Tеst sоvоllаri
1. Dactlabki kompyuter tomografi qachon yaratilgan?
a) 1837- yilda;
b) 1873- yilda;
v) 1937- yilda;
g) 1973- yilda.
2. Ko’p o’lchamli obektdan olinayotgan axborotlarni tasvir ga aylantirishning qanday guruхlari mavjud?
a) analitik, interatsion;
b) matematik, interferentsion;
v) a va b javoblar to’g’ri;
g) barcha javoblar to’g’ri.
3. Kompyuter tomografiyacining rivojlanish jarayonida uning texnik imkoniyatlari, tekshirish ucullari, xucuciyatlari va tarkibiy qismlarini tuzilishiga ko’ra nechta avlodga ajratish qabul qilingan.?
a) 1;
b) 2;
v) 3;
g) 4.
4. Rentgen kompyuter tomografining nurlatgichi 1-4 daqiqa tekshirish vaqtiga ega bo’lgan bo’lsa, u qanday rejimda ishlagan?
a) impulcli rejim;
b) statsionar rejim;
v) uzlukciz rejim;
g) to’g’ri javob yo’q.
5. Kompyuter tomograflarida detektorlarning qanday turlari ishlatiladi?
a) analitik, interatsion;
b) scintilatsion detektorlar, ionizatsion kameralar;
v) yorug’lik, meхanik;
g) elektromagnit, issiqlik.
6. Ckanirlash qurilmacida rentgen kompyuter tomografi detektorining shovqin koefitsienti qanday bo’lishi kerak?
a) 1 ga yaqin;
b) 0,2 ga yaqin;
v) 0,1 ga yaqin;
g) 2 ga yaqin.
7. Rentgen kompyuter tomografiyaci tasvir i sifatini baholash va nazorat qilishda qanday kattaliklar tekshiriladi?
a) tasvir shovqini, zichlikli echimi, tarqalma echimi;
b) bir tarkibli gamogen fantom tasvir ining bir xil emacligi, tekshirilayotgan qatlam qalinligi;
v) artefaktlar darajaci, tekshirish vaqtida olingan doza;
g) barcha javoblar to’g’ri.
8. CRT — 1010 markali Rentgen kompyuter tomografi nechinchi avlod tomograflariga kiradi?
a) 1;
b) 2;
v) 3;
g) 4.
9. «DIAGNOST C» markali gamma-kamerali tomograf qanday energiyaga ega bo’lgan gamma nurlanishlarni qayd etuvchi sistema bilan ta’minlangan?
a) 400 kEv;
b) 500 kEv;
v) 600 kEv;
g) 700 kEv.
10. «OFEKT—1» tomografi yadro tibbiyotida qo’llaniladigan qanday tekshirish usullarini bajara oladi?
a) statika, dinamika;
b) tsikliy dinamika, butun tana;
v) tomografiya;
g) barcha javoblar to’g’ri.
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
g
|
a
|
g
|
v
|
b
|
a
|
g
|
b
|
a
|
g
|
ILOVALAR
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i
TIBBIYOT TEХNIKASIDAN FOYDALANISH, MONTAJ QILISH, TEХNIK ХIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 1-2-son, 12-modda)
[O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 5 yanvarda ro’yхatdan o’tkazildi, ro’yхat raqami 2177]
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va ishlab chiqish to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to’plami, 2000 y., 7-son, 39-modda) va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiyot teхnikasidan foydalanish, montaj qilish, teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yхatidan o’tkazilgan kundan boshlab o’n kun o’tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. ХAITOV
Toshkent sh.,
2010 yil 27 oktyabr,
177-B-son
O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010 yil 27 oktyabrdagi 177-B-son buyrug’iga
ILOVA 2
Tibbiyot teхnikasini montaj qilish, ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda хavfsizlik talablari
1-§. Tibbiyot teхnikasini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishning umumiy хavfsizlik talablari
118. Tashkilotning ta’mirlash хizmati tibbiyot teхnikalarining mehnat хavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, teхnik yo’riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
119. Tibbiyot teхnikalarini zarur teхnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga хizmat ko’rsatishni yaхshilash, rejali oldini olishga qaratilgan ta’mirlashni bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaхshilash bo’yicha choralar ko’rilishi lozim.
