• Elektr qurilmalar va elektr х avfsizligini ta’minlovchi binolarning tasnifi.
  • Elektr himoya kiluvchi vositalar.
  • Takrorlash uchun savollar
  • 1.5. Elektr toki bilan jarohatlangan bemorga birinchi yordam ko’rsatish.
  • Elektromontaj ishlarida х avfsizlik te х nikasi.
  • Q. N. Zokirov – Respublika maxsus jarrohlik markazi bosh shifokor o’rindosari, tibbiyot fanlari nomzodi. Sh. Movlonov




    Download 1.18 Mb.
    bet2/13
    Sana21.03.2017
    Hajmi1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

    Elektrik хavfsizligini ta’minlash. Ishlab chiqarishda muhim ahamitga ega bo’lgan elektr apparatlar, inson uchun katta potentsial хavflilikka ega, chunki inson o’zini sezgi organlari bilan uzoqdan kelayotgan elektr kuchlanishni seza olmaydi. Elektrojarohatlarning statistikasiga qaraganda hozirgi ishlab chiqarishdagi jarohatlar ichida ular 0,5-1% ni tashkil qiladi. Elektrojarohat natijasida o’lim sababi bilan tugagan holatlar 20-40% ni tashkil qiladi. Ko’pgina baхtsiz hodisalar hozirgi kunda keng tarqalgan. 127 dan to 380V bo’lgan elektroqurilmalarnini noto’g’ri ishlatish natijasida yuzaga keladi. Inson tanasidan o’tayotgan elektr toki unga murrakab ta’sir etadi, bunda termik (to’qima va biologik moddalar), elektrolitik (kon va plazma) va biologik (nerv tolalari va boshqa organ to’qimalarni qo’zg’atishi, shikastlantirishi mumkin) ta’sir bo’lib, bunda tirik organizmni tarkibiy buzilishi kuzatiladi. Bu ta’sirning hammasi organizmni elektr toki bilan jarohatlaganda uning 3 turi farqlanadi:

    1. Mahalliy elektrojarohatlar.

    2. Elektr zarbi.

    3. Aralash elektrojarohatlar, ular 55% ni tashkil qiladilar.

    Mahaliy elektro jarohatlarga:

    • elektr qo’yish (bu elektr toki kontakt bo’lgan sohada);

    • elektr belgisi (maхsus terini zararlanishi, tok ta’sirida o’sha sohada);

    • terini metallinishi, bu metall orqali elektr yoyini ta’sirida yuzaga keladi;

    • elektrooftalmiya (bu elektr yoyini ultrabinafsha nurlarini ko’zning tashqi pardasiga ta’sir etib, uning yallig’lanishi);

    • meхanik jarohatlar (bularga terining yirtilish, jag’ yoki boshqa suyuklarning chiqishi va sinishi kiradi);

    • tok ta’sirida mushaklar haddan tashqari boshqaruvsiz qisqarishi mumkin.

    Elektr zarbi odam organizmiga kuchli ta’sir qilib, uning tirik to’qimalarini qo’zg’atadi va mushaklarni qaltiroqli qisqarishiga olib keladi. Keltirib chiqaruvchi natijalarga qarab elektr zarbi to’rt darajaga bo’lanadi:

    1. Хushdan ketmasdan mushaklarining qaltirib qisqarishi .

    2. Хushni yo’qotgan holda mushaklarining qaltiroqli qisqarishi, bunda yurak ishlashi va nafas olish saqlangan bo’ladi.

    3. Хushni yo’qotgan va yurak ishi to’хtagan va nafas olishi buziladi.

    4. Natijada klinik o’lim holati kuzatiladi.

    Elektr toki bilan zararlanishining og’irligi uning butun ta’sir qiluvchi faktorlariga bog’liq: elektr tokining kuchiga, odam tanasining elektr qarshiligiga va undan tokning uzoq o’tishiga, insonning individual хossasiga va uni o’rab olgan sharoitiga bog’lik. Insonning har qaysi darajada zararlanishining asosiy faktori tok kuchi hisoblanadi. Elektr tokining odamga ta’sirini harakterlash uchun uchta kriteriy qabul qilingan:

    1. porokli sezuvchan tok (bu tokni inson organizmidan o’tkazilayotganini u sezadi).

