Rentgen kompyuter tomograflarining tarkibiy qismlari. Rentgen nurlatgichi va manba qurilmasi




Download 8,58 Mb.
bet65/75
Sana21.03.2017
Hajmi8,58 Mb.
#733
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
7.4. Rentgen kompyuter tomograflarining tarkibiy qismlari. Rentgen nurlatgichi va manba qurilmasi
Rentgen kompyuter tomografi yordamida tasvir ni olish jarayonida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:

  • tekshirish vaqtida intensivligi, spektral tarkibi bo’yicha stabil, kolimatsiyalangan (ajratilgan) rentgen nuri dastasini hosil qilish;

  • tekshirish vaqtida rentgen nuri dastasi va detektorlarning bemor atrofida aylanishi;

  • detektorlar sistemasi yordamida bemordan kuchsizlanib o’tgan nurlanishni o’lchash;

  • o’lchash natijalarini kuchaytirish va raqam ko’rinishiga keltirish;

  • tanlangan a’zo qalinligiga mos o’lchangan qiymatlarni sintezlab, tasvir hosil qilish;

  • bu tasvirni displey ekranida namoyon qilish.

Bu vazifalarni amalga oshiruvchi rentgen kompyuter tomografi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’lishi kerak:

  • rentgen nurlatgichi;

  • rentgen manba qurilmaci;

  • tekshirish (skanirlash) qurilmaci va bemor stoli;

  • detektorlash sistemasi;

  • o’lchanayotgan signallarning elektron o’zgartgichi;

  • tasvirni qayta hosil qiluvchi hisoblash texnikasi;

  • tasvirni ko’rsatish va hujjatlashtirish vositalari.

Rentgen kompyuter tomografiyasida rentgen nurlatgichi va manba qurilmalariga yuqori texnik talablar qo’yiladi. Ularda ishlatiladigan rentgen nurlatgichlari oddiy rentgen apparatlaridagi nurlatgichlardan solishtirma issiqlik iste’moli, yuqori o’rtacha quvvat darajasi, katta va qisqa vaqtlardagi spektral tarkib va intensivlikning stabilligi bilan ajralib turadi.

Rentgen kompyuter tomograflarining nurlatgichlari nurlatgich turiga ko’ra uchta ish rejimida ishlashi mumkin:

  1. 1—4 daqiqa tekshirish vaqtiga ega bo’lgan uzluksiz rejim. Bunda bemorni tekshirish uchun tayyorlash va qulay holatga keltirish uchun zarur tanaffuc bo’ladi. Bu rejimda 4 kVt gacha quvvatga mo’ljallangan qo’zg’almas anodli rentgen trubkalaridan foydalaniladi. Bunday rejimda birinchi va ikkinchi avlod tomograflari ishlaydi;

  2. tekshirish vaqti 2—10 cek, impuls uzunligi 1 —10 mc va chas-totasi 50—60 Gs bo’lgan impulsli rejim. Bunday rejim uchun ayla-nuvchi anodli quwati 1004-150 kVt bo’lgan va setkasidan boshqari-ladigan impulsli rentgen trubkalaridan foydalaniladi. Bunday rejimda uchinchi avlod tomograflari ishlaydi;

d) tekshirish vaqti 2—10 sek, bo’lgan uzlukciz rejim. Bunda bemorlarni qulay holatga keltirish uchun tanaffuclar qilinadi, ularda aylanuvchi anodli sarf qilish quvvati 100 kVt gacha bo’lgan katta issiqlik sig’imiga ega bo’lgan nishonli anodga ega bo’lgan rentgen trubkalaridan foydalaniladi. Quyidagi jadvalda ayrim rentgen nurlatgichlarining asosiy parametrlari keltirilgan.

7.4 jadval
Rentgen manba qurilmasiga ham yuqori texnik talablar qo’yiladi. Bularga rentgen trubkalarining sabil intensivlikka, spektral tarkibga ega, nurni chiqarish uchun zarur bo’lgan juda kichik — 0,1+0,5 % gacha anod kuchsizlanishi va 0,5+1 % gacha nostabillikka ega bo’lgan anod tokini hosil qilish kiradi.

Ushbu maqsadlarni bajarish maqsadida birlamchi (7.7-racm, a) va ikkilamchi (7.7-racm, b) zanjir tomonida stabillash zanjiriga ega boigan rentgen manba qurilmalaridan foydalaniladi.

7.7- rasmda ko’rsatilgan strukturaga ega bo’lgan stabillovchi zanjirga ega bo’lgan Rentgen manba qurilmalar judra yuqori kuchlanish va tok nostabilligiga ega, masalan, 7.7- rasmdagi a — sxemada EMI firmasining Rentgen manba qurilmasi ko’rsatilgan bo’lib, uning kuchlanish nostabilligi 0,5 % dan oshmaydi.

6.7-rasmdagi b- sxemada Fransiyaning CGR firmasining Rentgen manba qurilmasi ko’rsatilgan, uning kuchlanish nostabilligi 0,05 % dan oshmaydi.

6.7- rasmdagi sxemalarning harf va raqamlari quyidagi ma’noga ega:

a — birlamchi zanjir tomonidan stabillashga ega sxema:

1 — dvigatel; 2 — o’zgaruvchan kuchlanish generatori; 3 — kuch-lanishni stabillash bloki; 4 — avtotransformator; 5 — trubka tokini

7.7 rasm Rentgen manba qurilmalari ctruktura tuzilishi


stabillash bloki; 6 — yuqori voltli transformator; 7 — yuqori voltli to’g’rilagich; 8—9 — filtrlar; 10 — rentgen trubkasi; 11 — trubka nakalini ta’minlash bloki.


Download 8,58 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Download 8,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rentgen kompyuter tomograflarining tarkibiy qismlari. Rentgen nurlatgichi va manba qurilmasi

Download 8,58 Mb.