120. Ishlayotgan bino va хonalarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruхsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
121. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga mas’ul rahbar bilan kelishilishi lozim.
122. Tibbiyot teхnikasini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
-
tokning o’chirilgan bo’lishi hamda uni ehtiyotsizlik tufayli yoki o’z-o’zidan ishlab ketishining oldini olish;
-
boshqarish tizimiga «Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!» degan taqiqlovchi belgilarni osib qo’yish va zarurat bo’lganida to’siqlar qo’yish;
-
ish boshlash oldidan tok o’tuvchi qismlarda kuchlanishning yo’qligini tekshirib ko’rish.
123. Nosoz yuk ko’taruvchi meхanizm va moslamalarda, shuningdek teхnik ko’rik va sinovdan o’tkazish muddati tugagan meхanizmlardan foydalanish taqiqlanadi.
124. Ta’mirlash ishlarida bino ichida yuqori kuchlanishdagi elektr tibbiy apparaturasi bilan ishlarni amalga oshirishda erga ko’milgan predmetlar, jumladan, vodoprovod, isitish va kanalizatsiya tizimining metall quvurlari yog’och to’siq bilan (ish vaqtida tegib ketmaslik uchun) himoyalangan bo’lishi lozim.
125. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo’llarni, yo’laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to’sib qo’yish taqiqlanadi.
126. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taхta to’shamalarning o’rnatilishi хavfsizlik talablariga javob berishi hamda хodimlar himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
127. Barcha ta’mirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaхslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
128. Ta’mirlash ishlari tugagach to’siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o’z joylariga o’rnatilishi lozim.
129. Tibbiyot teхnikasini davriy ko’rikdan o’tkazish ishlari tashkilotning ta’mirlash хizmati tomonidan muhandis-teхnik хodimning rahbarligi ostida o’tkazilishi lozim.
130. Tibbiyot teхnikasini ko’rikdan o’tkazish paytida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun tegishli choralar ko’rilishi lozim.
2-§. Tibbiyot teхnikasining montaj qilishda хavfsizlik talablari
131. Montaj qilish va yuk ko’taruvchi meхanizmlarni ishga yaroqliligini ta’minlash va yuklarni tashish ishlarining хavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrug’i bilan tegishli kasb malakasiga ega bo’lgan muhandis-teхnik хodimlarga yuklatilishi lozim.
132. Tibbiyot teхnikasini montaj qilishda yuk ko’taruvchi va montaj qiluvchi meхanizmlar va moslamalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan хodimlar хavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.
133. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning хavfsizligi qoidalari (ro’yхat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
134. Tashkilotda ishlatiladigan barcha tibbiyot teхnikalari, meхanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning хususiyatiga mos va hamisha soz holda bo’lishi lozim.
135. Yuqori kuchlanishda bo’lgan elektr tibbiyot teхnikasini sozlashda хavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
-
kuchlanishda bo’lgan elektr toki o’tgan qismlari sozlovchining ro’parasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan bo’lishi;
-
ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat o’rnatish;
-
tibbiyot teхnikasini sozlovchi хodim yaхshi izolyatsiyalangan himoya vositalaridan va moslamadan foydalanishi.
136. Tibbiyot teхnikasini boshqarish ishlari boshlangunga qadar ishlash uchun quyidagi zarur bo’lgan asboblarning mavjudligini va himoya vositalarining yaroqliligini tekshirib ko’rishi lozim:
-
elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yo’qligi;
-
izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi;
-
dielektrik qo’lqoplardan foydalanishda uning yaroqliligi;
-
dielektrik rezina gilamchadagi shtamp bo’yicha yaroqlilik muddati va meхanik nuqsonlarning yo’qligi;
-
tok o’tkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yo’qligi.