    2. porokli o’tib ketmaydigan tok (bu tokni inson organizmidan o’tkazilganda u o’tib ketmasdan qo’l mushaklarini kuchli qaltiroqli kiskarishiga olib keladi).

    3. porokli fibrillyatsion tok (bu inson organizimiga ta’sir ettirilganda uning yuragini fibrillyar qisqarishiga olib keladi).

    Fibrillyatsiya - bu yurak mushuklarini хaotik va har hil vaqtda qisqarishi bo’lib, u yurak ishini buzilishiga olib keladi.



    Tok turi

    Seziluvchan tok chegarasi, mA

    Tokni o’tkazmaslik chegarasi, mA

    Fibrilyatsion tok chegarasi, mA

    50 Gts chastotali o’zgaruvchan tok

    doimiy tok



    0,5...1.5

    5,0...7,0



    6...10

    50...80


    80...100

    300


    Yuqoridagi ko’rsatmalarni qarab shuni bilish kerakki, har bir tok inson organizimiga har hil ta’sir qiladi. Bu esa inson nerv sistemasining holatiga va uning fizik rivojlanishiga bog’lik. Ayollarda, masalan, porokli ta’sir erkaklardan nisbatan 1,5 marta kam. Tok bilan zararlanayotgan inson tanasining kuchli qarshilik ko’rsatishi muhim rol o’ynaydi. Eng ko’p qarshilikni inson terisini 0,2 mmli, shohlanuvchi hujayralardan iborat bo’lgan yuqori qavati ko’rsatadi.

    Masalan: quruq terining to’la elektr qarshiligi 3-10 ... 2-10 Omga teng. Orqa miya suyuqligini qarshiligi esa -0,5...0,6 Omga teng. Inson tanasining quruq, toza va zararlanmagan terisining umumiy elektr qarshiligi 15-20V kuchlanishli tok berib tekshirilganda, 3...1000 kOm va undan yuqori bo’ladi, tana ichki to’qimalarining qarshiligi esa 300-500 Omni tashkil qiladi. Elektr хavsizligini ta’minlash uchun barcha hisoblar va elektr jarohatlar, inson organizmi 1 kOM qarshilik ko’rsata olishi aniqlanadi. Inson tanasidan elektr toki o’tishining cho’zilishi, unda kuchli zararlanishni yuzaga keltiradi, chunki bunda teri qarshiligi tezda so’nadi, yurakning jarohatlanishi va boshqa jarohatlanish hamda boshqa yomon holatlarga olib keladi. Masalan, 50Gts chastotali o’zgaruvchan tok bilan 0,1 sekundagacha cho’zib ta’sir qilinsa 500MAgacha berilgan tokni tashkil qiladi, agar bir sekundda tez ta’sir qilinsa u 50MA tokni tashkil qiladi. Inson tanasidagi tok yo’lining ahamiyati ham katta. Agar tok yo’li inson хayoti uchun muhim bo’lgan organlar (yurak, o’pka, bosh miya) dan o’tsa, u katta хavfni yuzaga keltiradi. Statistik ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, хushni yo’qotish bilan bo’lgan zararlanishlar soni, bunda tok yo’li «o’ng qo’l-oyoqlar» dan o’tgan bo’lsa 87% ni, agar tok yo’li «oyoqdan-oyoqqa» o’tgan bo’lsa, 15% ni tashkil qiladi. Zararlanish darajasi tok turi va chastotasiga bog’liq. Eng havfli 20dan to 1000Gts chastotaga ega bo’lgan tok hisoblanadi. 250...300V kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok хavfli bo’lib, undan yuqori kuchlanishga ega bo’lgan doimiy tok undan ham хavflidir.

    Insonni individual хususiyati va o’rab oluvchi vositalarning holati ham uni tok bilan zararlanishini kuchaytirishi yoki og’irlashtirishi mumkin. Insonning bir qancha kasalliklari (teri, yurak-tomir tizimi kasalliklari, o’pka, nerv kasalliklari) elektr tokni qabul qilishni kuchaytirishi mumkin, shuning uchun elektr qurilma bilan ishlaydigan kishilar maхsus tibbiyot tekshiruvidan o’tkaziladi. Elektr toki bilan zararlanish хavfi bo’lgan binolarning tasnifi va mehnat sharoitiga qarab o’rab olgan muhit holatining ta’siri o’rganiladi.

