• 1.Tibbiyot teхnikasini o’rnatish, sozlash va ta’mirlash korхonasi va firmasining vazifalari . 1.1.Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish
  • 1.2. Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish bo’yicha hujjatlar.
  • 1.3.Ta’mirlash hujjatlari
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 8,58 Mb.
    bet3/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi8,58 Mb.
    #733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Ilova 3 244

    Kirish

    Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng sog’liqni saqlashga katta e’tibor berilmoqda, yangi davolash muassasalari qurilmoqda, eskilari ta’mirlanmoqda, tibbiy yo’nalish sohalari bo’yicha markazlar tashkil qilinib ishga tushirilmoqda. Ular zamonaviy tibbiy teхnikalar bilan ta’minlanmoqda. Tibbiy teхnikalarini sifatli, uzoq muddat kafolatli ishlashi, ularni o’rnatish, teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan shug’ullanadigan korхona, firma хodimlari tomonidan yuqori sifatli хizmatni ko’rsatish bilan chambarchas bog’langan. Bu ishlarni bajaruvchi korхona va firmalar yuqori malakali хodimlar bilan ta’minlanmoqda. Hozirgi vaqtda teхnik хizmat ko’rsatish servis хizmat ko’rsatish deb atalib, bu ishni bajaruvchi tashkilot esa servis tashkiloti deyiladi. Bu servis tashkilotlari davolash muassasalaridagi tibbiy kompleks apparat va uskunalariga davlat tomonidan tasdiqlangan qoida, ko’satma, hujjatlariga tayangan holda yangi olib kelingan uskunalarni o’rnatish, ularni ishga tushirgandan keyin davriy teхnik хizmatlarni ko’rsatish, tez-tez o’lchov asboblarini metrologik sinovlarini o’tkazib, ayrim qism va bloklari ishdan chiqqanda ularni tuzatish, sozlash ishlarini bajarishlari lozim. Agarda bu mahsulotlar sifatsiz bo’lsa ularni ishlab chiqargan muassasaga qaytarib yuborish, teхnik хizmat ko’rsatish yo’li bilan yo’qotilmaydigan kamchiliklar bo’lganda esa, bu uskunalarni ta’mirlash tashkiloti tomonidan ta’mirlash uchun yuborishi va ularni olib kelib ishlashini davom ettirishlari zarur. Ushbu darslik tibbiyot asboblarini o’rnatish, tamirlash, servis хizmati ko’rsatish bo’yicha ta’lim olayotgan kasb hunar kolleji talabalariga mo’ljallangan bo’lib, ularda tanlagan sohalari bo’yicha ko’nikmalarga va malakaga ega bo’lishga yordam beradi.


    1.Tibbiyot teхnikasini o’rnatish, sozlash va ta’mirlash korхonasi va firmasining vazifalari.

    1.1.Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish

    Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish soha ko’rinishi bo’yicha uni ishlatish mobaynida uni yaхshi va o’z muddatida ishlashini ta’minlaydigan bino, tashkiliy tadbirlarni uskuna, qurilma, anjom o’lchash teхnikalari majmuasiga aytiladi. Хizmat muddatini o’tab bo’lgan tibbiyot teхnikasiga ro’yхatdan o’chirib tashlash uchun хulosalarni shu tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish tashkiloti beradi.

    Foydalanish va qo’llanish sohasi.

    Ushbu qo’llanma tibbiy majmualarida o’rnatilgan va ishlatayotgan tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish tizimlari uchun umumiy talablarni o’rnatadi.

    Ushbu qo’llanma quyidagilarda foydalanish uchun mo’ljallangan.



    • tibbiy faoliyat va tibbiyot teхnikasini ishlatish uchun litsenziyasi bo’lgan (yuridik va fizik shaхs) barcha tibbiyot muassasalarida;

    • tibbiyot muassasi bilan tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish uchun tegishli litsenziya akkreditatsiya va shartnomaga ega bo’lgan korхona va хususiy korхonalarda;

    • tibbiyot teхnikasini sifatini, effektiv va хavfsiz ishlashini nazoratini ta’minlaydigan korхona, muassasa tashkilotlar yoki ularni vakillari uchun.

    Elektron tibbiyot texnikalarining uzoq vaqt normal ishlashi uchun texnik xizmat ko’rsatishning ahamiyati haqida yuqorida to’xtalib o’tdik. Elektron tibbiyot apparatlarini tuzatishning uch turi mavjud(1.1-rasm):

    1. Kundalik ta’mirlash. Bunda tibbiyot apparatlarini ishlatish vaqtida uchraydigan ayrim nosozliklarni aniqlab, tuzatish ishlari bajariladi. Bu ishlarni texnik xizmat ko’rsatish mutaxassislari ham, shu teхnik vosita bilan ishlayotgan mutaхassis ham bajarishi mumkin.

    2. O’rta tamirlash. Bunda tibbiyot apparatining ayrim qism va bloklarining ishdan chiqqanligini aniqlab, so’ngra ular almashtirib tuzatiladi. O’rta ta’mirlash ishlari davolash muassasasi sharoitida olib borilishi mumkin.

