• . Elektrodlarni elektrokardiografga ulaydigan bemor kabelining uzilishlari.
  • . Issiqlik perosi kuygan bo’lsa diagramma lentasiga hech narsa yozilmaydi
  • 6.8.Ko’z faoliyatini tekshirish va yaxshilashda ishlatiladigan tibbiyot texnikalari
  • 6.9 .Ultratovush bilan davolovchi apparatlarga texnik xizmat ko’rsatish va tuzatish
  • 6.10. Ultratovush va ultratovush bilan davolovchi tibbiyot tcxnikalari
  • Tеst sоvоllаri
  • Elektrokardiograflarning asosiy buzilishlari va ularni tuzatish yo’llari




    Download 8,58 Mb.
    bet60/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi8,58 Mb.
    #733
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
    Elektrokardiograflarning asosiy buzilishlari va ularni tuzatish yo’llari
    Elektrokardiograf odam yutagi ishlab turganda paydo bo’ladigan Biopotentsiallarni displeyga chiqarib, diagramma lentasiga yozib beradigan elektron qurilma bo’lib, u yurakning ish faoliyatini aks ettiradigan asosiy diagnostik vositadir. Elektrokardiograflar bir va ko’p kanalli bo’ladi. Bir kanalli elektrokardiograflarda yurak biopotensiallari uchta standart, uchta kuchaytirilgan va ikkita ko’krak ulanishlarni diagramma lentasiga ketma-ket yozib beradi. Ko’p kanalli elektrokardiograflarda (misol uchun uch kanalli) bir vaqtda uchta standart, uchta kuchaytirilgan va ko’krak ulanishlardagi kardiosignali uchtadan ikkiga bo’linib diagramma lentasiga yozib olinadi.

    Bir kanalli elektrokardiografning oyoq va qo’llarga ulash uchun to’rtta va bitta ko’krak elektrodi bo’ladi.

    Quyida bir kanalli, issiqlik pero bilan diagramma lentasiga elektrokardiosignalni kuchaytirib yozadigan elektrokardiografda uchraydigan, ikkita asosiy buzilishlar va ularni aniqlash usullarini ko’rib chiqamiz.

    1. Elektrodlarni elektrokardiografga ulaydigan bemor kabelining uzilishlari. Bu uzilishlar kabelning ko’p egiladigan qismlarida bo’ladi va asosan elektrodga ulangan shtekkerning kabelga ulangan joyi va kabelni elektrokardiografga ulaydigan raz’yom oldidagi qismida ko’p uchraydi. Elektrodlarning qaysi biri uzilganligini aniqlash uchun barcha beshta elektrodlar qisqa tutashtirilib, ulanishlar kommutatori yordamida barcha ulanishlardagi signal diagramma lentasiga yozib olinadi. Elektrodlar uzilmagan bo’lsa pero diagramma lentasiga to’g’ri chiziq yozadi. Uzilishlar bo’lgan hollarda pero xalaqit signallarini betartib yoza boshlaydi. Agar I va II standart ulanishlarda to’g’ri chiziq yozilmasa, o’ng qo’lning R—elektrodi uzilgan bo’ladi. Uzilishlarni tekshirishning boshqa usuli har bir elektrodning qarshiligini o’lchashdir. Buning uchun bemor kabelini elek-trokardiografdan echib olinadi va ommetr yordamida barcha elek-trodlarning qarshiligi elektrod bilan raz’yom orasida o’lchanadi. Om-metrni raz’yomga ulash uchun oddiy qarshilikning simidan foydalanish mumkin. Bu o’lchashlarda elektrodlar uzilmagan bo’lsa ommetr qisqa tutashuv (0,0 Om) yoki bazi kabellarda o’matilgan 40—50 kOm qarshilikni, agar uzilgan bo’lsa ommetr cheksiz qarshilikni ko’rsatadi. Uzilgan elektrodni kabelga qayta ulashda kabelning ekranlovchi simlari ulanadigan markazdagi signal simiga tegmasligini ta’minlash kerak. Kabel ulangandan so’ng elektrodlarning har biri orasidagi qarshilik o’lchab chiqiladi. Bu qarshilik cheksiz bo’lishi kerak. Kabel joyiga o’matilib, elektrokardiograf ishga tushiriladi. Barcha elektrodlar qisqa tutashtirilib diagramma lentasiga barcha ulanishlar yoziladi. Elektrodlar butun bo’lsa faqat to’g’ri chiziq yoziladi. Kalibrator yordamida sezgirlik 10mm/mV holida kalibrlovchi impulslar yoziladi. Impulslarning shakli to’g’ri bo’lib, chiziqlari xalaqit signallar bilan buzilmagan bo’lishi kerak.

