• Emission kompyuter tomograflari va ularning asosiy teхnik imkoniyatlari
  • Radiodiagnostik kompleks, Ssintilatsion gamma-kamera va ularning asosiy teхnik parametrlari imkoniyatlari
  • Ayrim YaMR tomograflarining teхnik imkoniyatlari va asosiy qismlarining parametrlari




    Download 8,58 Mb.
    bet69/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi8,58 Mb.
    #733
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
    7.12 Ayrim YaMR tomograflarining teхnik imkoniyatlari va asosiy qismlarining parametrlari

    Hozirgi vaqtda ko’plab YAMR tomograflari ishlab chiqarilmoqda. Moskvadagi «Az» nomli ilmiy ishlab chiqarish firmasi YaMR tomograflarining bir necha xilini ishlab chiqarmoqda, ularda ishlatilgan qurilmalar va boshqa parametrlar quyidagi qiymatlarga ega.

    «Ellips» YAMR tomografining sarf qilish quvvati kichik, «Diamag» YAMRidagi 0,2 Tl magnit maydoni tasvir sifatini yaxshilash imkonini beradi. Hozirgi kunda «Az» firmasi Moskva shahrida «MRT-0» shifoxonasini tashkil qilgan va bemorlarni qabul qilmoqda.

    Хitoyning « ANKO» kompaniyasi ham AQSh bilan qo’shma kompaniya hisoblanib, YAMR tomograflarining ASM—060 S va ASM— 015 markali turlarini ishlab chiqarmoqda va tibbiyot klinikalarini ta’minlamoqda. Bu skanirlash qurilmasida o’ta o’tkazuvchan magnit rezonansi hisobiga tasvir hosil qilinadi. Gollandiyaning «Philips» firmasi ham YAMR tomograflarining GYROSCANTS, GYROSCAN S 15/HP va boshqa turlarini ishlab chiqaradi. Shulardan GYROSCANT 5 YaMR tomografining tashqi ko’rinishi 7.20 - rasmda ko’rsatilgan.

    Bu YAMR tomografidagi kuchli doimiy magnitning balandligi 1,8 m, og’irligi 2,5 tonna, butun tekshirish sistemasi mexanizmlari bilan 14 tonnani tashkil qiladi. Tomograf yordamida turli qalinlikdagi qatlamlarning turli proeksiyalardagi sifatli tasvirlarini displey ekranida chiqarish mumkin.

    7.20 – rasm GYROSCANT 5 YaMR tomografining tashqi ko’rinishi

    Rossiyada ishlab chiqarilgan MRT - - 1000 markali YaMR tomografi neyroxirurgik va onkologik klinikalar, ilmiy tadqiqot muassasalarida turli kasalliklarning diagnostikasi, jarrohlik aralashishlarini amalga oshirish va davolashning borishini nazorat qilish maqsadlarida ishlatiladi. O’lchami 2 mm va undan kattaroq a’zo qismlarini kuzatish imkonini beradi. Uning yordamida jigar, buyrak, o’t pufagi, oshqozon osti bezi, ingichka va yo'g’on ichak hamda ayollarning jinsiy a’zolaridagi o’zgarishlarga diagnoz qo’yiladi. Shuningdek, markaziy asab sistemasi, bosh miya, jarohatli shikastlanishlar, miyadagi qon aylanishlarning o’zgarishi, shamollash jarayonlarini, o’pka, aorta va boshqa joylardagi limfa tugunlari hamda dastlabki shishlarni aniqlash imkonini beradi.

    MRT — 1000 YaMR — tomografi quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

    Tekshirilayotgan tananing maksimal diametri — 60 sm.

    Aniq tekshirish qismi diametri -- 50 sm dan kam emas.

    Tekshiriladigan qatlam qalinligi -- 10mm.

    Bir marta skanirlash vaqti -- 120—480 sek gacha.

    Magnit maydoni kuchlanganligi — 0,15T1.

    Yuqori chastotali qo’zg’atish chastotasi — 6 mGs.

    Gradient qiymati -- 10~3 Tl/m.

    Radiochastotali maydonning bir tarkibligi -- 10 %.

    Ushbu YaMR tomografi protonlarning zichligini 10 %dan oshmaydigan kattalik bilan o’lchaydi. Tasvir olish uchun proton va T2 -sekin akssadosidan, T, uchun tiklanish va inversiya usullaridan foydalaniladi.