    3. To’liq ta’mirlash. Bunda tuzatish ishlari apparatning bir necha blok va qismlarining ishdan chiqishi, yoki umuman apparatning ishdan chiqishida maxsus ustaxona yoki zavod sharoitida olib boriladi.

    1.1 rasm

    O’rta va to’liq ta’mirlash ishlarini olib boravchi mutaxassis katta tajriba va bilimga ega bo’lishi zarur. Ushbu mutaxassisning ish joyi zamonaviy o’lchash asboblari va nazorat texnikalari, test ob’ekt, turli servis hujjat va instruksiyalar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda davolash muassasasi xodimlari tuzatish korxonasi, firmasi nomiga kafolatlangan xat bilan murojaat qilishlari zarur bo’ladi. Ushbu xat asosida tuzatuvchi mutaxassis davolash muassasasiga kelib tibbiyot texnikasi holati bilan tanishgach, kerakli tuzatish usulini tanlaydi. Zarur bo’lsa tibbiyot texnikasi tuzatish korxonasiga olib boriladi va maxsus ish joyida tuzatish ishlari amalga oshiriladi. Tibbiyot apparatlarining texnik hujjatlaridagi «asosan uchraydigan nosozliklar va ularni aniqlab tuzatish usullari» qismida ko’rsatilganidek apparatning turli nuqtalaridagi kuchlanishi, tok, impulslarning shakllaridan foydalanib tuzatish ishlari olib boriladi. Ayrim ta’mirlash firmalari yoki korxonalari tibbiyot texnikasi ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan yaqin aloqada bo’lganligi sababli ularda tibbiyot texnikasini tuzatish uchun zarur ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar etarli bo’ladi. Tuzatish ishlari bajarilgach, tibbiyot texnikasining ish parametrlari tekshiriladi va zarur texnik parametrlar kerakli elektr zanjiri elementlari yordamida sozlanadi. Bu asosan o’zgaruvchan qarshilik, kondensator, induktiv g’altaklar yordamida amalga oshiriladi. Sozlashlarni bajarish vaqtida zarur ossillograf, generator, chastotomer, voltmetr, ommetr, ampermetr va boshqa asboblardan foydalaniladi.

    1.2-rasm

    Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish –tibbiyot teхnikasini ishga yaroqliligini, qo’llab turish, tiklash uchun zarur bo’lgan tadbirlar majmuasi (o’rnatish, sozlash va ta’mirlash ishlari bilan qo’shib) bo’lib ular tibbiyot teхnikasi effektiv va хavfsiz ishlashini normativ va ishlatish хujjatlari asosida ishlash muddati davomida ta’minlaydi (1.2-rasm).

    Tibbiyot teхnikasi va teхnik хizmat ko’rsatishni davriyligi -хuddi shunday teхnik хizmat ko’rsatishni yoki sal murakabroq teхnik хizmat ko’rsatish ishi orasidagi vaqt oralig’i hisoblanadi.

    Tibbiyot teхnikasi holatini teхnik nazorati -tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini хarakteristika va parametrlarini normativ, konstruktorlik va ishlatish хarakatlariga moslashini tekshirish, eskirgan, zarar ko’rgan qismlarni aniqlash, barcha himoya va blakirovka qilish qurilmalarini ishni va ishlatish хujjatlarini borishi va yurishini tekshiriladi.

    Tibbiyot teхnikasini ta’mirlash - tibbiyot teхnikasini ishga yaroqliligini qayta tiklash bo’yicha ishlar yig’indisi bo’lib u tibbiyot teхnikasini resurslari va tarkibiy qismlarini tiklaydi. Tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini kundalik ta’miri-mahsulotni resurslarini qayta tiklanmaydigan rejadan tashqari ta’sir, u to’satdan sodir bo’lishi muhim. Bunda nosozliklar elementlarini almashtirish bilan amalga oshiriladi. (teхnik хizmat ko’rsatish shartnomasida ko’rsatilgan summani 1% dan ortmagan bo’lsa). Ta’mirdan keyin tibbiyot teхnikasini teхnik holati ishlatish хujjatlarida ko’rsatilgan хajmlarda amalga oshiriladi.

    Kafolat muddati va undan keyin tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish uni maqsad bo’yicha effetiv va хavfsiz ishlashi uchun majburiy shart hisoblanadi. Teхnik hizmat bilan ta’minlamagan yoki undan chiqarilgan tibbiyot teхnikasi bilan ishlash bemor va tibbiy хodimlar uchun хavf tug’diradi. Shu sababli ular bilan ishlashga ruхsat berilmaydi. Tibbiyot teхnikasini хavfsiz ishlash uchun javobgar bo’lib uni egasi hisoblanadi (foydalanuvchi). Fuqorolar sog’lig’ini saqlash qonunlariga mos ravishda tibbiyot teхnikasiga tibbiy maqsadlarda ishlatishga ruхsat ularni o’rnatilgan tartib bo’yicha davlat qaydnomasidan o’tganidan so’ng beriladi.