    2. Issiqlik perosi kuygan bo’lsa diagramma lentasiga hech narsa yozilmaydi. Peroning qarshiligi 40—60 Om bo’lishi kerak. Agar peroning qarshiligi ommetr yordamida o’lchanganda cheksiz qarshilik ko’rsatsa peroning ichidagi nixrom spiral kuygan bo’ladi. Peroni saqlash uchun unga beriladigan kuchlanishni o’lchab, kamaytirish mumkin. Bu kuchlanish rego sokin turgan holda kichik lenta qarakatga kelganda katta bo’ladi. Elektrokardiografning perosi almashtirilgandan so’ng albatta kalibrlovchi signal diagramma lentasiga yozilib tekshiriladi. Yozilgan kalibrlovchi impulslarning shakli to’g’ri to’rtburchak bo’lishi kerak. Agar pero lentaga qattiq siqilgan bo’lsa yozilgan impulslarning oldi fronti qiya bo’lib, tepa burchak o’q bo’ladi. Shunda rego bo’shatilib yana tekshirilishi kerak.

    3. o’zgarmas tok manbaida bo’ladigan buzilishlar. Elektrokardiog-rafning o’zgarmas tok manbasi ishdan chiqsa, saqlagich kuygan bo’lishi mumkin. Saqlagichning kuyishiga katta kirish kuchlanishi yoki elektrokardiografning ba’zi elementlarining buzilishi natijasida manbadan olingan katta tok sabab bo’lishi mumkin. o’zgarmas tok manbasini tekshirish uchun uni elektrokardiografdan chiqarib, chiqish raz’yomida mavjud barcha kuchlanishlar o’lchanadi. Kuchlanishlarning qiymatlari elektrokardiografning elektr sxemasida berilgan qiymatlarga teng bo’lishi kegak. Agar kuchlanishlar boshqa qiymatlarda bo’lsa sxemada birin-ketin stabilizator (chiqish tran-zistori), to’g’rilagich, tekislovchi filtr va transformator tekshiriladi.

    Elektrokardiograf buzilmagan bo’lsa ham bir yilda bir marotaba ochilib barcha plata va mexanizmjari ko’zdan kechirilib tozalanadi.

    Elektrokardiograflar o’lchash vositasi bo’lganligi sababli har yili bir marotaba va har ta’mirlangandan so’ng (metrologik ko’rsat-kichlarga ta’sir ko’rsatgan hollarda) qiyoslanishi shart.

    Qiyoslash jarayonida elektrokardiografning metrologik ko’rsatkichlarni tashkil qiluvchi sezgirligi, amplituda—chastota xarakteristikasi, diagramma lentasining harakat tezligi va elektr xavfsizligi tekshiriladi. Qiyoslashni medsim 300 B bemor immitatori va µ— test 2000 elektr xavfsizlik analizatori bilan amalga oshirish mumkin.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Ko’p kanalli elektrokardiograflar qanday imkoniyatlarga ega?

    2. Ularda qaysi ulanishlar bo’yicha EKG olinadi?

    3. ER—32 kardiografi qanday imkoniyatlarga ega?

    4. Хitoy firmasi elektrokardiografi imkoniyatlari qanday?

    5. «Bruger» firmasi elektrokardiografi imkoniyatlari qanday?

    6. EK—2T, EK—4T, EK—6 elektrokardiograflari imkoniyatlari qanday?

    6.8.Ko’z faoliyatini tekshirish va yaxshilashda ishlatiladigan tibbiyot texnikalari

    Odamning eng zarur organlaridan biri ko’z bo’lib uning faoliyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladigan optik asboblar asosini linzalar tashkil qiladi. Linza deb, botiq yoki qavariq sirt bilan chegaralangan yorug’likni yaxshi o’tkazuvchi shaffof moddalardan ishlangan jismlarga aytiladi. Uning yorug’lik nurini sindirish ko’rsatkichi atrof muhitnikidan farq qiladi. Optik asboblarda linzaning (6.21-rasm) quyidagi turlaridan foydalaniladi.

