['Aliyev Ahmad\n', 'Soliyev
Aziz\n', 'Tojiyev Akbar\n']
E'tibor bering, har bir talaba ismidan so'ng qator tashlah
belgisi (\n) tushib qolgan. Biz bu belgilarni .rstrip()
metodi yordamida olib tashlashimiz mumkin:
['Aliyev Ahmad',
'Soliyev
Aziz',
'Tojiyev Akbar']
FAYLGA YOZISH
Ma'lumotlarni saqlashning eng qulay usuli bu faylga
yozish. Dasturimiz bajarilishdan to'xtaganidan so'ng,
xotiradagi ma'lumotlar o'chib ketishi mumkin, lekin
faylga yozilgan ma'lumotlar saqlanib turaveradi.
Fayllarni
kelajakda
qaytdan
xotiraga
yuklab,
dasturimizni to'htagan joyidan davom etishimiz
mumkin.
Yuqorida biz faylni ochishda open() funksiyasidan
foydalandik, va yagona argument sifatida fayl nomini
berdik. Bunda fayl faqatgina o'qish uchun ochiladi, unga
yozib bo'lmaydi. Faylga ma'lumot yozish uchun open()
funksiyasiga murojat qilishda fayl nomidan tashqari
yana bir argument beramiz. Ikkinchi argument faylni
aynan nima maqsadda ochishimizni bildiradi.
Argumentlar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:
Argument
Qo