|
Python asoslari
|
bet | 9/13 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 454,5 Kb. | | #241819 |
Bog'liq Pythonda ma\'lumotlar bilan ishlashS.strip([chars]) - Satr boshidan va oxiridan probel belgilarini olib tashlash.
S.partition(shablon) - Birinchi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni o`zini va shablondan keyin turuvchi qismga ega kortejni qaytaradi. Agarda shablon topilmasa satrga ega bo`lgan kortejni qaytaradi, avval ikki bo`sh satr keyin satrni o`zini.
S.rpartition(sep)- Oxirgi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni o`zini va shablondan keyin turuvchi qismni qaytaradi. Kortej qator o`zidan va undan keyin ikkita bo`sh qatordan iborat bo`ladi.
S.swapcase()-Quyi registrdagi belgilarni yuqori registrga, yuqorilarni esa quyiga o`tkazadi.
S.title() - Har bitta so`zning birinchi harfini yuqori registrga qolganlarini esa quyi registrga o`tkazadi.
S.zfill(width) - Qator uzunligini Widthdan kam qilmaydi agar kerak bo`lsa birinchi belgilarni nollar bilan to`ldiradi.
S.strip() funksiyasi satrning boshi va oxirida bo‘shliqlar bo‘lsa, olib tasdiqlaydi:
a = " Dastur "
print(a.strip())
S.lower() funksiyasi satrdagi barcha so‘zlarni kichik harf bilan yozilishini ta’minlaydi:
a = "Markaziy Osiyo" print(a.lower())
S.upper() funksiyasi satrdagi barcha so‘zlarni katta harflar bilan yozadi:
a = "Markaziy Osiyo" print(a.upper())
S.replace() funksiyasi satrdagi bir so‘z yoki harfni boshqasi bilan almashtiradi:
a = "Bor" b = "Markaziy Osiyo"
print (a.replace("r", "y"))
print (b.replace("Markaziy", "O‘rta"))
Boy O‘rta Osiyo
S.split() funksiyasi satrni ko‘rsatilgan belgi bo‘yicha qismlarga bo‘lib chiqadi. Masalan, vergul ko‘rsatilsa satrdagi har bir vergulgacha bo‘lgan so‘z yoki harflar bitta alohida qism deb olinadi. Yoki probel (bo‘shliq) ko‘rsatilsa har bir probelgacha bo‘lgan qismi ajratiladi.
a = "Python bilan ishlash qiziqarli" print(a.split(" "))
|
| |