7.2.Kompyuter tomograflarida tasvirni qayta tiklash usullari
Ko’p o’lchamli obektdan olinayotgan axborotlarni tasvirga aylantirishda bir necha xil usullardan foydalaniladi. Usullar ko’p, ularni ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Interatsion.
2. Analitik.
Interatsion usulda tasvirni qayta tiklashda ko’p yacheykali obektning tiklanish approksimatsiyasidan foydalaniladi, bunda yacheyka ichidagi zichlik o’zgarmac bo’lishi lozim. Obekt kecimidagi zichlik taqsimoti n ustunli kvadrat shaklidagi matritsalar va n qatorli elementar yacheykalar yordamida aniqlanadi.
Interatsion tasvirni qayta tiklash jarayonining bir necha algoritmlari tuzilgan. Shulardan biri qayta tiklashning algebraik usuli, buni Xaunsfild o’zining birinchi tomografida qo’llagan. Olingan nur tarki biga kiruvchi har qanday axborotga zarur tuzatish kiritilgan. Yacheykalar bo’yicha korreksiyalashni bir vaqtning o’zida amalga oshiruvchi interatsion tiklanish usuli (inglizcha SIRT), interatsion usulni eng kichik kvadratlar (SIRT) bo’yicha bir vaqtda tasvirni yacheykalar bo’yicha qayta tiklashda korreksiyalash amalga oshiriladi. Bu ishlar tartib bilan amalga oshiriladi.
Analitik usulda teskari proekciya usuli deb ataladigan Furye filtratsiyasidan, buralma filtratsiyadan, ikki o’lchamli Furye qayta tiklashlaridan foydalaniladi.
Analitik usulga kiruvchi teskari proeksiya usulida olinayotgan axborot tekshirilayotgan a’zodan o’tayotgan nur xossalariga bog’liq bo’ladi. Undagi fonlarning tasvir sifatiga ta’sirini kamaytirish maqsadida Furye o’zgartirish apparatidan foydalanib, modifikatsiyani va filtratsiyani amalga oshirish lozim bo’ladi (7-3 va 7.4-racmlar). 7.3-rasmda olinayotgan tasvir bir nuqtasining teskari proyeksiya bilan tiklanishi, 7.4- rasmda chastota hududida filtratsiyani amalga oshiruvchi Furyening teskari o’zgartirishi, yoyilish hududidagi filtratsiyalari ko’rsatilgan.
7.3 rasm olinayotgan tacvir bir nuqtacining teckari proyekciya bilan tiklanishi
7.4 rasm chactota hududida filtratsiyani amalga oshiruvchi Furyening teckari o’zgartirishi, yoyilish hududidagi filtratsiyalari
Bu erda, a — ikki yonma-yon o’lchanayotgan profillar orasidagi masofa, i — tasvir haqidagi axborot qiymatlarining o’zgarishi.
Ushbu algoritmlarni amalga oshirishda tez hisoblaydigan EHM zarur bo’ladi, uni qisqacha tez o’zgartiruvchi Furye (TO’F) protsessori ham deyiladi. Ikki o’lchamli Furye qayta tiklashi nomi bilan ataluvchi analitik usulda o’lchangan har bir proyeksiya Furye qayta ishlashidan o’tkazilib, bir o’lchamli spektr va chastota hududlarida hisoblashlar o’tkaziladi. Keyin bu proyekciyalar yig’ilib, Furye hududining qutbli koordinatalaridan to’rt to’g’riburchakli (7.5 - racm) koordinatalarida interpolatsion hisoblashlar o’tkaziladi.
7.5- racm Furye hududining qutbli koordinatalaridan to’rt to’g’riburchakli koordinatalarida interpolatsion hicoblashlar tartibi
Buning natijacida kengaytirilgan hududli tasvir hosil qilinadi. Bunda ham tez hisoblaydigan EHM zarur boMadi. Quyidagi jadvalda yuqorida ko’rilgan usullarni amalga oshirishda qanday ko’paytirish amallarining bajarilishi ko’rsatilgan.
Ko’pchilik seriyali ishlab chiqarilayotgan rentgen kompyuter tomo-graflarida filtratsiyaga ega bo’lgan teskari qayta tiklash algoritmidan
7.2- jadval
Foydalanilmoqda o’ta tez tekshirishga mo’ljallangan tomograflarda ikki o’lchamli Furye qayta tiklashlaridan foydalaniladi. Hozirgi zamon kompyuter tomograflarida tasvir ni matematik qayta ishlab, ekranda namoyon bo’lishi bir necha sekundlardan oshmaydi.
Takrorlash uchun savollar:
-
Kompyuter tomograflarida tasvirni qayta ishlashning qanday usullari mavjud?
-
Interatsion usul haqida nima bilasiz?
-
Analitik usul haqida nima bilasiz?
-
Bu usullarni amalga oshirishda qanday hisoblashlar amalga oshiriladi?
|