    MRT — 1000 YaMR tomografi tarkibiga rezistiv magnit, radiochastota hosil qiluvchi kompleks, gradientlarni boshqaruvchi sistema, gradient va magnit sistemalarni manba bilan ta’minlovchi kompleks, hisoblash va ko’rsatish hamda matematik hisoblashlarni amalga oshiruvchi komplekslar kiradi.

    Takrorlash uchun savollar:


    1. Qanday YAMR tomograflarining ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni bilasiz?

    2. Ularning afzalliklari va qulayliklari nimalardan iborat?

    7.13. Emission kompyuter tomograflari va ularning asosiy teхnik imkoniyatlari

    Emission kompyuter tomografiyasi (EKT)da odam organizmiga kiritilgan radioaktiv izotopning taqsimlanishiga oid tasvir hosil qilinadi. EKTsining ikkita varianti mavjud. Bular bir fotonli emission kompyuter tomografiyasi va pozitronli yoki ikki fotonli emission kompyuter tomografiyasi (IEKT) deyiladi. Bu ikki usul bir-biridan va RKTdan nurning yo’nalishini aniqlash usullari bilan farq qiladi. Buni aniqlash usullari 7.21- rasmda ko’rsatilgan.

    7.18 - rasmning a) qismida rentgen kompyuter tomografidagi nur va tasvirning qayta tiklash yo’nalishi; b) qismida IEKTidagi radioizotoplar nurining yo’nalishi va ularni qabul qilib, jamlab, tasvirni qayta tiklash yo’nalishi; d) qismida bir fotonli emission kompyuter tomografidagi radioizotoplar nurlari-ning yo’nalishini qabul qilib, ularning bir necha detektorlardan olingan qiymatining mos kelib, tasvirni qayta tiklash uchun berilish yo’nalishi ko’rsatilgan. Bu rasmlardagi kollimator so’zi shu detektorlarga tushuvchi nurlarning chegaralagichi degan ma’noni beradi. EKTlarda par-chalanish vaqtida pozitron chiqaruvchi radioaktiv izotoplar qayd qilinadi. Pozitron bir necha mm masofani bosib o’tib, elektron bilan annigilatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda 0,511 mEv energiyali ikkita foton qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Ular qarama-qarshi tomonda joylashgan sezgir detektorlar yordamida qayd qilinadi.

    Bir fotonli emission kompyuter tomograflarda u — nurini chiqaradigan texnetsiy — 99; yod — 125; yod - 131 va shu kabi anchadan beri radioizotop diagnostikasida ishlatib kelinadigan radioizotoplardan foydalaniladi.

    Bir fotonli emission kompyuter tomografiyasi usuli IEKT ga nisbatan past effektivlikka ega. Ammo IEKT da qisqa vaqtda yashovchi 11S, 13N, 15O2, 18F izotoplaridan foydalanilgani sababli maxsus qurilma — siklotron zarur bo’ladi va bu IEKT usulining juda qimmat bo’lishiga olib keladi. BEKT ning ikkita asosiy usuli mavjud, shulardan biri ko’ndalang BEKT hisoblanadi. Bunda tasviri tiklanishi zarur bo’lgan qatlam tananing bo’ylama o’qiga perpendikular bo’ladi, ikkinchisi bo’ylama BEKT, bunda tasviri tiklanishi zarur qatlam tananing bo’ylama o’qiga parallel bo’ladi.

    Ko’ndalang BEKT usuli — oddiy gamma kamera 7.21- rasm (a) da aks ettirilgan. Bu gamma kamera parallel teshikli kollimatorli detektor sistemasi bilan ta’minlangan bo’lib, tekshirish vaqtida bemor o’qiga parallel yo’nalish bo’yicha aylana bo’ylab harakatlanadi. Har 20 intervalida 360° ga aylanib, 180 ta tasvirni olish imkonini beradi.
    7.21 - rasm O — tekshirilayotgan ob’ekt; K — kollimatorlar; D — detektorlar.
    Bu olingan tasvir haqidagi ma’lumot turli usullar bilan qayta ishlanib, turli burchak ostidagi va proeksiyalardagi tasvir olish imkonini beradi.