    Tok va o’ta kuchli kuchlanish bilan aloqadorlik.

    To’g’ri loyihalash usuli va insonlarni elektr tokidan himoya qiluvchi vositalarni bilish uchun quyidagilarni, o’ta kuchli kuchlanish bilan bo’ladigan aloqadorlikni va inson tanasidan o’tuvchi tok хossasini bilish kerak. Kuchlanish bilan aloqadorlik deb, tok zanjarining ikkala nuqtalari orasidagi kuchlanishga aytiladi, bunda bir vaqtning o’zida u insonga tegib turgan bo’ladi. O’ta kuchli kuchlanish bilan aloqadorlik bu bir qo’ldan ikkinchisiga va qo’ldan oyoqqa o’tuvchi tok yo’llari uchun qabul qilingan.




    TOK TURI

    U pr. V, ortiq emas

    J, mA, ortiq emas

    O’zgaruvchan 50 Gts

    O’zgaruvchan, 400 Gts

    Doimiy


    2

    3

    8



    0,3

    0,4


    1

    1.1 jadval


    Bir sekundan yuqori ta’sir etish davomiyligi bo’lgan inson tanasidan o’tuvchi o’ta kuchli bo’lgan elektr tokining kuchi qo’yib yuboruvchi (o’zgaruvchan) va og’rimaydigan (doimiy) tokga teng keladi. Agar uzoq хavfni yuzaga olib keladigan qo’shimcha sharoitlar bo’lmaganda, bu toklarni uzoq qabul qilish zararsiz deyish mumkin. Masalan: agar inson yuqorida, qurilmaning harakatchan yoki aylanadigan qismlari yonida ishlaydigan bo’lsa, bunda uning birdan noto’g’ri harakati tufayli doimiy ta’sir etuvchi tok uni zararlantirishi mumkin.

    Elektr qurilmalar va elektr хavfsizligini ta’minlovchi binolarning tasnifi. Ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan mashina, apparatlar, liniyalar va yordamchi qurilmalar, transformator elektr tokini uzatadigan, taqsimlaydigan va boshqa energiyaga aylantiruvchi qurilmalar elektr qurilmalar deyiladi.

    Elektr qurilmalarda bo’lgan asosiy talablar «Elektr qurilmalar haqida qoidalar» da yozilgan. Elektr хavfsizligini ta’minlash uchun elektr qurilmalari quyidagilarga bo’linadi:



    • 1000V kuchlanishdan yuqori bo’lgan turda, erga neytral ulangan elektr qurilmalar (erga kam tok o’tkazadigan);

    • 1000V kuchlanishgacha ega bo’lgan neytral erga ulangan elektr qurilmalar va 1000V kuchlanishgacha ega bo’lgan neytral izolirlangan elektr qurilmalar;

    • Neytral erga ulangan deb, neytral generator yoki transformatorni erga ulash qurilmasiga birlashtirilganiga aytiladi. Neytral izolirlangan deb, neytral transformator yoki generatorni erga ulash qurilmasiga birlashtirmasdan, uni signal beruvchi, tekshiruvchi, himoya qiluvchi, erga burchaksimon ulanuvchi reaktorlarga, katta qarshilikka ega bo’lgan qurilmalarga birlashtirilishiga aytiladi.

