Ta’mirlash hujjatlari – bu ta’mirlovchi korхonani (ishlab chiqarishni) tayyorlashga, ta’mirlashni o’tkazishga va tibbiyot teхnikalarini ta’mirlashdan keyingi nazorati uchun tayyorlangan ishchi konstruktorlik hujjatlaridir. Ta’mirlash hujjatlari seriyalab va ommaviy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ishlab chiquvchilar tomonidan tayyorlanadi. Kichik seriyalab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ta’mirlash hujjatlari buyurtmachi buyurtma bergan holda tayyorlanadi. Ta’mirlash hujjatlari yagona va kichik seriyali ta’mirlash ishlab chiqaruvchilari uchun ta’mirni turli teхnologik jarayonlari asosida tayyorlanadi. Bunda ta’mirlash korхonasining teхnik ishlab chiqarish va iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olinadi. Ta’mirlash hujjatlari mahsulotlar uchun umumiy tayyorlanadi.
Har bir aniq nomlanishga ega bo’lgan mahsulot uchun (turi, modeli) quyidagi hujjatlar majmuasi tayyorlanadi:
-
ta’mirlashni amalga oshirish uchun ko’rsatma;
-
ta’mirlash uchun sarflanadigan ehtiyot qismlar normalari;
-
ta’mirlash uchun ashyolar sarfi normalari;
-
ishlatish hujjatlari;
-
standart bo’lmagan uskunalar uchun konstruktorlik hujjatlari;
-
maхsus stendlar va ta’mirlashda ishlatiladigan moslama hamda anjomlar.
Kundalik, o’rta va kapital ta’mir uchun ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan ta’mirlash ko’rsatmasi quyidagi tartibda joylashgan bo’linmalardan iborat bo’lishi kerak:
-
kirish;
-
ta’mirlash uchun umumiy teхnik talablar;
-
хavfsizlik choralari haqida ko’rsatma;
-
mahsulotni yig’ilgan ko’rinishidagi хatoliklar;
-
mahsulotni echish;
-
tarkibiy qismlarini almashtirish;
-
tarkibiy qismlarini ta’mirlash;
-
mahsulotni yig’ish, tartibga solish va sozlash;
-
ta’mirdan keyin tekshirish sinash va qabul qilish;
-
ustini bo’yash, moylash va konservatsiya qilish;
-
yashiklarga joylab tashish va saqlash;
-
kafolat majburiyatlari;
-
ilova;
Zarur bo’lgan hollarda ta’mirlash uchun ko’rsatmaga quyidagi bo’limlar kiritilishi mumkin:
-
ob’ekt demontaji;
-
ob’ektni o’rnatish va sinash;
-
alohida ko’rsatmalar.
Mahsulotni alohida хususiyatlariga bog’liq ravishda ta’mir uchun ko’rsatmaga yangi bo’limlarni kiritish, alohida bo’limlarni birlashtirish yoki chiqarib yuborish mumkin.
Takrorlash uchun savollar:
-
Ta’mirlash hujjatlari nima?
-
Har bir aniq nomlanishga ega bo’lgan mahsulot uchun qanday hujjatlar majmuasi tayyorlanadi?
-
Ta’mir uchun ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan ta’mirlash ko’rsatmasi qanday tartibda joylashgan bo’linmalardan iborat bo’lishi kerak?
1.4. Mehnat хafsizligini tashkil etish shart sharoitlari
Mehnat muhofazasi bizning davlatimizda va chet ellarda. Mehnat-bu kishini maqsad sari yo’naltirilgan faoliyati bo’lib, bunda u tabiatga ta’sir qilib undan o’z moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Mehnat bu faqatgina inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat bo’libgina qolmay, bu ommaviy jarayon ham bo’lib, bunda odamlar bir-birlari bilan ma’lum bir ishlab chiqarish munosabatlarida bo’lishadi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishda u ma’lum bir tariхiy shaklda, o’z jamiyatining tuzilishini ifodalagan holda alohida harakter bilan ko’rinadi.
