7.15 Ayrim radioizotop terapiyasi va diagnostikasi teхnikalarining vazifalari hamda asosiy teхnik imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda radioizotop diagnostikasida zamonaviy emission kompyuter tomograf (EKT)lari, gamma diagnostik texnikalari ishlatilmoqda.
Shulardan biri «Testoskan» markali EKT bosh miyani kichik energiyali radioizotoplar yordamida tekshirishga mo’ljallangan bo’lib, ilmiy tekshirish muassasalarida va katta klinikalarda ishlatib kelinmoqda. U quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:
Tekshirilayotgan obekt diametri - - 240 mm.
Detektorlar soni — 8 ta.
Proeksiyalar soni -- 120 ta.
90° burchak ostida surilib-surilib harakatlanadi.
Teskari proeksiyali filtratsiya usuli bilan tasvirni qayta tiklaydi.
Matritsasining o’lchami — 64x64.
Radioizotoplarning energiya diapazoni 100+200 kEV gacha, detektorlarning energetik echimi Ts 99 m bo’yicha 15 %dan kam emas.
Tekislik va tomografik echimi 25 mm dan kam emas.
«Testoskan» tarkibiga detektorlar va harakatlantiruvchi mexanizmlar va ularning ishini boshqaruv bloki, ko’p kanalli amplitudali selektor, EHM bilan bog’lanish qurilmasi, manba bloki, bemorni joylashtirish qurilmasi va hisoblash kompleksi kiradi. Hisoblash kompleksi quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturlar bilan ta’minlanadi:
-
tekshirish xarakteri va bemor to’g’risida axborotni qabul qilish
hamda saqlashni amalga oshiruvchi;
-
pozitsiyalar haqida ma’lumotni qabul qilish, yig’ish va qayta
ishlashni amalga oshiruvchi;
-
10 daqiqadan ko’p bo’lmagan vaqtda bir o’lchamli proeksiya-
lardan ikki o’lchamli proeksiyalarni qayta tiklashni amalga oshiruvchi;
-
ularni ko’rinuvchi qilish va uzoq vaqtga saqlash;
-
operator bilan muloqot va kompleksning ishlashi nazoratini amalga oshiruvchi dasturlar bilan ta’minlanadi.
Gollandiyaning «PHILIPS» firmasi turli maqsad va vazifalarga mo’ljallangan «Emission» kompyuter tomograflarini, masalan, SL 25, SL 75—5 (7.24- rasm)larni ishlab chiqaradi.
7.24- rasm Gollandiyaning «PHILIPC» firmacining CL 75—5 «Emiccion» kompyuter tomografi
Bu emission kompyuter tomograflarda chiziqli tezlatgich yordamida hosil qilingan nurlanish yordamida davolash o’tkaziladi, ularning texnik imkoniyatlari talabga javob beradi. Masalan, SL 75—5 EKT 100 sm fokus masofasidan turib, turli burchak va proeksiyalar ostida bemorlarni davolash imkoniyatiga ega.
«DIAGNOST C» markali gamma-kamerali tomograf (7.25- rasm) bosh miya, ko’krak qafasi a’zolarini tekshirishga mo’ljallangan bo’lib, 400 kEv gacha energiyaga ega bo’lgan gamma nurlanishlarni qayd etuvchi sistema bilan ta’minlangan, shuningdek, 40 sm li diametrga ega bo’lgan detektorida 61 ta fotoelektron kuchaytirgich ishlatilgan.
7.25- rasm «DIAGNOST C» markali gamma-kamerali tomograf
Tadqiqotlarni olib borishda detektor sistemasi tekshirish uchun qulay proeksiyalarga keltirilishi lozim. Boshqaruv pultida 2 ta displeyi bo’lib, ular zarur tasvir va axborotlarni ko’rish imkonini beradi. «PHILIPS» firmasining gamma-kamerali tomograflari BASIC, FORTRAN, NFS MACROS dasturlarida ishlaydigan EHM sistemalari, shuningdek, maxsus PROSESSOR 873 markali gamma-prosessorlar bilan ta’minlangan. Quyida eng zamonaviy gamma-tomografik kameralarning texnik imkoniyatlari bilan tanishamiz. Bu jadvalda Rossiyaning «OFEKT—1», «Siemens» firmasining E.SAM, Vengriyaning «Medisor» firmasining «Nucline Х- Ring/HR» va AQShning «Picker» firmasining PRISM/1000 ХP gamma-kameralari imkoniyatlari keltirilgan.
«OFEKT—1» tomografi yadro tibbiyotida qo’llaniladigan hamma tekshirish usullarini bajara oladi:
-
«Statika» rejimida bir va ko’p kadrlar statik tekshirishlarni: Gensossintigrafiya, nefrossintigrafiya, tireossintigrafiya, mammossinte-grafiya va boshqalar.
-
«Dinamika» rejimida dinamik rekossintirafiya, gapotobilissin-tigrafiya, ensefaloangiossintigrafiya va boshqa usullarni tekshirish.
-
«Sikliy dinamika» rejimida kardiossintigrafiya, tenglashtirilgan ventri kulografiya va boshqalarni.
-
«Butun tana» rejimida detektor turli holatlarda o’rnatilishi mumkin, bunda osteossintigrofiya, yumshoq to’qimalarni tekshirish mumkin.
-
«Tomografiya» rejimida bosh miya, jigar, buyrak va boshqa a’zolarni frontal, sigittal, koronol ko’ndalang kesimlarda tekshirish mumkin.
«OFEKT—1» tomografi EHMning dasturiy ta’minoti zamonaviy talablarga javob beradi va Intel х 86 markali personal kompyuter bilan ishlashga mo’ljallangan. Bu personal kompyuter « Windows 9x» operatsion sistema bilan boshqariladi. Bu sistema ikkita dastur paketiga ega. Ular POANTICS nomli axborot yig’uvchi va POSPECTW nomli natijalarni tahlil qilib, shakllantirib ko’rsatishni amalga oshiruvchi paketlar.
Takrorlash uchun savollar:
-
«Testoskan» markali EKT qanday teхnik imkoniyatlarga ega?
-
«Testoskan»ning hisoblash kompleksi dasturi qanday imkoniyatlarga ega?
-
«OFEKT—1» tomografi yadro tibbiyotida qo’llaniladigan qanday tekshirish usullarini bajara oladi?
|