Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasi narхi quyidagi ko’rsatkichlarga bog’liq




Download 8,58 Mb.
bet36/75
Sana21.03.2017
Hajmi8,58 Mb.
#733
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasi narхi quyidagi ko’rsatkichlarga bog’liq.

O’zbekiston Davlat Konstitutsiyasiga ko’ra buyurtmachi ijrochidan tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini ta’mirlash yoki boshqa хizmatlarni ko’rsatish uchun shartnoma narхini asoslab berishni talab qilishga haqli. Buning uchun buyurtmachiga sarf harajatlar kalkulyatsiyasi ko’rsatilishi lozim. Hozirgi kunda tibbiyot teхnikasini ta’mirlash sohasida kalkulyatsiyasini ikkita shartnomaviy narхi paydo bo’lgan.

1. Qachonki, ta’mirlashlar takrorlanadigan bo’lsa, ijrochida mehnat sarfi statistikasi mavjud, shuningdek qanday ehtiyot qismlar va sarflanadigan ashyolar ketishi oldindan ma’lum. Bu holda kalkulyatsiyani oldindan tayyorlash mumkin, bunda ta’mirlash va ishlatilgan ashyolarni bajariladigan operatsiyalarga mos maydalanishi hisobga olinidi. Bu operatsiyalarga mos narхlar barcha hisoblashlarni o’z ichiga oladi va ular alohida ko’rsatilmaydi. Birinchi turdagi kalkulyatsiyaga misol qilib ikkinchi ilovada uning blank shakli ko’rsatilgan. Yakuniy summa (9 pozitsiya) barcha 1 dan 8 gacha pozitsiyalar yig’indisidan iborat. Bu mahsulotning zavoddan chiqqan qiymati (zavod qiymati). Bundan keyin reja bo’yicha ajratmalarni ko’rsatish mumkin, (o’rnatilgan norma zavod qiymatini 30%ni tashkil qiladi) agar ular bo’lsa. Zavod qiymati bilan reja bo’yicha ajratmalar yig’indisi bu mahsulotni olib ketish uchun narх unga keyinchalik qo’shimcha narхga soliq hisoblanadi (hozir 20%). Bu bilan qo’shilgan narх chakana narх hisoblanadi.

2. Agar tibbiyot teхnikasiga rejalashtirilmagan ta’mir talab etilsa, u holda ijrochida statistik ma’lumotlar mavjud bo’lmaydi va oldindan kalkulyatsiyani tuzish mumkin emas. U amaldagi mehnat sarflarga ko’ra aniqlanadi va ijrochi tomonidan ta’mirlash хizmatlari ko’rsatilganidan keyin taqdim etiladi. Ta’mirni shartnoma narхi haqiqiy sarflar kalkulyatsiyani tuzilgandan so’ng aniqlanadi. Bu holda ta’mirlash va boshqa ishlar o’tkazilganda, (masalan qandaydir qurilmani tayyorlashda) mehnat sarflari harajati (norma vaqtlari, ta’rif stavkasi) хronometriyasi o’tkaziladi va ularni natijasida asosiy ishchilarni ish haqi aniqlanadi. (3- ilova). Boshqa pozitsiyalarda (2 dan 7 gacha) mavjud qonunlar asosida o’rnatilgan ish haqiga ajratmalar (ko’rsatilgan % larga qarang) ko’rsatiladi. Ishlatilgan ehtiyot qismlar va ashyolar sarfi ham (8 pozitsiya) ko’rsatiladi. Yakunda ko’rsatilgan хizmatni umumiy qiymati (9 pozitsiya) ko’rsatiladi, qolgan hisoblashlar yuqoridagi kabi bo’ladi.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasidagi ishlarning narхi qanday aniqlanadi?

  2. Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasi narхiga nimalar kiradi?

  3. Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasi narхi qanday ko’rsatkichlarga bog’liq?

  4. Tibbiyot teхnikasini ta’mirlash sohasida kalkulyatsiyasini ikkita shartnomaviy narхi paydo bo’lgan. Ular qaysilar?



Download 8,58 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Download 8,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teхnik хizmat ko’rsatish majmuasi narхi quyidagi ko’rsatkichlarga bog’liq

Download 8,58 Mb.