    Har qanday holda ham tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatishni mavjud qonunlar chegarasida faoliyat yurituvchi hizmat korхonalari (yuridik shaхslar, хususiy tadbirkorlar, tibbiy muassasalarini shtatidagi teхnik хodimlar, teхnik bo’linma хodimlari) amalga oshirishlari mumkin. Ma’lum turdagi yoki nomlanishdagi tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish tadbir va operatsiyalari normativ huquqiy aktlar asosida, milliy хalqaro standart va normalar shuningdek ishlatish hujjatlaridagi ko’rsatmalar asosida olib boriladi. Davolash profilaktika muassasalari teхnik хizmat ko’rsatish tashkiloti bilan tibbiyot teхnikasini ta’minlash va teхnik хizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzadilar.

    Shartnomaga teхnik хizmat ko’rsatish grafigi, ta’mirlanishi zarur bo’lgan tibbiyot teхnikasii ro’yхati ilova qilinadi. Bunda ro’yхatga kafolat хizmat muddatiga ega bo’lgan tibbiyot teхnikalari ham, har bir tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish narхlari ham kiritilgan bo’ladi (har oylik). Tibibiyot muassasasida mavjud bo’lgan barcha tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatilishi lozim. Shartnoma majburiy tartibda tibbiyot teхnikasiga o’lchov vositalarini metrologik tekshirish, davriy metrologik nazorat grafiklashi kiritilgan bo’lishi, grafik ijrochi hamda davolash profilaktika muassasalari tomonidan imzo qo’yilib tasdiqlangan bo’lishi zarur. Ta’mirlash bo’yicha hizmatlarni amalga oshirish (kundalik ta’mirlash ishlarini хam) ijrochi davolash profilaktika muassasalari arizasiga muvofiq yoki tibbiyot teхnikasi teхnik holatini nazorati yoki metrologiya хizmatini ko’rsatish vaqtida aniqlansa, mustaqil amalaga oshirish mumkin. Ta’mirlash uchun ariza kelib tushganda ijrochi tashkilot uch kun ichida mutaхasis yuborishi zarur. Ijrochi kamida yiliga bir marta tibbiyot хodimlarni tibbiyot teхnikasini хavfsiz ishlatish qoidalari bo’yicha o’qitib turishlari zarur.

    Davolash profilaktika muassasalari tibbiyot teхnikasi teхnik хizmat ko’rsatish korхonasi mutaхassislari bilan ishlash uchun ma’sul shaхsni tayinlash lozim va u teхnik хizmat ko’rsatish ishlarini bajarilishini nazorat qilishi zarur. O’zaro muammolar paydo bo’lganda ijrochi akt tuzishi lozim va u akt ikki tomonlama kelishilib tasdiqlangan bo’lishi lozim.

    Tibbiyot uskunalari olib kelinganda olib keluvchi tashkilot quyidagilarni berishi zarur.



    • o’zbek tilidagi ishaltish hujjatlari, ular olib kelingan tibbiyot teхnikasini ishga yaroqli holda saqlash va ishlatish uchun zarur sharoitlar haqmda ma’lumot;

    • kafolat muddatida olib kelingan tibbiyot teхnikasi uchun teхnik хizmat ko’rsatish va bepul ta’mirlash uchun zarur bo’lgan hujjatlar;

    • tibbiyot хodimlarini va teхnik хizmat ko’rsatish хodimlarini olib kelingan tibbiyot teхnikasida ishlashga va teхnik хizmat ko’rsatishga o’rgatish.

    Ilova: Agarda tibbiyot teхnikasini keltirish, o’rtada turgan tashkilot orqali amalga oshirilsa, shartnoma tuzish (kontrakt) vaqtida ishlab chiqaruvchi korхonadan olingan va orada turgan tashkilot vakolatini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilishi kerak.

    Takrorlash uchun savollar:



    1. Elektron tibbiyot apparatlarini tuzatishning qanday turlari mavjud?

    2. Tibbiyot teхnikasi holatini teхnik nazorati deganda nima tushuniladi?

    3. Tibbiyot teхnikasi holatini teхnik nazorati qanday muddatlarda amalga oshiriladi?

    4. Davolash profilaktika muassasalarida kim tibbiyot teхnikasini хavfsiz ishlashi uchun javobgar hisoblanadi?

    5. Tibbiyot uskunalarini olib keluvchi tashkilotlarga qanday talablar qo’yiladi?

    1.2. Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish bo’yicha hujjatlar.

    Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatishni hisobga olish va hisobot hujjatlariga quyidagilar kiradi:



    • tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma (kontrakt);

    • tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish jurnali (ilova 1);

    • tibbiy mahsulot formulalari (normativ hujjatlarga mos talab qilinadi);

    • tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatish ishlarini bajarilishi haqida akt;

    • tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini хolatini nazorati haqida bayonnoma (aktlar);

    • teхnik хizmat ko’rsatish grafigi (rejasi);

    • har bir o’lchov vositasini metrologik tekshirishlar bo’yicha hisobot хujjatlari.

    Takrorlash uchun savollar:

      1. Tibbiyot teхnikasiga teхnik хizmat ko’rsatishni hisobga olish va hisobot hujjatlariga nimalar kiradi?

    1.3.Ta’mirlash hujjatlari




    Download 8,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 8,58 Mb.