|
Satrdan qism ya’ni kesma ajratib olish
|
bet | 7/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 454,5 Kb. | | #241819 |
Bog'liq Pythonda ma\'lumotlar bilan ishlashSatrdan qism ya’ni kesma ajratib olish. Satrdan bir nechta elementdan tashkil topgan qismini ajratib olish mumiin. Buning uchun ajratilayogan qismining boshlang‘ich elementining satrdagi o‘rni va oxirgi elementining satrdagi o‘rni olinadi. Ularni bildirgan sonlar orasiga: belgisi qo‘yilgan holda kvadrat qavs ichiga yoziladi. Kesmani ajratib olish operatori:[X:Y].
X- kesmaning boshi, Y esa –oxiri. Y raqamli belgi kesmaga kirmaydi. Jimlik holatida birinchi indeks 0 ga teng, ikkinchi indeks esa qator uzunligiga teng bo`ladi.
Bundan tashqari kesmani ajratib olishda qadamni belgilash mumkin:
Satrga oid funksiyalar
Pythonda satr bilan ayrim amallarni bajarish uchun maxsus funksiyalar bor. Ularning soni ancha ko‘p, hammasini eslab qolish esa qiyin. Shuning uchun kerakli fuksiyani manbadan tanlab foydalangan ma’qul. Hozir esa shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Metodlarni chaqirganga Pythondagi satrlar o`zgarmaydigan ketma-ketliklar darajasiga kirishini inobatga olishimiz kerak. Bu degani hamma funksiyalar va metodlar faqat yangi satrni tuzishi mumkin.
Shuning uchun hamma metodlar yangi satrni qaytaradilar, va u keyin boshqa nomga ega bo`ladi.
S = ‘str’; S = “str”; S = ‘’‘str’‘’; S = “”“str”“”- Satrlarni literallari
S = “s\np\ta\nbbb” - ekran bilan ishlash ketma-ketliklari
S = r”C:\temp\new” - Formatlashtirilmagan satrlar
S = b”byte” - Baytlar qatori
S1+S2 - Konkatenatsiya (qo`shish)
S1*3 - Satrni takrorlash
S[i] - Indeks bo`yicha murojaat
S[i:j:step] - Step qadamli i elementdan boshlab j elementgacha bo`lgan kesmani ajratib olish.
len()- Satr uzunligini hisoblaydi. Bunda har bir harf, belgi, xatto bo‘shliq ham hisobga olinadi.
S.find(str,[start],[end])- Satrdan satr ostini izlash. Satr ostining birinchi belgisini o`rinini qaytaradi, agar satrda satr osti bo`lmasa -1 ni qaytaradi.
|
| |