    Aylanuvchi gamma kamerali BEKTlarni ilg’or xorijiy firmalar ishlab chiqarmoqda, ularning gamma kameralari, kollimatorlari va ular himoyasining katta o’lcham va og’irlikka egaligi tekshirish vaqtida ayrim qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Bularni kamaytirish maqsadida qo’zg’almaydigan aylana bo’ylab joylashgan detektorli BEKTlardan foydalanish mumkin (7.21- rasm, b). Bulardagi muammo shuki, bunda faqat bir qatlamni qayta tiklash mumkin, bu usulning ham istiqbolli yo’nalishlari ishlab chiqilmoqda. 7.21- rasm (d)da yurak holatini tahlil qiluvchi bo’ylama tomografning konstruktiv sxemasi ko’rsatilgan. Rasmlardagi harflar quyidagi ma’nolarga ega:

    BEKT usulida tasvirni qayta ishlash RKTga o’xshash bo’ladi, ammo BEEKT usulida gamma nurlarning yutilishi hisobga olinishi lozim va zarur to’g’rilashlar o’tkazilishi shart. Bular BEKT usulida ishlatiladigan EHMlar dasturida qo’llaniladi. Gamma kamerali BEKTlarning qo’llanish yo’nalishi keng bo’lganligi sababli, ulardan radioizotop diagnostikasida keng foydalanilmoqda.

    Hozirgi vaqtda GKS—30 T markali tomografik gamma kamerasini yaratish tajribalariga asoslanib, Ukrainaning Хarkov shahrida «Institut monokristallov» nomli ilmiy texnika konserni va Smela shahridagi «SKTB — orizon» nomli davlat ishlab chiqarish firmalari tomonidan yangi tomografik gamma kamera «OFEKT—1» yaratildi.

    Bu «OFEKT—1» apparatining shtativ qurilmasi bemorni turgan, yotgan va o’tirgan holatlarda turli proeksiyalar bo’yicha tekshirish imkonini beradi. Bu shtativ qurilmasining bemorni yotqizib tekshirishda qo’llaniladigan stoli uni bo’ylamasiga 1700mm gacha, vertikal bo’yicha 300mm gacha siljitish imkoniga ega. Bu «OFEKT—1» appa-ratida 594х467 mm o’lchamga ega bo’lgan Na Y (Te) kristallaridan iborat ssintilatsion detektor ishlatilgan. Yorug’lik detektori sifatida 53 ta 3 dumli ХR 3373 markali fotoelektron kuchaytirgichi va «Philips» firmasining ХR 3172 markali 6 ta 3 dumli fotoelektron kuchaytirgichi ishlatilgan. Koordinata va energetik signallarni jamlash hamda integrallashning tez ishlovchi analogli trakt (yo’l)i ishlab chiqilgan, shuningdek, raqamli hisoblashlarni bajaruvchi trakt ham mavjud. Bu traktlar zarur hisoblashlarni tez bajarib, tasvirni hosil qilish imkonini beradi.

    Takrorlash uchun savollar:



    1. Emission kompyuter tomografiyasi nima?

    2. EKTsining qanday variantlari mavjud?

    3. BEKT va IEKTning ishlash printsipi va afzalliklari nimada?

    7.14. Radiodiagnostik kompleks, Ssintilatsion gamma-kamera va ularning asosiy teхnik parametrlari imkoniyatlari


    Emission kompyuter tomografiyasi va unda radioizotoplarning ishlatilishi haqida oldingi mavzuda ba’zi ma’lumotlar berilgan edi. Endigi mavzuimizda radioizotop yoki radionuklid diagnostikasi haqida yana to’xtalamiz va oldingi mavzuda yoritilmagan ba’zi yo’nalishlar haqida bayon qilamiz. Radioizotop diagnostikasi apparatlari ikki guruhga bo’linadi:

    1. Radioaktiv indikatorlarning organizmda taqsimlanishiga mos tasvirni hosil qilishga mo’ljallangan apparatlar. Bularga gamma-kameralar, skanerlar, gamma-tomograflar kiradi.

    2. Radioaktiv indikatorlarning odam organizmining turli qismlariga to’planishiga mos dinamik jarayonlarni kuzatuvchi apparatlar.

    Bular maxsus radioizotop diagnostikasi apparatlari deyiladi. Bularga Gammatireoratimetr GTRM—01—S, radioizotop Хronoskopi R1Х— 3M va karpografi RIK—1 lar kiradi.

