Reja: Taqdimot dasturlari




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.02.2024
Hajmi0,56 Mb.
#158746
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza



6-mavzu. Taqdimotlarni ishlab chiqishning instrumental vositalari. 
REJA: 
1.
Taqdimot dasturlari. 
2.
Power Point 2013 dasturi. 
3.
MS Power Point 2013 dasturida taqdimotlarni tayyorlash strukturasi. 
 
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda, reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. 
Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. 
Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi. 
Taqdimotlarni yaratish va tayyorlash uchun ko’pgina amaliy dasturlar mavjud. 
Ularga misol sifatida bazibir amaliy dasturlar nomlarini keltirib o’tamiz: 
1. 
Microsoft Power Point; 
2. 
Apple Keynote; 
3. 
Google Prezentatsiya; 
4. 
Prezi; 
5. 
Haiku Deck; 
6. 
Slides; 
7. 
SlideDog; 
8. 
Projeqt; 
9. 
Flowboard. 


Statistik ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi vaqtda Microsoft Office dasturlari paketi tarkibiga kiruvchi, 
Microsoft Power Point dasturidan, bir sekundda 350 kishi va dunyo aholisining 95 % (foizi) 
foydalanar ekan. Ushbu foydalanuvchilar tarkibiga, o’qituvchilar, bank hodimlari, o’z maxsulotini 
reklama qiluvchi biznesmenlar va boshqalar kiradi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, biz, Microsoft Power Point 2013 dasturi haqida ma’lumotlar, 
prezentatsiya tushunchasi uning imkoniyatlari va unda prezentatsiya tayyorlashni ushbu 
mavzuimizda yoritib o’tmoqchimiz. Reklama prezentastiyasini yaratish bu, ko’p vaqtni talab 
qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va 
universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik 
axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli prezentastiyalar yaratish 
imkonini beradi. 
Prezentastiya (taqdimot) larni tayyorlash natijasida: 
✓ 
qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat; 
✓ 
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar; 
✓ 
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar; 
✓ 
cho’ntak daftarchasi; 
✓ 
elektron prezentastiyalarni olish mumkin. 
Microsoft Power Point dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo 
prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o’rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu 


dasturga yangi qo’shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qo’llashning yangi effektiv usullari ishlab 
chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi hoh u yangi ish 
boshlovchi bo’lsin, hoh tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni 
yuqori darajada baholaydi. 
Misrosoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy 
dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va 
boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. 
Power Point dasturi Misrosoft firmasining prezentastiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) 
bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha 
ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham foydalanish 
mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish 
etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu 
- slayd va prezentatsiya tushunchalaridir. 
Slayd - ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad 
bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. 
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani, kompyuter ekranida, videomonitorda, 
katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish 

slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jixozlash demakdir. 
Prezentastiya (ingliz tilidan olingan bo’lib “taqdimot qilish” degan ma’noni anglatadi.) 
Prezentatsiya (taqdimot) – ma’ruza, biznez reja va hokazolar bo’lishi mumkin. 


Har bir prezentastiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin. 
Prezentastiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun 
beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida 
paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni 
keyinchalik o’z hohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin. 
Prezintatsiya (taqdimot) larning ko’rinishlari; 
➢ 
Katta auditoriyalarga mo’ljallangan, aniq bir ssenariyaga asoslangan taqdimotlar; 
➢ 
Foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan interaktiv taqdimotlar; 
➢ 
Doimiy ravishda harakatlanib turuvchi taqdimotlar; 
➢ 
Savdo va marketing taqdimotlari; 
➢ 
Ta’lim beruvchi taqdimotlar; 
➢ 
Ilmiy –tadqiqot hisobotlari uchun mo’ljallangan taqdimotlar. 
Prezentatsiyalarni taqdim etish, axborot texnologiyasining samaradorligini ko’p jihatdan taqdim 
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hokazolarga bog’liq ekanligini ham 
unutmaslik lozim. 
MS Power Point 2013 dasturini ishga tushirishni 2 xil usulda amalga oshirish mumkin. 
1. 
Bu dasturni ishga tushirishni, Windows operatsion tizimining “Пуск” → “Все 
Программы” → “Microsoft Office 2013” → “Power Point 2013” va enter tugmasini bosish bilan 
amalga oshiriladi. 


2. 
Windows operatsion tizimining “Рабочий стол” (ish stoli) da sichqonchaning o’ng 
tugmasi bosiladi va “Создать” → “ Презентация Microsoft Power Point” yorlig’i ustiga kelib bir 
marta sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. 
Shunday qilib, MS Power Point 2013 dasturi yorlig’i (logotipi) windowsning ishchi stolida hosil 
bo’ladi. 

Download 0,56 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish