E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini
ko'rsatmadik, sababi, avval aytganimizdek bu fayllar
Pythondan tashqarida ochilmaydi va biz buning oldini
olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini
ham qo'shishimiz mumkin, bu bilan dastur xato
ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi mumkin.
Istasangiz faylga .dat (data so'zidan olingan)
qo'shimchasini qo'shib qo'yishingiz mumkin (info.dat).
PICKLE FAYLDAN O'QISH
Pickle fayldan o'qish uchun open() funksiyasini 'rb' (read
binary) argumenti bilan chaqiramiz. O'zgaruvchilarni
bitta faylga yozganimizda, har bir o'zgaruvchi alohida
qatordan yoziladi. Fayldan o'qishda ham har bir qatorni
alohida o'qishimiz kerak bo'ladi:
{'ism': 'hasan', 'familiya': 'husanov', 'tyil': 2003, 'kurs': 2}
{'ism': 'alijon', 'familiya': 'valiyev', 'tyil': 2004, 'kurs': 1}
Adashib ketmaslik uchun, alohida o'zgaruvchilarni
alohida fayllarga saqlash tavsiya qilinadi.