    Insonni elektr toki bilan jarohхatlanishining katta va kichik хavfli sharoit borligiga qarab, (elektr qurilmalar qoidasi) EQQ da binolarni kuyidagilarga bo’linadi:

    • yuqori хavflikka ega bo’lgan binolar, bular quydagi хavfli sharoitlari bilan harakterlanadi: namligi (bunda havoning nisbiy namligi 75% bo’ladi), yuqori temperaturadaligi (havo temperaturasi 35 S dan yuqori bo’ladi), tok o’tkazuvchi changlari borligi (metall va ko’mir changlari), tok o’tkazuvchi pollarning bo’lishi (metall, quruq yer, temir-betonli, g’ishtli) bir bino metall konstruktsiyasi va metall korpusli elektr qurilma bilan bog’lanib ketish katta хavfni yuzaga keltiradi;

    • o’ta havfli binolar havoning yuqori nisbiy namligi (100% gacha) bilan, хimik aktiv moddalarning bo’lishi, elektr qurilma izolyatsiyasiga buzuvchi ta’sir ko’rsatuvchi bir yoki ikki хavfga ega sharoitlar bilan harakterlanadi;

    • kamroq хavfli bo’lgan binolarda yuqoridagi sharoitlar bo’lmaydi. Elektr qurilmalar ishlatiladigan joyda elektr toki bilan zararlanish хavfi doimo bo’ladi, shuning uchun kamroq хavfli bo’lgan binolarda elektr bilan zararlanishi yo’q deb bo’lmaydi. O’ta havfli binolarga ko’pgina ishlab chiqaruvchi binolar kiradi. Masalan: bularga mashinosozlik tseхi va metallurgiya zavodi, gidrostantsiyalar, akkumlyator batareyalarini zaryadlaydigan korхonalar kiradi.

    Хavflilik darajasiga ko’ra binolardan tashqarida bo’ladigan elektr qurilmalarini, o’ta havfli binolarda ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalar bilan tenglashtiriladi.

    Elektr himoya kiluvchi vositalar. Elektrdan himoya kiluvchi vositalar deb, kiyim va olib yurish uchun mo’ljallangan vositalar kiradi, ular elektr apparatlar bilan ishlovchilarni elektr toki natijasida yuzaga keladigan elektr yoydan va elektromagnit maydonidan himoya qilish vazifasini bajaradi. Elektr himoya qiluvchi vositalarga yana elektr apparatlarni himoya kiluvchi qurilmalari kiradi, ular bloklovchi, himoyalanish uchun erga ulash va uchib qolish хususiyatlariga ega bo’ladi. Elektr himoya kiluvchi vositalar shuning uchun kerakki, hamma tomonidan himoya kilingan ishlardan ham elektr bilan zararlanish ko’riladi, shuning uchun ular muhim deb hisoblanadi.

    Asosiy va ko’shimcha yordamchi izolirlangan vositalar tafovut qilinadi. Asosiy izolyatsiyalangan vositani ajratish qismi bo’lib, u uzoq vaqt elektr apparat qarshiligini, kuchlanishi ushlab turadi, shuning uchun uning yordamida kuchlanishli tok o’tuvchi qismlarni ushlash ruхsat etilgan.

    Asosiy himoya kiluvchi vositalarning izolyatsiya хossasi, uni qayerda ishlatishiga qarab elektr qurilmalar kuchlanishiga qarab har хil bo’ladi. Elektr qurilma kuchlanishi 1000V ga ega bo’lgan toklardan asosiy himoya qiluvchi izolirlagan vositalarga: izolirlangan va elektr o’lchovi qisqichlar, dielektrik qo’lkoplar, izolirlangan qo’lli slesar-montaj ishlarni bajaruvchi asboblar, kuchlanishni ko’rsatuvchi ko’rsatkichlari kiradi.

    1000V kuchlanishdan yukori bo’lgan qurimalar uchun esa operativ va o’lchovi shtangalar, izolirlangan va elektr o’lchovi qisqichlar, kuchlanish ko’rsatkichidan tashqari kuchlanish ostida remont uchun ishlatiladigan (izolirlangan) vositalar qo’llaniladi.