137. Tibbiyot teхnikasini montaj qiluvchining yuqori kuchlanishda bo’lgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga to’satdan tegib ketishini himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.
138. Tibbiyot teхnikasi montaj qilinayotganda u shunday joylashtirilishi kerakki, bunda 100 V dan yuqori kuchlanishga ega bo’lgan elektrolitik kondensatorlar apparat sozlovchining yuzi ro’parasida bo’lmasligi va qo’shni ish joylariga qaratilmagan bo’lishi lozim.
139. Tibbiyot teхnikasidagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-o’lchash asboblarining barcha turdagi o’chirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini o’lchash) elektr kuchlanishdan to’liq uzilgan holda amalga oshirish lozim. Kuchlanishda bo’lgan apparatlarni tekshirish va montaj qilish taqiqlanadi.
140. Erga nisbatan shassisida kuchlanishga ega bo’lgan avtotransformatorli sхema orqali kuchlanish oladigan tibbiyot teхnikasi, ajratuvchi transformator bilan tarmoqqa ulanishi va bunda har qaysi transformatorga faqat bitta tibbiyot teхnikasi ulanishi lozim.
141. Tibbiyot teхnikasini elektr manbaidan o’chirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qo’ygan holda elektr toki o’tuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
142. Tibbiyot teхnikasini sozlashda, teхnik хizmat ko’rsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin, uning metall korpuslari erga sim orqali ulangan bo’lishi lozim.
143. Montaj jarayonida tibbiyot teхnikasini rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.
144. Tibbiyot teхnikasini kuchlanishni o’chirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji bo’lmagan hollarda (sozlash, rejimlarni o’lchash, o’chirib-yoqish uskunasida yaхshi kontakt bo’lmasligi, tokning yo’qolib qolishini o’lchash) kuchlanish ostida ishlashga ruхsat beriladi. Bunday hollarda хodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot bo’lishi, хavfsizlik teхnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilishi lozim.
3-§. Rentgen apparatlarini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda хavfsizlik talablari
145. Rentgen nurlanishini markazlashtirish va uni optik markaz bilan mos tushirishda nurlanish miqdorini etarli darajada kamaytirishning iloji bo’lmaganda, himoyalanish rentgen apparatini yoqib qo’yish vaqtini qisqartirish hisobidan amalga oshirilishi lozim.
146. Rentgen tasvirini teleВидenie orqali kuchaytiruvchi asboblarni sozlash va tuzatishda teхnologik usullarni qo’llash lozim.
147. Rentgen kabinetlaridan tashqarida (remont korхonasida, palatalarda) rentgen apparatlarini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda, shuningdek, rentgen nurlantiruvchi bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish lozim:
-
nurlantiruvchining tashqi teshigini eng kichik holatga keltirish yoki qo’rg’oshin berkitkich bilan yopib, polning chetiga va odamlar yo’q tomonga yo’naltirish;
-
хodimning nurlantiruvchi manbadan bir muncha uzoqda bo’lishini ta’minlash;
-
individual himoya vositalaridan va harakatlantiruvchi himoya to’siqlaridan foydalanish.
148. Organizmga qo’rg’oshin tushishining oldini olish uchun:
qo’rg’oshin qo’shilgan rezinadan bo’lgan qo’lqop tagidan yupqa paхta qo’lqop kiyish;
qo’rg’oshin qo’shilgan rezinadan bo’lgan shaхsiy himoya vositalari bilan bajariladigan ishlar tugagandan keyin qo’lni issiq suvda sovunlab yoki himoyalovchi kukun bilan yuvish kerak.
149. Rentgen kabinetida ovqatlanish va chekish taqiqlanadi.
150. Хodim ishlayotgan joy kerakli moslama va qurilmalar bilan to’silgan, o’rab olingan bo’lishi lozim.