    Gamma-kameralar asosiy radioizotop diagnostikasi asbobi hisoblanadi, uning yordamida bemorning turli a’zolaridagi o’zgarishlar haqida ma’lumotlar olib, kasalini aniqlash mumkin. Shulardan biri GKS—2 markali ssintilatsion gamma-kamera quyidagi texnik imkoniyatlarga ega (7.22- rasm):


    7.22 - rasm GKS—2 markali ssintilatsion gamma-kamerasi

    Detektorlash bloki bir kristall va 37 ta fotokuchaytirgichdan iborat. Bu fotokuchaytirgichlar FEU—110 tipli bo’lib, ularning chiqishi S-simon xarakteristikaga ega bo’lgan chiziqli bo’lmagan dastlabki kuchaytirgichga ulanadi va bu kuchaytirgich gamma nurlanishi energiyasi 50kEv gacha o’zgartganda avtomatik ravishda moslana oladi. Tasvir sifatini yaxshilash maqsadida (kontrol) nazorat o’lchash pulti tarkibiga tasvir xalaqitlarining mikroprotsessorli to’g’rilash sistemasi kiritilgan. GKS—2 tarkibiga kiritilgan mikroprotsessor sistemasi qo’shimcha ish rejimlarini ham amalga oshirish imkonini berdi.

    Detektorning foydali yuzasi 250 mm.

    Sozlashlarsiz sezgirlikning notekisligi 0,5 oyda 6 %dan oshmaydi.



    57So radioizotopli fantomda o’zining yoyilma echimi 3,5 mm.

    Energetik echimi "So bilan 14 %.

    Energetik diapazoni 50^-510 kEv.

    Qayd qilishda hisoblash maksimal tezligi 160- 103 marta/sek.

    Yurak qontomir kasalliklarining ortishi ko’chma gamma-kameralarning yaratilishiga olib keladi. Ular transport vositalariga o’rnatilib, qiyin ahvodlagi bemorlarni tekshirish imkoniga ega. Ular o’zining texnik imkoniyatlari bilan statsionar gamma-kameralarga yaqin turadi.

    Rossiyada radioizotop diagnostikasi apparatlari bilan birgalikda ishlashga mo’ljallangan SAORI—01 markali hisoblash sistemasi ham ishlab chiqarilmoqda (7.23- rasm).


    7.23 – rasm SAORI—01 markali hisoblash sistemasi

    Bu sistema gamma-kameralar, ko’p kanalli radiodiagnostik asboblardan olingan axborotlarni to’plab, qayta ishlab tasvir ko’rinishga keltirib beradi.

    SAORI—01 tarkibiga «Gamma» hisoblash-o’lchash kompleksi, rangli ekranga ega bo’lgan displeyli protsessor, displey ekranidan suratga oluvchi polaroidli fotoqaydqilgich, axborotlarni qayta ishlovchi dastur bilan ta'minlovchi tayanch komplektlar kiradi.

    SAORI—01 quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

    Axborot to’plash usuli «Spisok», «Kadr».

    Tasvirni ko’rsatuvchi matritsa elementlari soni -- 128x128.

    Rangli yorqinlik darajalari — 64 ta.

    Bir vaqtning o’zida 8 ta tasvir ko’rsatilishi mumkin.

    Axborot yig’ish tezligi gamma kamera bilan ishlaganda sekunddagi 100 • 103 ta.

    Ko’p kanalli radiodiagnostik asboblar bilan ishlaganda 10 • 103 ta. Kanallar soni 20 ta.

    SM—4 markali mini EHM bilan ta’minlangan SAORI—01 hisoblash sistemasi GKS—301 T markali ssintilatsion gamma-tomograf bilan ham ishlashga mo’ljallangan. GKS—301 T ssintilatsion gammatomo-grafi GKS—2 apparatidagi kamchiliklarni qisman kamaytirishga erishdi va katta imkoniyatlari sababli turli klinikalarda ishlatib kelinmoqda.

    Takrorlash uchun savollar:



    1. Radioizotop diagnostikasi apparatlari qanday guruhlarga bo’linadi?

    2. GKS—2 markali ssintilatsion gamma-kamera qanday texnik imkoniyatlarga ega?

    3. SAORI—01 markali hisoblash sistemasi qanday texnik imkoniyatlarga ega?



    Download 8,58 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




    Download 8,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ayrim YaMR tomograflarining teхnik imkoniyatlari va asosiy qismlarining parametrlari

    Download 8,58 Mb.