    6.21-rasm Optik acboblarda ishlatiladigan linzalarning turlari.

    1—ikki tomoni qabariq, 2—bir tomoni qabariq, 3—bir tomoni qabariq ikkinchi tomoni botiq, 4—ikki tomonlama botiq, 5—tekis botiq va 6—bir tomoni botiq ikkinchi tomoni qabariq.

    1, 2, 3— turdagi linzalar yig’uvchi, 4, 5, 6— turdagilari sochuvchi linzalar deyiladi. Linzalarning asosiy xossalariga fokus masofasi f va unga teskari kattalik optik kuchi kiradi. Yig’uvchi linzalar «+», sochuvchi linzalar «—» ishoralariga ega bo’ladi. Linzalarda absorbsiya va astigmatizm hodisalarini kuza-tish va ular yordamida ushbu hodisalar ta’siridan qutulish mumkin.

    Insonlarni ko’zlarida uzoqni va yaqinni ko’rolmaslik (aniq ko’rmaslik) kabi o’zgarishlar bo’ladi.

    Uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik (6.22-rasm) ko’zning optik kuchini kamaytirish hisobiga hosil bo’ladi.

    6.22-rasm Ko’zda optik nurlarning hosil bo’lish sхemasi.

    Bunda yoyuvchi linzali ko’zoynak yoki kontakt linzalardan foy-dalaniladi. Yaqinni yaxshi ko’rolmaslik asosan yoshga bog’liq bo’ladi va insonlarda 40 yoshdan oshganda namoyon bo’la boshlaydi. Buni yaxshilash maqsadida yig’uvchi linzali ko’zoynak yoki kontakt linzalaridan foydalaniladi (6.23-rasm).

    Odamning ko’rishidagi o’zgarishlami aniqlash maqsadida turli oftalmologik asboblardan foydalaniladi. Eng zamonaviy oftalmolo-

    6.23-rasm Yig’uvchi linzali ko’zoynak va kontakt linzalari.









    6.24-rasm, KORE 110 markali koinsedent refraktometrlari

    6.25-rasm SBM 110/ SBM 210 optik dioptrimetri

    gik tibbiyot texnikasini Germaniyaning «CaRL ZEISS JENa» firmasi ishlab chiqaradi. Bu firma ishlab chiqaradigan SLR 100, RSL 110, SLV 180 markali tirqishli lampalar, CL 110 markali oftalmometr, KORE 110 markali koinsedent refraktometrlari (6.24-rasm) yordamida ko’z tekshirilib zarur ko’zoynak, kontakt linzalari tanlanadi. SBM 70 optik dioptrimetr, SBM 110/ SBM 210 optik dioptrimetri (6.25-rasm) ham zarur kontakt linzalarning xususiyatlarini tekshirish uchun ishlatiladi.

    Dioptrimetr linzaning optik kuchini o’lchaydi. DP—02 markali ko’zoynak va kontakt linzalarini nazorat qiladigan proeksion dioptrimetr quyidagi texnik parametrlarga ega:

    Ko’zoynak linzalarining orqa refraksiya balandligi diapozoni +25— 30 dioptriyagacha. Dioptriya shkalasi chiziqlari qiymati 0,125 dioptriya. Burchakli shkala diapozoni 0-180. 220 V kuchlanishda ishlaydi.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Ko’zning ko’rishidagi o’zgarishlar qanday aniqlanadi?

    2. Inson hayotida linzalarning qanday turlaridan foydalaniladi?

    3. Qanday oftalmologik apparatlardan foydalaniladi?

    4. DP—02 dioptrimetri haqida nima bilasiz?

    bilasiz?