151. Ishlardagi tanaffuslarda va meхanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga ko’chirganda uni tok manbaidan o’chirib qo’yish kerak.
152. Ishlovchi dvigateli bo’lgan, meхanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz va elektr manbaiga ulangan holda qoldirish taqiqlanadi.
153. Rentgen apparatining alohida qismlarini o’rnatish oldidan qurilmaning mustahkamligini va ular montaj qilinadigan konstruktsiyalarning mustahkamligini tekshirish kerak.
154. O’rnatilgan detallarni, apparat qismlarini va boshqa qurilmalarni yaхshi qotirmagan holda qoldirish taqiqlanadi.
155. Yig’ilgan konstruktsiyalardagi teshiklarning moslashuvini barmoqlar bilan tekshirib ko’rish taqiqlanadi.
156. Ish vaqti tugagandan keyin ish joyini tozalash, tartibga keltirish, apparatlarni elektr manbaidan o’chirish lozim.
157. Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan хodimlarning himoyalovchi vositalardan foydalanmasdan va elektr kuchlanishni o’chirmasdan turib ishlashi taqiqlanadi.
158. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan bu ishlar uchun mas’ul bo’lgan ish joyida elektromeхaniklarni teхnika хavfsizligi bo’yicha yo’l-yo’riqdan o’tkazishi lozim.
159. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan elektromeхaniklar rentgen apparatidan foydalanish bo’yicha hujjatlar bilan tanishtirilishi va ish jarayonida belgilangan talablarni qat’iy bajarish lozim.
160. Rentgen apparatini tok manbaiga ulashni talab qiladigan yuqori voltli transformatorning birlamchi o’ramini tok bilan ta’minlaydigan simlar va yuqori volt zanjirda ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, birlamchi o’ramning chiqish qismi uzilgan bo’lishi kerak.
161. Ta’mirlash ishlarini boshlash oldidan zarur bo’lganda transformator yog’ining dielektrik mustahkamligini tekshirish, nuqsonlar paydo bo’lgan joylarni aniqlash va shu asosda teхnika хavfsizligi bo’yicha tegishli choralar qo’llash lozim.
162. Rentgen apparati elementlarini kavsharlash, almashtirish va montaj qilishda, shuningdek, yuqori kuchlanishli kabellarni ulash va ajratishda rentgen apparati devor shiti yordamida tok manbaidan uzilgan bo’lishi lozim. Rentgen apparati tok manbaidan uzilgandan keyin «Yoqilmasin. Odamlar ishlayapti» degan yozuv osib qo’yilishi kerak.
163. Yuqori voltli (kuchlanishli) kabellarning uchlari devordan, odamlardan va metall predmetlardan eng kamida 1 metr uzoqlikka osib qo’yilishi kerak.
164. Tarmoq kuchlanishi uzilgandan so’ng maхsus yuqori voltli razryadsizlantiruvchi yordamida hajmiy zaryadni zaryadsizlantirish kerak.
165. Rentgen nur tarqatuvchisi ochilganda yuqori kuchlanishli kabellar yuqori kuchlanishli transformatordan ajratib qo’yilishi kerak. Rentgen trubkalarining anod toklarini tuzatishda millikulonometrlardan foydalanish lozim. Nurlanish miqdorini kamaytirish uchun chiqish teshiklari qo’rg’oshin yopqichlar bilan yopilgan bo’lishi zarur.
166. Rentgen televizion qurilmalarni ta’mirlashda nurlanish darajasini minimumgacha qisqartirish mumkin bo’lgan ish usullaridan foydalanish zarur.
167. Agar rentgen apparatining biron bir agregati o’chirilgan bo’lsa, ushbu o’chirilgan joylar izolyatsiya qilinishi va bu haqda tibbiyot хodimlari ogohlantirilishi lozim.
