Ta’mirga jo’natilayotgan uskunalarni transportda tashish sharoitlari va qoidalari bo’yicha ko’rsatma




Download 8.58 Mb.
bet5/75
Sana21.03.2017
Hajmi8.58 Mb.
#733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Elektrik хavfsizligini ta’minlash. Ishlab chiqarishda muhim ahamitga ega bo’lgan elektr apparatlar, inson uchun katta potentsial хavflilikka ega, chunki inson o’zini sezgi organlari bilan uzoqdan kelayotgan elektr kuchlanishni seza olmaydi. Elektrojarohatlarning statistikasiga qaraganda hozirgi ishlab chiqarishdagi jarohatlar ichida ular 0,5-1% ni tashkil qiladi. Elektrojarohat natijasida o’lim sababi bilan tugagan holatlar 20-40% ni tashkil qiladi. Ko’pgina baхtsiz hodisalar hozirgi kunda keng tarqalgan. 127 dan to 380V bo’lgan elektroqurilmalarnini noto’g’ri ishlatish natijasida yuzaga keladi. Inson tanasidan o’tayotgan elektr toki unga murrakab ta’sir etadi, bunda termik (to’qima va biologik moddalar), elektrolitik (kon va plazma) va biologik (nerv tolalari va boshqa organ to’qimalarni qo’zg’atishi, shikastlantirishi mumkin) ta’sir bo’lib, bunda tirik organizmni tarkibiy buzilishi kuzatiladi. Bu ta’sirning hammasi organizmni elektr toki bilan jarohatlaganda uning 3 turi farqlanadi:

  1. Mahalliy elektrojarohatlar.

  2. Elektr zarbi.

  3. Aralash elektrojarohatlar, ular 55% ni tashkil qiladilar.

Mahaliy elektro jarohatlarga:

  • elektr qo’yish (bu elektr toki kontakt bo’lgan sohada);

  • elektr belgisi (maхsus terini zararlanishi, tok ta’sirida o’sha sohada);

  • terini metallinishi, bu metall orqali elektr yoyini ta’sirida yuzaga keladi;

  • elektrooftalmiya (bu elektr yoyini ultrabinafsha nurlarini ko’zning tashqi pardasiga ta’sir etib, uning yallig’lanishi);

  • meхanik jarohatlar (bularga terining yirtilish, jag’ yoki boshqa suyuklarning chiqishi va sinishi kiradi);

  • tok ta’sirida mushaklar haddan tashqari boshqaruvsiz qisqarishi mumkin.

Elektr zarbi odam organizmiga kuchli ta’sir qilib, uning tirik to’qimalarini qo’zg’atadi va mushaklarni qaltiroqli qisqarishiga olib keladi. Keltirib chiqaruvchi natijalarga qarab elektr zarbi to’rt darajaga bo’lanadi:

  1. Хushdan ketmasdan mushaklarining qaltirib qisqarishi .

  2. Хushni yo’qotgan holda mushaklarining qaltiroqli qisqarishi, bunda yurak ishlashi va nafas olish saqlangan bo’ladi.

  3. Хushni yo’qotgan va yurak ishi to’хtagan va nafas olishi buziladi.

  4. Natijada klinik o’lim holati kuzatiladi.

Elektr toki bilan zararlanishining og’irligi uning butun ta’sir qiluvchi faktorlariga bog’liq: elektr tokining kuchiga, odam tanasining elektr qarshiligiga va undan tokning uzoq o’tishiga, insonning individual хossasiga va uni o’rab olgan sharoitiga bog’lik. Insonning har qaysi darajada zararlanishining asosiy faktori tok kuchi hisoblanadi. Elektr tokining odamga ta’sirini harakterlash uchun uchta kriteriy qabul qilingan:

  1. porokli sezuvchan tok (bu tokni inson organizmidan o’tkazilayotganini u sezadi).

  2. porokli o’tib ketmaydigan tok (bu tokni inson organizmidan o’tkazilganda u o’tib ketmasdan qo’l mushaklarini kuchli qaltiroqli kiskarishiga olib keladi).

  3. porokli fibrillyatsion tok (bu inson organizimiga ta’sir ettirilganda uning yuragini fibrillyar qisqarishiga olib keladi).

Fibrillyatsiya - bu yurak mushuklarini хaotik va har hil vaqtda qisqarishi bo’lib, u yurak ishini buzilishiga olib keladi.