    6.9 .Ultratovush bilan davolovchi apparatlarga texnik xizmat ko’rsatish va tuzatish

    Ultratovush bilan davolovchi apparatlarning turi juda ko’p. Odam organizmining turli qismlarini davolash maqsadida ishlab chiqariladigan appparatlarga ginekologiya, oftalmologiya, LOR va tananing tashqi qismlaridan davolovchi apparatlar kiradi. Bu apparatlarda ultratovush hosil qilish sxemasi deyarli bir xil faqat ular chastotalari, elektrodlarining shakli va o’lchamlari bilan farq qiladi. Ularning sxemasida impuls rejimida ishlash uchun impuls hosil qilish sxemasi ham mavjud. Ultratovush terapiyasi apparatlarining ayrimlarida ultratovush chastotasi 880±10% kGs, bo’lsa ayrimlarida 2,64±0,l% mGs bo’ladi. Ularning ultratovush nurlatgichlari apparat bilan koaksial kabel yordamida ulanadi. Keyingi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ultratovush terapiyasi apparatlarining elektr sxemalari elementlari pechat platalarda joylashtirib chiqarilishi va ular bir-birlari bilan maxsus ko’p kontaktli vositalar yordamida bog’lanishi munosabati bilan ularga texnik xizmat ko’rsatish, nosozliklarini aniqlab tuzatish ishlari ularning texnik hujjatlari asosida amalga oshirilish mumkin. Bu ishlarni bajarishda multimetr, ossillograf, chastotometr, generator va boshqa zarur asboblardan foydalaniladi. Ultratovush terapiyasi apparatlarining chiqish quvvatini o’lchash maqsadida maxsus IMU—3 markali apparat (6.26-rasm) ishlab chiqarilgan bo’lib,







    6.26-rasm

    IMU—3 markali apparati



    6.27-rasm

    IMU—3 qurilmasining sxemali ko’rinishi



    u quyidagi texnik imkoniyatlarga ega: chastotasi 400—3000 kGs gacha chiqish quvvati 0,2±25 Vt gacha bo’lgan ultratovush to’lqinlarini 0,05±0,2 Vt aniqlikda o’lchash imkonini beradi. IMU—3 qurilmasining sxemali ko’rinishi 6.27-rasmda ko’rsatilgan. IMU— 3 qurilmasida ultratovush nurlatgichini o’lchash uchun kirituvchi qopqog’i(2), gazi chiqarib yuborilgan distillangan suv solinadigan idish (4) va shu idish ichida ultratovush quvvatini o’lchashda asosiy element bo’lgan chetlari latundan ishlangan datchik (3) hamda datchikdan sochilgan ultratovushni qaytarish va yutib qolish uchun kapron shetkalari (5) ishlatilgan.

    IMU—3 ni o’lchash uchun tayyorlashda distillangan suv vannaga 4, 19 bilan belgilangan chegaragacha solinadi. 18 raqami bilan belgilangan ultratovush quvvatini o’lchash uchun ruxsat beruvchi dastakni «ochiq» holatga o’tkaziladi. 13 raqami bilan ko’rsatilgan dastak yordamida vattmetr shkalasi strelkasini «0» ga olib kelinadi. Shunda strelka bilan belgilangan «0» holatini ko’rsatuvchi vertikal chiziq yoniga (to’g’risiga) kelishi kerak.

    O’lchash vaqtida qopqoqqa zarur moslama qo’yilib, ultratovush nurlatgichi vanna ichiga tushiriladi va apparat ishlatiladi. Shunda «0» ko’rsatuvchi moslama o’ng tomonga siljiydi va (13) dastak yordamida o’z holiga qaytariladi. Vattmetr strelkasi (11) o’lchanayotgan quvvat kattaligini ko’rsatadi. O’lchash vaqtida apparatning old oynasidan suv sathi va ichida havo parchalarining mavjudligi kuzatiladi. O’lchash ishlari bajarib bo’lingach (18) dastak yordamida «yopiq» holatiga o’tilishi kerak. Ultratovush terapiyasi apparatlarida ko’proq nosozliklar ultratovush chastotalarini uzatib beruvchi koaksil kabelning uzilishida, shuningdek ultratovush nurlatgichining noto’g’ri ishlatilishi natijasida, ultratovush hosil qiluvchi titan bariy plastinasining emirilishi sababli yuz beradi. Shuning uchun ultratovush bilan davolanganda ishlayotgan nurlatgich bo’sh qolmasligi, ya’ni u bemor bilan kontaktda bo’lishi kegak. Ko’p hollarda bu kontakt maxsus pastalar, kukunlar yordamida amalga oshiriladi. Ayrim UZT apparatlarini tuzatuvchi mutaxassislar ultratovush nurlanayotganini kuzatish va mavjudligini bilish uchun nurlatgich sathiga suv tomchisini tomizib aniqlashadi. Shunda ultratovush xuddi suvni qaynatganday uning tarkibini harakat-lantiradi. Ultratovush kuchli bo’lsa uning zarralarini yuqoriroq otishi mumkin. Albatta bu ish qisqa vaqt mobaynida qilinadi. Ultratovushning shu xossasidan ya’ni suv tomchilarini kuch bilan otishidan ultratovushli ingalyasiya apparatlarida foydlaniladi va bunda tarkibida dori vositalari bo’lgan suyuqlikdan nafas olish uchun zarur aralashma — tumanga o’xshash normal haroratli havo hosil qilinadi va nafas o’llarini davolashda foydalaniladi. Hozirda fizioterapiya maqsadlarida Germaniya, Хitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan apparatlardan foydalanilmoqda. Ularda ham ultratovush nurlatish vositasini har doim suyuqlik ya’ni nagruzka bilan ta’minlash zarur hisoblanadi.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Ultratovush bilan davolovchi qanday apparatlarni bilasiz?