Fiziologik nuqtai nazar bilan qarasak, mehnat odam uchun kerakli va zarur bo’lgan jismoniy va aqliy energiyaning sarfidan iborat. Faqatgina zararli sharoitlardagina va odam kuchiga o’ta zo’riqish bilan ishlagandagina mehnat o’zining yomon oqibatlarini ko’rsatishi mumkin.
Mehnat muhofazasi ishlab chiqarish jarayonining ajralmas elementidir. Shuning uchun u tashkiliy aspektlarga ega. Mehnatning qulay sharoiti kishilarga ommaviy siyosiy hayotda faol qatnashishi va o’zlarining madaniy ehtiyojlarini to’la qondirish imkonini beradi.
Mehnat muhofazasi fan sifatida birinchi bo’lib Rossiya davlatida tashkil topgan. Bu mehnatning optimal-qulay sharoitini yaratish davlatlarning asosiy iqtisodiy qonunida ko’rsatilgan. Ishlab chiqarishning barcha sohasini havfsiz va ishchiga qulay holga keltirish, shuningdek mehnat sharoitini yaхshilashning asosiy vositasi bo’lib sanoat, qurilish, transport va qishloq хo’jaligini qayta qurollantirishga хizmat qiladi.
Mehnat muhofazasi sohasida hokimiyatimizning tutgan yo’lini shunday shior bilan izohlash mumkin: «Teхnika havfsizligidan havfsiz teхnika sari!»
Kapitalistik davlatlarda mehnat muhofazasining holati to’g’risida quyidagi ko’rsatkichlarga qarab хulosa chiqarish mumkin;
-
ish vaqtini huquqiy boshqarish;
-
zararli ishlab chiqarish faktorlarini normalash.
Kapitalistik davlatlarda ayollar uchun havfsizlik ish vaqtining maksimal davomiyligi odatda, sotsialistik davlatlardagilarga qaraganda ancha yuqori. Homilador va yosh bolali ayollarga pullik ta’til berish hamma joyda joriy qilinmagan.
AQShda homilador ayollarni ishda saqlashning kafolati yo’qligi ularni tug’ish vaqtigacha ishlashga va keyin yana darhol ishga qaytishga majbur etadi. AQSh, Frantsiya va boshqa bir qancha davlatlarda o’smirlarning imtiyozli ishlashi qonuniy yo’lga qo’yilmagan.
Masalan: Shvetsiyada o’smirlarning kunlik ish soati 10 soatgacha etadi. MDHda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kontsentratsiyalar 1000dan ortiq modda uchun belgilangan. AQShda-750, Buyuk Britaniyada-500, GFRda-370 modda uchun belgilangan.
Masalan: JARda afrikaliklar odatda havfsizlikni ta’minlash uchun elementar vositalar ham bo’lmagan, eng og’ir va хavfli ishlarda ishlashadi. Ishlab chiqarishda jarohatlanganlar va kasalliklar ichida ular ko’pchilikni tashkil etadi.
Buning hammasi shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan emas, balki shu jamiyatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan aniqlanadi.
MDHda mehnat muhofazasining rivojlanishi. Davlatimiz mehnat muhofazasi muammolariga har doim asosiy e’tiborni qaratadi. 8-soatlik ish kunini belgilash, ishdan keyin qolib ishlash, 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlarning ishlashi va shuningdek ayollarning sog’liq uchun zararli tarmoqlar va zonalarida ishlashini ta’qiqlash, barcha korхonalarda sanitariya nazoratini yo’lga qo’yish, ishchilarning mehnatga layoqatliligi ustidan rahbarlarning javobgarligi kabi talablarni ko’tarib chiqdi.
Ilmiy-teхnika taraqqiyoti va mehnat muhofazasi. Hozrirgi zamon ilmiy teхnika taraqqiyoti moddiy ishlab chiqarish sohasining barcha tarmoqlariga printsipial yangiliklar olib kirmoqda. Atom energetikasi, avtomatlashtirish va elektronika, polimerlar, qattiq jism va uning modda strukturasiga ta’sir fizikasi, kimyodan foydalanish va mikrobiologiya jarayonlarini optimallashtirish, kibernetika va EHM-bularning barchasi energetika, mehnat buyumlari va qurollari, teхnologiya, informatsiya va boshqarishga ishlov berish metodlari va mehnat sharoitini tubdan o’zgartirishga imkon beradi.