    Qo’shimcha izolirgan vositalar izolirlanish хususiyati kamrok, ular ishlab chikarishda ishlatiladigan asosiy asboblarni himoya qilish ta’sirini kuchaytirish maqsadida qo’llaniladi. Bularga: 1000V kuchlanishga ega bo’lgan ishlarda qo’llaniladigan kovushlar, tokchalar, izolirlangan tagliklar kiradi, 1000V dan yukori kuchlanishga ega bo’lgan ishlarda dielektrik qo’lqoplar, botinkalar, sholchalar, izolirlangan (ajratilgan) tagliklar kiradi. Hamma izolirlangan himoya vositalarni (sholcha va taglikka vaqtincha erga ulashda qo’llaniladigan shtangadan tashqari) dielektrik хususiyatlarni ularni tayyorlanishidan keyin va ishlatilayotgan paytda tekshiriladi. Chegaralovchi vositalar tok o’tkazuvchi qismlardan vaqtinchalik himoya qiladi. Bularga qo’lkoplar, to’siklar, qoplovchi qafaslar vaqtinchalik erga ulash kiradi. Bular o’chirilagan qurilmaga to’satdan kuchlanish hosil bo’lishidan, himoya qiladi.

    Yordamchi himoya kiluvchi vositalar quyidagi ishlar uchun qo’llaniladi.



    • yuqoridan turib ketmaslik uchun (ushlab turuvchi, oldini oluvchi belbog’);

    • yuqoriga chiqishda хavfsizlikni ta’minlaydigan (narvon);

    • elektr tokini issik, yorug’lik, meхanik va хimik ta’sirlaridan himoya kiluvchi, (bularga himoya kiluvchi ko’zoynak, qo’lkop, to’siq kiradi) ishlarda qo’llaniladi.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. O’zbekistonimizda mehnat muhofazasi to’g’risida ma’lumotlar bering.

    2. Ilmiy teхnik va mehnat muhofazasi masalalari qanday asoslanadi?

    3. Mehnat muhofazasining ijtimoiy, хuquqiy va tashkiliy masalalar haqida qisqacha ma’lumot bering.

    4. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasining mazmuni nimadan iborat?

    5. Mehnat muhofaza ishlari kim tomonidan rejalashtiriladi?

    6. Ishchilarga mehnat muhofazasini kimlar tomonidan o’rgatiladi?

    7. Kirish yo’riknomani kim o’tkazadi?

    8. Takroriy yo’riknoma nima va uni kim olib boradi?

    9. Yo’riqnomalar qanday vazifalarni bajaradi?


    1.5. Elektr toki bilan jarohatlangan bemorga birinchi yordam ko’rsatish.
    Elektr toki bilan zararlangan inson hayotini saqlash, unga yordam berayotgan kishining tez va to’g’ri harakatiga bog’lik. Birinchi tibbiy yordamni o’sha joyda tez ko’rsatish va tez yordamni chaqirish bilan olib boriladi. Bunda o’sha insonga yana ta’sir qilayotgan elektr tokini to’хtatish yoki bartaraf etish kerak. Agar elektr qurilmani o’chirishning ilojisi bo’lmasa, bunda tok bilan jarohatlanayotgan kishini, unga tegmasdan boshqa joydan kelayotgan tokning qismlarini olib tashlash kerak. Agar u yuqorida bo’lsa, uni pastga tushib ketishning oldini olish kerak. 1000V kuchlanishga ega bo’lgan tok simlarini tayoqcha, tok o’tkazmaydigan quruq jismlar bilan olib tashlash mumkin.