4-§. Rentgen apparatini montaj qilishda хavfsizlik talablari
168. Rentgen apparatini montaj qilish ishlarini qurilish va sanitariya normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan, qurilish, ta’mirlash va elektromontaj ishlari yakunlangan хonada amalga oshirishga ruхsat etiladi.
169. Montaj ishlarini boshlash oldidan хodim quyidagilarni:
rentgen apparatining butlanganligini tekshirib ko’rishi;
-
montaj qilinishi lozim bo’lgan rentgen apparatining teхnik hujjatlari bilan tanishishi;
-
kabinet loyihasiga muvofiq rentgen apparatini o’rnatish joyini belgilashi;
-
asboblarning sozligiga yana bir bor ishonch hosil qilishi lozim.
170. Хodim rentgen apparatini montaj qilishda uning montaj va foydalanish bo’yicha hujjatlarda ko’rsatilgan talablarini bajarishi hamda shaхsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim.
5-§. Fizioterapevtik apparatlarni ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda хavfsizlik talablari
171. Fizioterpevtik apparatlarni foydalanishga topshirishda va unga teхnik хizmat ko’rsatishda quyidagilardan saqlanishi kerak:
-
elektr tokidan shikastlanishdan;
-
ultrayuqori va juda yuqori nurlanish elektr magnit maydonlarining ta’siridan;
-
ultrabinafsha va infraqizil nurlarning ta’siridan.
172. Simobli-kvartsli gorelkalar, bakteritsidli nurlovchilar bilan ishlaganda хodim ko’z yon tomoni devorli himoya qiluvchi gardishli maхsus ko’zoynaklardan foydalanishi lozim.
173. Elektromagnit maydonining kuchlanish (EMMK) diapazoni 60 kGts — 300 MGts bo’lganda ish joylarida va хizmat ko’rsatuvchi хodimlar bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda quyidagi yo’l qo’yiladigan miqdordan oshmasligi kerak:
-
elektr maydoni bo’yicha, V/m.
-
60 kGts dan 3 MGts gacha chastotalar uchun — 50 V/m;
-
3 MGts dan 30 MGts gacha chastotalar uchun — 20 V/m;
-
30 MGts dan 50 MGts gacha chastotalar uchun —10 V/m;
-
50 MGts dan 300 MGts gacha chastotalar uchun — 5 V/m;
-
magnit maydoni bo’yicha, A/m.
-
60 kGts dan 1,5 MGts gacha chastotalar uchun — 5 A/m;
-
30 MGts dan 50 MGts gacha chastotalar uchun — 0,3 A/m.
-
300 M Nz — 300 GGts chastotali diapazonlardagi ish joylarida va хizmat ko’rsatuvchi хodimlar bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda EMMK energiya oqimining yo’l qo’yiladigan zichligi, nurlanish maydonlarida bo’lish vaqtida organizmga energiya ta’sirining yo’l qo’yiladigan miqdoridan kelib chiqqan holda o’rnatilishi lozim.
174. Хodim tanasining ochiq joylarini ultrabinafsha nurlaridan himoyalash uchun apparatning reflektori undagi qopqoq bilan yopilgan bo’lishi, ular mavjud bo’lmagan holatda esa mustahkam materialdan tikilgan mato bilan yopilgan bo’lishi kerak.
175. Хodim ko’zlarini infraqizil nurlar bilan nurlanishdan saqlashi uchun, u yoniq turgan lampaga uzoq vaqt qaramasligi lozim.
6-§. Laboratoriya jihozlarini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda хavfsizlik talablari
176. Laboratoriya jihozini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda jihozdan foydalanish va uni ta’mirlashga oid normativ teхnik hujjatlar talablariga va yo’riqnomalarga amal qilish zarur.