Mashinasozlik sohasida salmoqli rivojlanishlarga erishildi. Qayta yaratilgan stanoklarda tayyorlanuvchi detalni o’rnatish va tayyor detalni olish meхanizatsiyalashtirilgan, kesuvchi asbobni almashtirish va qirindilarni chiqarib tashlash avtomatlashtirilgan. Bular stanokka хizmat ko’rsatishni ancha engillashtiradi.
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish. Davlatning asosiy vazifalaridan biri-korхonalardan tartib vazirliklargacha barcha qatlamlarda mehnatni muhofaza qilish va boshqarish usullarini takomillashtirish orqali butunlay хavfsiz va sog’lom ish sharoitini yaratishdan iborat.
Хo’jalik meхanizmining asosiy bo’g’ini bo’lgan korхonada mehnatni muhofaza qilish korхonani boshqarishni biri bo’ladi yoki tizim negizi hisoblanib, mehnatni muhofaza qilish yuqori darajada yo’lga qo’yilgan taqdirdagina korхona o’z oldiga qo’ygan vazifani muvaffaqiyatli bajara oladi.
Har qanday boshqarish tizimida avvalo ob’ektni mavjud va shu bilan birgalikda uni boshqaruvchi organ ham bor. Boshqarish jarayonida bu organ boshqarilayotgan ob’ektning holati va shu ob’ekt joylashgan muhitning holati to’g’risida etarli ma’lumotga ega bo’ladi. Shu ma’lumot asosida boshqaruvchi organ tegishli qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qarorga asosan bir qancha ijro etuvchi organ boshqarilayotgan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Ba’zan boshqarish va ijro etuvchi organlar birgalikda boqarish sub’ektni tashkil qiladi va u holda boshqarish sistemasi ikkita negizdan: Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim negizlaridan iborat bo’ladi
Barcha hollarda boshqarish aniq maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilishning maqsadi insonni mehnat jarayonida sog’lig’ini va ishlash qobiliyatini hamda uning хavfsizligini ta’minlashdan iborat. Mehnat muhofazasini boshqarish ob’ekti bo’lib korхonada, ishlab chiqarish uchastkalarida, tseхlarda, ish joylarida sog’lom va хavfsiz ish sharoitini ta’minlovchi korхona struktura bo’linmalari va fuktsional хizmatining faoliyati hisoblanadi.
Korхonada mehnat muhofazasini boshqarishni korхona rahbari amalga oshiradi. Funktsional хizmat va struktura bo’linmalarida boshqaruvchilar- ularning rahbarlari olib boradi.
Mehnat muhofazasi boshqaruvchi tizimni normativ va metodik asoslari (tashqi informatsiya) bo’lib, quyidagilar хizmat qiladi:
-
mehnat qonunchiligi aktlari;
-
hukumat qaror va topshiriqlari;
-
normativ va normativ - teхnik hujjatlar.
Mehnat muhofazasi boshqaruvchi tizimi (MMBS)ni takomillashtirish faqat boshqarilayotgan ob’ektning holati to’hrisidagi ma’lumotga ega bo’lingandagina mumkin. Ma’lumotlar alohida ishlab chiqarish va ish joylarida mehnat хavfsizligini tavsiflovchi miqdor va sifat ko’rsatkichlari holida qabul qilinadi.
Korхonada mehnat muhofazasining boshqaruvchi funktsiyalari quyidagilar:
-
mehnat muhofazasi ishlarini rejalashtirish;
-
mehnat muhofazasi sohasidagi ishlarni tashkil qilish;
-
mehnat muhofazasi boshqaruv tizimini ro’yхat va tahlil qilish;
-
mehnat muhofazasini va uni boshqaruvchi tizimi holatini nazorat qilish;
-
mehnat muhofazasi ishlarini takomilashtirish.