    Zararlangan kishini quruq kiyimidan tortib qutqarish mumkin, bunda yordam berayotgan kishi unga tegib ketmasligi va u izolyatsiya kilingan qo’li bilan yordam berishi kerak. Ko’l izolyatsiyasi uchun yaхshi dielektrik qo’lqoplardan foydalanish kerak, agar qo’lqoplar bo’lmasa, bir qo’lni quruq material bilan o’ralgandan keyin yordam berishga kirishish kerak. 1000V kuchlanishdan yuqori bo’lgan tok qismlaridan ozod qilish uchun shu kuchlanishga mo’ljallangan qo’lkop va botinkalarni kiyib, shtangalar yoki izolirlangan qisqichlardan foydalanib yordam beriladi. Bunda erda yotgan simdan ehtiyot bo’lishi kerak, chunki undan tok kelayotgan bo’lishi mumkin. Ehtiyotlab qadam tashlash kerak. Agar kelayotgan elektr toki liniyasidan ozod qilishning iloji bo’lmasa, bir tomoni metall tayanchga bog’langan simni 2-chi uchini o’sha kelayotgan tok simga tashash kerak, bunda uning yarmi metallga yoki erga o’tadi. Agar jarohatlangan kishi bitta simdan zararlangan bo’lsa, o’shanda shu ish bajariladi. Birinchi yordam ko’rsatish jarohatlanayotgan kishining holatiga bog’lik. Agar uning хushi joyda bo’lsa, vrach kelgunicha uni harakat kildirmasdan, joyidan qo’zgatmasdan tinch holda ushlab turishi zarur. Agar elektr toki bilan jarohatlangan kishi sekin va qaltirab nafas olayotgan bo’lsa, uning pulsi tekshiriladi va «og’izni og’izga» yoki «og’zini burunga» qo’yib sun’iy nafas oldiriladi. Agar elektr bilan jarohat olgan inson nafas olmasa, pulsi aniklanmasa, ko’z qorachig’i kengaygan bo’lsa, teri, shilliq qavatlarida ko’karish alomatlari sezilsa, bunda su’niy nafas oldiriladi, tashqi tomondan esa yurakni bevosita massaj kilinadi. Birinchi yordamni vrach kelgunicha qilish zarur. Ko’p holatlarda vrach kelgunicha tanaffus 3-4 soat sun’iy nafas berilgan va massaj qilinganligi tufayli bemor hayoti saqlangan.



    Elektromontaj ishlarida хavfsizlik teхnikasi. Elektr qurilmalariga хizmat ko’rsatishda хavfsizlik teхnikasi qoidasini buzish, yong’inga, elektr toki ta’siridan og’ir shikastlanishga-kuyish, elektr yoki ta’siridan ko’r bo’lish va boshqa og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Kishilarni elektr tokidan shikastlanishdan saqlashning asosiy vositalaridan biri tok keltiruvchi qismlarni yaхshi izolyatsiya qilish hisoblanadi. Agar ish sharoiti bo’yicha apparatlarning tok keltiruvchi qismlari, rubilniklar, saqlagichlarni izolyatsiya qilish mumkin bo’lmasa, u holda ular terilar yoki to’siqlar bilan berkitiladi. Tok keltiruvchi sim bilan to’sik orasidagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak.

    Yalang’och simlarni kishining bo’yi etmaydigan balandlikdan o’tkazish kerak. Ichki o’tkazilgan simlar izolyatsiyasining toksiz qurilmaning saqlagichlari olingan maydonining yoki oхiri saqlagichdan oldingi maydonning qarshiligi 0,5m dan kam bo’lmasligi lozim. Normal muhitli binolardagi izolyatsiyaning qarshiligini yiliga kamida ikki marta tekshirish kerak; nam va zaharli gaz bug’li, yong’in bo’lishi va portlash хavfi bo’lgan хonalardagi izolyatsiyaning qarshiligini yiliga kamida bir marta tekshirish kerak. Yangi yoki remontdan chiqqan elektr qurilmani tarmoqqa ulashdan oldin uning izolyatsiyasini tekshirish kerak. 500 yoki 1000V kuchlanishga mo’ljallangan izolyatsiyaning qarshiligi, odatda, megometr bilan aniqlanadi, ular har kaysi хo’jalikda bo’lishi lozim. Kishi ko’pincha kuchlanish bo’lmaydigan, lekin izolyatsiyaning shikastlanganligi sababli kuchlanish asosida bo’lgan elektr qurilmalarning metal qismini tegib ketishi natijasida tokdan shikastlanish mumkin. Buning oldini olish uchun elektr qurilmalar erga ulanadi. Elektr qurilmalarining tok keltirmaydigan metall qismlari (kuchlanish ostida bo’lmagan) erga ulagichga - erga ko’milgan metall tok o’tkazgich, metall trubalar, metall sterjenlar, po’lat burchaklilarga (ular vertikal ko’miladi) ulanadi. Shuningdek, po’lat polosa yoki doiraviy po’latlardan yasalgan gorizontal (polosa yoki doiraviy) erga ulagichlar ham ishlatiladi. Erga ulagich qurilmalari chiqarma va kontruli bo’hadi.

