi himoya vositalaridan foydalaniladi (6-rasm):
6-rasm. Izolyasiyalangan himoya vositalari elektr tokidan himoyalanish uchun
1-izolyasiyali ombir, 2-dielektrik qo‘lqop, 3-izolyasiyali kleshi, 4-dielektrik bota,
5-izolyasiyali takli, 6-dielektrik gilam, 7-dielektrik kalish
Har qanday izolyasiyalangan himoyalash qurilmalari (taglikdan tashqari)
davriy ravishda 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan elektr toki yordamida davriy
ravishda tekshirib turiladi. 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun
himoyalash qurilma va vositalarining sinov muddati hamda sinab ko‘rilgan
kuchlanish kattaligi GOST 12.2.007-75 «Mehnat xavfsizligi standart tizimlari.
Elektrotexnik mahsulotlar. Xavfsizlikning umumiy talablari» bo‘yicha
belgilab
boriladi.
SHunga binoan individual himoya vositalari, ya’ni dielektrik qo‘lqoplar 3,5
kV kuchlanishda har 6 oyda bir marta, rezinali dielektrik kalishlar yilda bir marta,
rezinali dielektrik gilamcha har ikki yilda bir marta tekshirib, sinovdan o‘tkazib
turiladi. Bu tekshiruvni kim tomonidan, qachon o‘tkazilganligi va tegishli himoya
vositasi kaysi davrga qadar yaroqli hisoblanishi, shu bilan birga qaysi laboratoriya
tekshirgan va sinov o‘tkazganligi bevosita shu himoya vositasining o‘ziga yozib
qo‘yiladi.
Bu tadbirlar va qo‘llaniladigan himoya vositalarining o‘z vaqtida ishlatilishi
elektrdan jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligiga asos bo‘la
oladi.
Elektr
tokidan noto‘g‘ri himoya qilish juda yoqimsiz oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Xavf darajasi ta’sir turiga, ta’sir qilish davomiyligiga, tokning
kuchiga va kuchlanishiga, shuningdek bir qator tashqi omillarga (xonadagi namlik
darajasi, odamning yoshi va jismoniy holati) bog‘liq. Ish joyidagi xavfsizlik
"Elektr o‘rnatish qoidalari" (PUE) me’yoriy hujjati bilan tartibga solinadigan bir
qator tashkiliy va texnik tadbirlarni qo‘llash orqali ta’minlanadi.
Elektr xavfsizligi uchun asosiy texnik choralar quyidagilardan iborat:
Elektr toki o‘tkazuvchi elementlarning izolatsiyasi (ishlaydigan, qo‘shaloq,
mustahkamlangn); Himoya o‘chirilishi;
Tashkiliy choralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ish joyi va vaqti, mas’ul
shaxslar, xavfsizlik choralari ko‘rsatilgan buyruq
yoki buyruqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
Xodimlarni o‘qitish va qabulni ro‘yxatdan o‘tkazish;
· Ish ustidan nazorat.
Elektr toki urishidan himoya qilish uchun ishlatiladigan barcha texnik vositalar
quyidagilarga bo‘linadi.
Izolyatsiya qiluvchi, Saqlovchi, CHeklovchi. Ularni ishlatish xarakteriga ko‘ra u
shaxsiy himoya vositalari (SHXH) va jamoaviy himoya vositalariga bo‘lish
mumkin.