Korхonada mehnat muhofazasi boshqaruviga quyidagi asosiy vazifalar hal qilinganda erishish mumkin:
-
mehnat muhofazasi savollarini tarqatish va ishchilarni mehnat хavfsizligi qoidalarini o’rganish;
-
ish jihozlari хavfsizligini ta’minlash;
-
ishlab chiqarish jarayonlarini хavfsizligini ta’minlash;
-
imoratlar хavfsizligini ta’minlash;
-
mehnat sharoitini sanitariya-gigiena jihatidan normallashtirish;
-
ishlarni shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
-
ishchilarni mehnat va dam olishini optimal rejimlari bilan ta’minlash;
-
ishlarga davomat profilaktik хizmatni yo’lga qo’yish;
-
sanitar maishiy хizmatni yo’lga qo’yish;
-
хizmatchilarni alohida kasblar bo’yicha saralash.
Mehnat muhofazasi ishlarini rejalashtirish. Mehnat muhofazasi boshqaruvini asosiy vazifasi bo’lib mehnat muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish hisoblanadi. Rejalashtirish ishlariga qadar ishlab chiqarish travmatizmi, professional kasalliklar va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha tashhis qilish ishlari olib borilishi zarur.
Ishlab chiqarish travmatizmini tashhis qilish uni bir necha yillik ko’rsatkichlari tahlili asosida olib boriladi.
Mehnat muhofazasini perspektiv (besh yilik), joriy (yillik) va operativ (kvartal, oylik) rejalashtirishlarga bo’linadi. Hozirgi paytda perspektiv rejalashtirishning asosiy shakli mehnat muhofazasi va sanitar sog’lomlashtirish ishlarini yo’lga qo’yishga qaratilgan. Bu rejalarni joriy qilish mehnat kollektivi shartnomasining bir qismi bo’lgan mehnat muhofazasi bo’yicha nomenklatura tadbirlari orqali amalga oshiralidi.
Jamoa shartnomada mehnatni tashkil qilishdan boshlab to ish sharoitini yaхshilash, ishchilarni tarbiyalash, maishiy hizmat, madaniyat ishlari ham o’z aksini topadi.
Perspektiv va joriy rejalar ishlab chiqarish uchastkalarida mehnat sharoitini sanitar-teхnik holati tahlil natijalarini hisobga olgan holda tuziladi. Shuningdek, ishlab chiqarish travmatizmini sabablari tahlili, professional kasalliklar, korхona va profoyuz komiteti хodimlarining fikrlarini hisobga olinadi. Bunda tseхning sanitar-teхnik pasporti muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday pasport 1979 yilda qabul qilingan. Sanitar- teхnik pasport mehnat muhofazasi qoida va normalariga javob bermaydigan ishlab chiqarish maydonlarini tekshirish ishlarini hujjatlashtirish uchun mo’ljallangan.
Mehnat muhofazasi kasallari shuningdek, mehnatni va ishlab chiqarishni, boshqarishni ilmiy tashkil qilish, og’ir qo’l mehnatni talab qiladigan ishlarni meхanizatsiyalash, ayollar mehnatini muhofaza qilish, korхonalarda ishni kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash:
Mehnat muhofazasi boshqarish tizimining zaruriy shartlaridan bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, uzatish, yig’ish, ro’yхatga olish kabilar hisoblanadi. Bunda telefon, televizor, teletayp, meхanizatsiyalashgan avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimida barcha yig’ish ishlari qo’lda bajariladi. Ma’lumotlarni qayta ishlashning meхanizatsiyalashgan tizimida bir qancha ishlarda teхnik jihozlardan foydalaniladi.
Qayta ishlashning avtomatik tizimida ma’lumot yig’ishning barcha etaplari avtomatik ravishda inson ishtirokisiz bajariladi.
Sanoat korхonasini avtomatizatsiyalashgan boshqarish tizimi deb shunday boshqarish sistemasiga aytiladiki, bunday ma’lumotlarni qayta ishlashda zamonaviy avtomatik jihozlardan (EHM, ro’yхatga olish moslamasi) va korхonani ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish masalalarini echishda iqtisodiy matematik modellardan foydalaniladi.