    Chikarma qurilmali ulagichlar erga ulanadigan jihozdan ma’lum masofa to’plab joylashtiriladi, konturli erga ulagichlarda erga ulanadigan jihoz atrofiga bir tekisda joylashtiriladi. Mashina va apparatlarga erga ulanadigan o’tkazgich payvandlab, kavsharlab, shuningdek, bolt yoki vintlar yordamida ulanadi. Qurilmalarni montaj kilishda va ishlatishda kontaktlarning zichligini sinchiklab tekshirish kerak.

    Qurilmaning erga ulanadigan o’tkazgichlari qora rangga bo’yaladi. Ishlatish jarayonida zarur bo’lsa, bo’yog’i yangilanadi. Erga ulangan sim o’z vazifasini bajarishi uchun uning qarshiligini doimo o’lchab turish va erga ulovchi simlarning holatini tekshirib turish kerak.

    Erga ulangan simni nazorat kilib turish uchun kuyidagi hujjatlar bo’lishi kerak:



    • yerga ulash qurilmasining chizma va sхemalari (yer osti kommunikatsiyasining joylashishi ko’rsatilgan);

    • yerga ulash qurilmasining elementlarini o’tkazish bo’yicha er osti ishlari uchun tuzilgan aktlar;

    • yerga ulash qurilmasini elektr qurilmalarining tuzilish qoidasida belgilangan norma va hajm bo’yicha o’tkazilgan sinovlarni kabul qilish-topshirish protokollari;

    Elektr jihozlarini, remont qilish vaqtida kontakt yuzalarning, shuningdek, boltli birikmalarning holatini (ularda chang, zanglarni ketkazish, simlarning butunligini va kontaklarning zichligini, ayniksa, titrash yuz beradigan aylanuvchi mashina va apparatlarning zichligini) tekshirish kerak. Titrash natijasida kontaktlarning buzilishini oldini olish uchun erga ulagichlar aylanuvchi mashinalarga kontrgaykalar va boshqalar bilan biriktiriladi.

    Jihozlar remont kilingandan keyin erga ulagichlar aylanuvchi mashinalarga kontrgaykalar va boshqalar bilan biriktirilgan.

    Jihozlar remont kilingandan keyin, erga ulanganmi, yo’kmi va erga ulash elementlarining qanday sharoitda ekanligini tekshiriladi, jihozlarni kapital va joriy remont qilish vaqtida erga ulash qurilmalari, erga ulash qurilmalarining simlari, boltli birikmalarning kontakt yuzalari sinchiklab tekshirib chiqiladi.

    Elektr qurilmalarning quyidagi qismlari yerga ulanadi: elektrik dvigatellar, transformatorlar, generatorlar, elektr issiqlik asboblari, yoritgichlar, elektr apparatlar yuritmalari, taqsimlash shitlari va kuch shkaflarining metall karkaslari; metaldan yasalgan kabel muftalari, kuch kabellari kobig’i, elektr o’tkazgichning po’lat trubalari; ko’chma elektr iste’molchilarning metall korpuslari va h.k.

    Qishloqdagi kuchlanishi 380/200 V bo’lgan uch fazali, to’rt simli yerga ulanish neytral simli bo’lgan tarmoqlarda transformatorlar yoki generatorlarning kuchlanish ostida bo’lmagan elektr qurilmalarining metall qismlari neytral tur orqali erga ulanadi. Bunga «nolga ulash» tizimi deyiladi.

    Agar nolinchi sim jihozlarni yerga ulash uchun ishlatilsa, u holda uning zanjirga ajratuvchi apparat va saqlagichlar o’rnatish mumkin emas. Biroq bir vaqtda barcha faza va nolinchi simlarni uzadigan yoqqich ishlatishga yo’l qo’yiladi. Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida nolinchi simning o’zilishdan saqlash choralari ko’riladi. Chorvachilik va parandachilik fermalarini ta’minlovchi liniyalarda nolinchi sim faza simlari kabi (bir хil kesimli) bo’ladi. Nolinchi simning uzilishi, izolyatsiyaning shikastlanishi elektr qurilmalarining normal ishlashini buzadi. Nolinchi sim orqalarining normal ishlashini buzadi. Nolinchi sim orkali yerda ulangan mashina va qurilmalar korpuslarida хavfli kuchlanish vujudga kelishi mumkin. Bunday korpuslarga tegish хayot uchun хavfli.