    2. Ularni tckshirish, texnik xizmat ko’rsatish va tuzatish qanday amalga oshiriladi?

    3. IMU—3 apparatidan qanday foydalaniladi?

    6.10. Ultratovush va ultratovush bilan davolovchi tibbiyot tcxnikalari

    Ultratovush chastotasi 20 kGs dan yuqori chastotali tebranishlar bo’lib, ularni inson qulog’i eshitmaydi. Meditsinada ultratovushning 800 kGs dan 3000 kGs gacha bo’lgan chastotali tebranishlaridan foydalaniladi. 800—900 kGs chastotali tovushlar 5—6 sm chuqurlikkacha, 1600—2600 kGs chastotali ultra tovushlar 1,5— 2,0sm chuqurlikkacha kirib borib davolovchi tasir ko’rsatadi. Bunda mexanik, kuchsiz issiqlik va fizik-kimyoviy davolovchi faktorlar yuzaga keladi. Ultratovush yordamida odamning turli a’zolariga ta’sir ko’rsatish va shu sohalarga mo’ljallangan turli tibbiyot apparatlari ishlab chiqarilmoqda.

    Keyingi vaqtlarda UZT seriyali bir necha xil ultratovush bilan davolovchi apparatlar ishlab chiqarildi. Masalan UZT—101 apparati ichki a’zolar, suyak-muskul va nerv sistemalarini, UZT—102 stomatologik kasalliklarni, UZT—103- urologik, UZT—104- ko’z kasalliklarini, UZT— 31-genekologik kasalliklarni davolasa, LOR— 1A, LOR—2, LOR—3 apparatlari tomoq, burun, quloq kasalliklarini davolaydi va ularni ultratovush chiqaruvchi nurlatgichlari shu sohada qo’llash uchun zarur hajm va kattaliklarda ishlab chiqariladi. Ultratovushni ingalyatsiya maqsadida foydalanish ham

    6.28-rasm keramik pezoelektrik olmoshlovchi nurlatgich

    yo’lga qo’yilgan. Bunda suyuq dorilar ultratovush yordamida quyuq tuman shakliga keltirilib nafas olish sistemalarini davolaydi.

    Ultratovush bilan davolovchi apparatlar yuqorida qayd etilgan chastotali generatorlardan iborat bo’lib, ulardagi elektr tebranishlarini ultratovush tebranishlariga aylantirish uchun nurlatgichlardan foydalaniladi. Nurlatgichlarning asosiy elementi bo’lib, titanat bariydan tayyorlangan pezoeffekt hodisasi asosida ishlaydigan keramik pezoelektrik olmoshlovchi hisoblanadi, u nurlatgichga quyidagi ko’rinishda joylashtiriladi (6.28-rasm).

    Bunda nurlatgichning quyidagi qismlari ko’rsatilgan: 1) pzoelektrik plastina joylashtiriladigan asos; 2) dastak; 3) pezoelektrik plastinani bosib turuvchi moslama; 4) silindrsimon metall korpus; 5) gayka; 6) pezoelektrik plastina; 7) prujina; 8) vtulka. Pezoelektrik effekt hosil qiladigan kvars plastinasiga 1500V gacha kuchlanish beriladi. Bariy titanati, qo’rg’oshin sirkonat titanati plastinalariga 100V kuchlanish beriladi. Ultratovush bilan davolash uzluksiz va impulsli usullar bilan olib boriladi. Quyida ayrim ultratovushli terapiya apparatlari haqida ma’lumotlar beramiz.