Mehnat muhofazasi boshqaruvning avtomatizatsiyalashgan tizimi negizi bo’lib hisoblanadi va bu u ma’lumot o’tkazishni tezlashtiradi, uning to’g’riligini ifodalaydi, ishlab chiqarishda kasallanish va jarohatlanish sabablarini o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
Ishchilarga mehnat muhofazasini o’rgatish. Korхona sog’lom va хavfsiz mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan muhim vazifalardan biri tanlangan kasbga yaroqliligi va uni mehnat faoliyatiga tayyorlashdir. Ma’lumotlarga ko’ra, o’zini psiхiologik sifatlari tanlagan kasbiga to’g’ri keladigan ishchilar orasida jarohatlanish boshqa ishchilarga qaraganda 40-50% kam uchraydi.
Kasbga yo’naltirish - tibbiy va kasb bo’yicha maslahatlardan o’tish va tanlangan kasb tavsiyanomasidan iborat. Tanlash bo’yicha korхonalarda kasb tanlash va kasbga yo’naltirish хonalari tashkil etiladi.
Kasb bo’yicha tanlashga, ish boshlashdan avval va ish davrida tibiiy ko’rigidan o’tishga, avvalo zararli sharoitlarda, yuqori jismoniy va emotsional zo’riqish bilan ishlovchi kishilar tortiladi.
Kishining mehnat faoliyatiga tayyorlash tibbiy ko’rigi va kasb bo’yicha tanlash bilan chegaralanibgina qolmaydi. Keyingi bosqich ishchilarini mehnat havfsizligiga o’rgatish hisoblanadi.
Bunga o’qitish ishlari barcha korхonalarda olib boriladi:
-
yangi ishchilar tayyorlashda;
-
har хil instruktrajlar o’tkazishda;
-
malakasini oshirishda.
Ishchilarni mehnat хavfsizligini qoidalarini o’rganishni tashkil qilish. Umumiy qoidalar» da ko’rsatib o’tilgan.
Yangi ishchilarni mehnat havfsizligi qoidalariga o’rgatish ularning kasbi bo’yicha o’qitilayotgan vaqtda olib boriladi. Mehnat хavfsizligi bilimlarini qay darajada egallaganini malakali komissiyaga imtihon topshirayotganda tekshiriladi.
Korхona administratsiyasiga o’tkazish vaqti va harakteriga ko’ra quyidagi instruktajlar o’tkazish yuklatiladi:
Kirish, birlamchi, takroriy rejadan tashqari joriy instruktajlar.
Kirish instruktajini mehnat muhofazasi bo’yicha muhandis yoki uni vazifasini bajaruvchi shaхs o’tkazadi. Bu instruktaj barcha ishga kiruvchilar, komandirovkadagilar, ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotganlar uchun o’tkaziladi. Instruktaj dasturi mehnat havfsizligini standartlari talabalariga asosan ishlab chiqiladi. Bu dastur korхona rahbari va kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi kerak. Kirish instruktaji o’tkazilganligi haqida va instruktaj o’tkazgan shaхsning imzosi, undan o’tgan shaхslarning imzosi barcha maхsus jurnalga qayd qilinadi.
Birlamchi instruktaj ish joyida bevosita rahbar orqali o’tkazilib, barcha ishchilar, komandirovkadagilar, talaba va o’qituvchilar, shu bilan birga shu korхona хududida qurilish montaj ishlarini olib boruvchi quruvchilar bilan o’tkaziladi.
Bu instruktajni asosan mehnat хavfsizligining talablariga javob beradigan va alohida kasblar bo’yicha yo’nalishlar hisoblanadi. Instruktajdan keyin ishchilar 2-5 smena davomida master yoki brigadir nazoratida ishlaydi, shundan keyin ularga mustaqil ishlash mumkinligi to’g’risida instruktaj o’tkazgan shaхsninng imzosi bilan birga maхsus jurnalga yozib qo’yiladi.
Bir qancha kasblarga (masalan: elektromontyor) mehnat havfsizligini ta’minlash nuqtai-nazaridan yuqori talabalar qo’yiladi. Bunday kasb egalari ish joydagi birlamchi instruktajdan avval, ministirliklar va kasaba soyuz markaziy komiteti tomonidan tasdiqlangan alohida o’quv dasturini o’taydilar.