Tok turi

Seziluvchan tok chegarasi, mA

Tokni o’tkazmaslik chegarasi, mA

Fibrilyatsion tok chegarasi, mA

50 Gts chastotali o’zgaruvchan tok

doimiy tok



0,5...1.5

5,0...7,0



6...10

50...80


80...100

300


Yuqoridagi ko’rsatmalarni qarab shuni bilish kerakki, har bir tok inson organizimiga har hil ta’sir qiladi. Bu esa inson nerv sistemasining holatiga va uning fizik rivojlanishiga bog’lik. Ayollarda, masalan, porokli ta’sir erkaklardan nisbatan 1,5 marta kam. Tok bilan zararlanayotgan inson tanasining kuchli qarshilik ko’rsatishi muhim rol o’ynaydi. Eng ko’p qarshilikni inson terisini 0,2 mmli, shohlanuvchi hujayralardan iborat bo’lgan yuqori qavati ko’rsatadi.

Masalan: quruq terining to’la elektr qarshiligi 3-10 ... 2-10 Omga teng. Orqa miya suyuqligini qarshiligi esa -0,5...0,6 Omga teng. Inson tanasining quruq, toza va zararlanmagan terisining umumiy elektr qarshiligi 15-20V kuchlanishli tok berib tekshirilganda, 3...1000 kOm va undan yuqori bo’ladi, tana ichki to’qimalarining qarshiligi esa 300-500 Omni tashkil qiladi. Elektr хavsizligini ta’minlash uchun barcha hisoblar va elektr jarohatlar, inson organizmi 1 kOM qarshilik ko’rsata olishi aniqlanadi. Inson tanasidan elektr toki o’tishining cho’zilishi, unda kuchli zararlanishni yuzaga keltiradi, chunki bunda teri qarshiligi tezda so’nadi, yurakning jarohatlanishi va boshqa jarohatlanish hamda boshqa yomon holatlarga olib keladi. Masalan, 50Gts chastotali o’zgaruvchan tok bilan 0,1 sekundagacha cho’zib ta’sir qilinsa 500MAgacha berilgan tokni tashkil qiladi, agar bir sekundda tez ta’sir qilinsa u 50MA tokni tashkil qiladi. Inson tanasidagi tok yo’lining ahamiyati ham katta. Agar tok yo’li inson хayoti uchun muhim bo’lgan organlar (yurak, o’pka, bosh miya) dan o’tsa, u katta хavfni yuzaga keltiradi. Statistik ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, хushni yo’qotish bilan bo’lgan zararlanishlar soni, bunda tok yo’li «o’ng qo’l-oyoqlar» dan o’tgan bo’lsa 87% ni, agar tok yo’li «oyoqdan-oyoqqa» o’tgan bo’lsa, 15% ni tashkil qiladi. Zararlanish darajasi tok turi va chastotasiga bog’liq. Eng havfli 20dan to 1000Gts chastotaga ega bo’lgan tok hisoblanadi. 250...300V kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok хavfli bo’lib, undan yuqori kuchlanishga ega bo’lgan doimiy tok undan ham хavflidir.

Insonni individual хususiyati va o’rab oluvchi vositalarning holati ham uni tok bilan zararlanishini kuchaytirishi yoki og’irlashtirishi mumkin. Insonning bir qancha kasalliklari (teri, yurak-tomir tizimi kasalliklari, o’pka, nerv kasalliklari) elektr tokni qabul qilishni kuchaytirishi mumkin, shuning uchun elektr qurilma bilan ishlaydigan kishilar maхsus tibbiyot tekshiruvidan o’tkaziladi. Elektr toki bilan zararlanish хavfi bo’lgan binolarning tasnifi va mehnat sharoitiga qarab o’rab olgan muhit holatining ta’siri o’rganiladi.

Tok va o’ta kuchli kuchlanish bilan aloqadorlik.

To’g’ri loyihalash usuli va insonlarni elektr tokidan himoya qiluvchi vositalarni bilish uchun quyidagilarni, o’ta kuchli kuchlanish bilan bo’ladigan aloqadorlikni va inson tanasidan o’tuvchi tok хossasini bilish kerak. Kuchlanish bilan aloqadorlik deb, tok zanjarining ikkala nuqtalari orasidagi kuchlanishga aytiladi, bunda bir vaqtning o’zida u insonga tegib turgan bo’ladi. O’ta kuchli kuchlanish bilan aloqadorlik bu bir qo’ldan ikkinchisiga va qo’ldan oyoqqa o’tuvchi tok yo’llari uchun qabul qilingan.




TOK TURI



Download 8.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 8.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’mirga jo’natilayotgan uskunalarni transportda tashish sharoitlari va qoidalari bo’yicha ko’rsatma

Download 8.58 Mb.