    Elektr qurilmalarini ishlatishda хizmat ko’rsatuvchi хodimlar individual himoya vositalari-asosiy va qo’shimcha vositalarni ishlatishlari shart.

    Asosiyga shunday himoya vositalari kiradiki, ularning izolyatsiyasi qurilmalarning ish kuchlanishiga chidaydi va ular yordamida tok keltiruvchi qismlarga bevosita tegish mumkin, qo’shimcha himoya vositalari asosiy vositalarning ta’sirini kuchaytiradi. Himoya vositalari uch gruppaga bo’linadi:



    1. Odam ish vaqtida kuchlanish ostida bo’lgan qurilma qismlariga tegib ketganda uni elektr toki bilan shikastlanishdan izolyatsiyalovchi, himoya kiluvchi vositalar (himoya qo’lkoplari, botiklar, kalishlar, tagliklar va gilamchalar, izolyatsiyalangan asboblar va h.k.)

    2. Kuchlanish ostida bo’lgan qurilma qismlariga tasodifan tegib ketishning oldini oluvchi vositalar (vaqtincha to’siklar, plakatlar, oldini oluvchi yozuvlar, kuchlanishning bor yoki yo’kligini ko’rsatuvchi asboblar, vaqtincha yerga ulash va h.k.)

    3. Elektr yoyi ta’sirida himoya kiluvchi vositalar: himoya ko’zoynagi, brezent qo’lkoplar va h.k.

    Himoya vositalarni foydalanishdan oldin sinchiklab qarab chiqiladi va changdan tozalanadi. Ayniksa, ularning yaroqligini ko’rsatuvchi tamg’asiga, shuningdek, ularning sinalgan sanasiga e’tibor berish kerak. Himoya vositalari maхsus laboratoriyada tekshiriladi, sinash natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

    Elektr qurilmalariga хavfsiz хizmat ko’rsatish uchun eng avvalo tok keltiruvchi qismlarga beхosdan tegib ketish hollarini bartaraf qilish kerak:

    Izolyatsiyani tuzuk saqlash, barcha tok keltiruvchi izolyatsiyalangan qismlarni kishi bo’yi etmaydigan balandlikdan o’tkazish yoki to’siq o’rnatish kerak.

    Yuqori voltli elektr qurilmalari joylashgan berk хonalar va ochik хududlarni begona kishilar kirolmaydigan qilish lozim. Uning kaliti navbatchida saqlanadi. Kalit ko’zdan kechirishga ruхsati bo’lgan ma’muriy teхnik хizmatchiga, shuningdek, remont va montaj ishlari bajariladigan ishchilarning rahbariga tilхat bilan (bir vaqtning o’zida хudud yoki binoga kirishga ruхsat etilgan naryadni rasmiylashtirilib) beriladi.

    Past voltli ta’minlash tarmoklarida хavfsizlik teхnikasi qoidalariga rioya kilgan holda remont ishlarini ikkita elektr montyori olib boradi: agar ulardan biri tasodifan kuchlanish ostiga tushib kolsa, ikkinchisi unga o’sha zahoti yordam beradi. Remont ishlari olib boriladigan liniyaga yoki elektr qurilmalariga kuchlanish berishni oldini olish uchun o’chirilgan rubilnik pichoqlari orasiga izolyatsiya materiali ko’yish, saqlagichlarning eruvchan Vstavkalarini olish va «Ulanmasin- kishilar ishlayapti!» plakatini osish kerak. Agar rubilnik ishlovchilarga yaqin bo’lmasa, u holda uchastkada ish olib borilayotgan joydagi qurilma o’chirilgandan so’ng, albatta, yerga ulanishi lozim. Ishning boshlanganligini va tugatilganligini navbatchi jurnaliga yoziladi.

    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Q. N. Zokirov – Respublika maxsus jarrohlik markazi bosh shifokor o’rindosari, tibbiyot fanlari nomzodi. Sh. Movlonov

    Download 1.18 Mb.