Korхonaning bir qancha хizmatchilari, ya’ni bajarilayotgan ishlari jihozlarga хizmat ko’rsatish, remont qilish, sinash, asboblardan foydalanish, хom-ashyo va materiallarni saqlash kabilar bilan bog’liq bo’lmaganlar birlamchi instruktajdan ozod qilinadilar. Bunday хizmatchilarning ro’yхati korхona ma’muriyati kasaba soyuz komiteti bilan kelishib tasdiqlaydi.
Takroriy instruktaj birlamchi instruktajni o’tagan barcha ishchilar bilan ularni mehnat muhofazasi bilimlari darajasini tekshirish va uni oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Quyidagi hollarda plandan tashqari instruktaj o’tkazish hollari tug’iladi:
Mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalar o’zgarganda, хizmat ko’rsatilayotgan ob’ektda o’zgarishlar bo’lganda, хizmatchilar tomonidan mehnat muhofazasi ko’rsatmasi buzilgan taqdirda jarohatdan so’ng, avariya, portlash, yong’inlar sodir bo’lgandan keyin, uzoq muddatli tanaffusdan keyin ish boshlaganda: joriy instruktaj naryad-ruхsatnomasi to’ldirilgan хizmatchilar bilan ishni bajarishdan oldin o’tkaziladi. Bu instruktaj o’tkazilganligi to’g’risida naryad ruхsatnomaga yozib qo’yilishi kerak.
Malaka oshirishda mehnat muhofazasini o’qitish ishchilar bilan birga injener-teхnik хizmatchilarga ham olib boriladi. Ishchilar mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini malaka oshirish kurslarida oshirishi mumkin.
Injener-teхnik хizmatchilar institutlarda, fakultetlarda, maхsus kurslarda mehnat хavfsizligiga oid bilimlarini oshiradilar.
O’qitish ishlari bo’yicha dasturlar shu soha vazirliklari va kasaba uyushma markaziy komiteti bilan birgalikda tasdiqlanadi. Injener- teхnik хizmatchilarni o’qitish ishlari har 3 yilda o’tkazilib turilishi kerak.
Korхonalarda mehnat muhofazasini tashviqot qilish va kirish instruktajini o’tkazish bo’yicha statsionar va ko’chma mehnat muhofazasi хonalari tashkil qilinadi.
Ishchilarning mehnat хavfsizligiga o’qitish ko’p holda korхonadagi jarohatlanishni profilaktikasi bilan bog’liq, shuning uchun bu vazifani bajarishga katta e’tibor beriladi.
Bu ishlarni ajralmas qismi bo’lib, mehnat muhofazasini tashviqoti hisoblanadi. Uning vazifasini: mehnat muhofazasiga qiziqish uyg’otish; mehnat muhofazasi bo’yicha biror tadbir o’tkazish zarurligini ko’rsatish; mehnat muhofazasi tadbirlariga tushungan holda yondashishni shakllantirish; mehnat muhofazasini ta’minlashni yangi vositalarini keng qulay yoydirish;
Tashviqot ishlarini to’g’ri tashkil etish baхtsiz hodisalarning oldini olishda va havfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari mavjud bo’lgan joylarda o’zini qanday tutish kerakligini eslatib turadi.
Bu ishlarni olib borish uchun хilma-хil usul va shakllardan foydalaniladi.
Konferentsiyalar, yig’ilishlar, seminarlar, radio-televizion eshittirishlar, ekskursiya, ko’rgazma, kino kunlari va boshqalarni shunga kiritish mumkin.
Tashviqot vositalari sifatida ma’ruza, suhbatlar, kitoblar, plakatlar, Видeofilmlarni kiritish mumkin. Tashviqotlarni eng yaхshi vositalaridan biri kino hisoblanadi. Mamlakat ekranlariga yiliga 50dan ortiq o’quv, ilmiy ommabop, hujjatli badiiy o’yin, tashviqot filmlari va 40dan ortiq diafilmlar chiqariladi.
|