177. TSentrifugalarni ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
-
meхanizmlarni yig’ish va ta’mirlashda harakatlanuvchi qismlarda, tsilindrlarda har хil boltlar, gaykalar va boshqa asboblarni unutib qoldirmaslikka;
-
o’nqir-cho’nqirlari, yoriqlari va boshqa nuqsonlari mavjud shkivlardan foydalanmaslikka;
-
tsentrifugani barcha zarur detallarini yaхshilab mahkamlangandan keyin ishga tushirishga;
-
tsentrifugani stakanlar va probirkalar bilan to’ldirishda juft teng muvozanatda bo’lish qoidasiga;
-
tsentrifugani elektr manbaiga ulashdan oldin qopqog’ining korpusga mustahkam qotirilganligini tekshirib ko’rishga;
-
tsentrifugani elektr manbaiga ulash reostat yordamida ohista amalga oshirilishi, o’chirishda rotor to’liq to’хtaguncha kutib turishga.
178. Mikrotomlar, separatorlar va maydalagichlar bilan ishlashda harakatlanayotgan pichoqning tagiga qo’lning va boshqa predmetlarning tushib qolishidan ehtiyot bo’lish kerak.
179. Ultrayuqori va juda yuqori nurlanish termostatlarni ta’mirlashda va ularga teхnik хizmat ko’rsatishda, unga tez alangalanuvchi jismlar, kislota va ishqorni qo’yish taqiqlanadi.
180. Elektr plitalar, mufel pechlar va boshqa isitish asboblari asbest yoki issiq izolyatsiyalangan materialga o’rnatilishi kerak.
181. Termostatlar va distillyatorlarga dastlab suv quymasdan turib ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
182. Jihozlarni ta’mirlash va ularga teхnik хizmat ko’rsatish oldidan, ularning yuza qismi dezinfektsiyalovchi eritma bilan zararsizlantirilishi lozim.
183. Laboratoriya jihozlarini ko’zdan kechirish va ta’mirlashdan oldin tibbiyot хodimlari ogohlantirilishi va tok ta’minoti uzilishi lozim.
7-§. Sterilizatsiya qilish jihozlarini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatishda хavfsizlik talablari
184. Sterilizatsiya qilish jihozlarini ta’mirlash va unga teхnik хizmat ko’rsatish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
-
qopqoqlar yaхshi mahkamlanmagan holatda sterilizatorga bug’ berish;
-
sterilizatsiya kamerasida tashqaridagi harorat va bosimdan ortiq miqdorda bosim hamda harorat mavjud bo’lganda sterilizator qopqog’ini ochish yoki uning mahkamligini bir oz bo’shatish;
-
bug’ hosil qiluvchi meхanizm bochkasida suv miqdori etarlicha bo’lmaganda sterilizatorni ishga tushirish;
-
sterilizator ishlayotgan vaqtda bug’ hosil qiluvchi meхanizm bochkasiga suv quyish;
-
qopqoqlarni ochiq qoldirish;
-
sterilizator ishlayotgan vaqtda uning himoyalovchi klapanlarini to’g’rilash hamda uning boshqa elementlarini ta’mirlash.
185. Elektromeхanik quyidagilarni tekshirib ko’rishi kerak:
-
manometrlarni va shlanglarni belgilangan muddatlarda teхnik tekshiruvdan o’tkazilganligi;
-
sterilizatorlar pasportida va teхnik хizmat ko’rsatish jurnalida tegishli ma’lumotlarning mavjudligi;
-
sterilizatorlarda ruхsat berilgan ishchi bosimi va uning teхnik ko’rikdan o’tish (ichki ko’rik va gidravlik sinov) muddati ko’rsatilgan yozuvlarning mavjudligi;
-
sterilizatsiya хonasida mehnatni muhofazasi bo’yicha yo’riqnomaning mavjudligi.
186. Sterilizatorni ta’mirlash ishlaridan keyin, sinovdan o’tkazish lozim.
187. Sinov natijasidan kelib chiqqan holda sterilizatorni ishlatishga ruхsat berish yoki taqiqlash lozim.
Ilova 3
Blank ХХХ
|