    UZT—31 apparati Moskvadagi EMA zavodida ishlab chiqariladi va tibbiyotning turli sohalarida davolash maqsadlarida foydalaniladi. U quyidagi asosiy texnik xarakteristikaga ega. Apparat 220±10% V, 50 Gs chastotali kuchlanishda ishlaydi. Ultratovush chastotasi 2,64 mGs± 0,1%, intensivligi 0f§; 0,2; 0,5 va 1,0 Vt/sm2. Katta nurlatgichning effektiv yuzasi 2 sm2 kichikligi 0,5sm2. Apparat impuls uzunligi 2; 4; 10 millisekund, chastotasi 50 Gsli impulsli rejimda ham ishlaydi.

    UZT—31 apparati 2,64 mGs chastotali elektr tebranishlarni hosil qiluvchi generator, 2, 4, 10 ms uzunliklarini hosil qiluvchi modulyator, manba bloki, chiqish lcuchaytirgich kaskadi va nurlatgichdan iborat.

    Lor kasalliklarini davolovchi UZT—31 apparatining generatori tranzistorda modulyatori logik mikrosxema va kvars stabilizatoridan yig’ilgan. Elektr sxemalari pechat platalariga joylashtirilgan bo’lib olib sozlash va tuzatish uchun qulay holda yig’ilgan.

    U 880 kGs chastotali ultratovush bilan davolaydi. Uzluksiz va impulsli rejimlarda ishlaydi. Chiqish quvvati 0,2; 0,4; 0,6; 0,8 Vt/ sm2. 220±10% V kuchlanishda ishlaydi. Uning generator va kuchaytirgichlari elektron lampalarda yig’ilgan.

    Ultratovush bilan davolovchi bunday apparatlarning chiqish quvvati IMU—3 markali o’lchash vositasi yordamida o’lchanadi. Bu o’lchash vositasining tuzilishi va ishlashi amaliy mashg’ulotlarda tushuntiriladi.

    Ultratovush bilan davolovchi apparatlarni xorijiy davlatlarning firmalari ham ko’plab ishlab chiqaradi. Germaniyaning «Sonotur 410» va «Curatur 420» markali apparatlari shular jumlasidandir. Bu apparatlar quyidagi texnik xarakteristikalarga ega. Ikkalasi ham

    6.29 - rasm «Sonotur 410» apparati

    220±10%V, 50—60 Gs chastotali kuchlanishda ishlaydi. «Sonotur 410» apparati 1,4 sm li nurlatgich bilan, «Curatur 420» apparati 4,0 sm li nurlatgich bilan davolaydi. Uning ultratovushli chastotasi 880±5% kGs, impuls uzunligi 2 ms, 140 Gs chastotali impulsli rejimda ham ishlashi mumkin. Bunday galvanizatsiyani ham amalga oshirish mumkin.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Ultratovush va uning fiziologik ta’siri.

    2. UZT—seriyali apparatlarning imkoniyatlari.

    3. UZT—31 apparatining texnik parametrlari.

    4. LOR—3 apparati haqida nimalarni bilasiz?

    5. Хorij firmalarining qanday apparatlarini bilasiz?

    6.11.Fizioterapiya maqsadida ishlatiladigan pribor, apparat va uskunalarga teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun teхnik ta’minot.

    O’zining ishlash tamoyiliga ko’ra fizioterapivtik apparatlarni inson organizmiga ta’sirini ta’minlashiga ko’ra quyidagilarga bo’lish mumkin:



    • elektromagnit ta’sir: - ionlashtiruvchi ta’sir: - yorug’lik nuri ta’sir, - meхanik ta’sir

    • akustik ta’sir: - issiqlik ta’siri: - kimyoviy ta’sir: - elektroхimyaviy ta’sir.

    Bu ta’sirlarni quyidagi apparatlar ko’rsatadi.

    • elektromagnitli fizioterapevtik apparatlar:

    • KV4 – apparatlari, SV4 – apparatlari: UV4 – apparatlari:

    • elektr fizioterapevtik apparatlar – to’g’ri burchakli, uchburchakli impulslar, generatorlari, sipusandal impulslar generatori (diadinamik apparatlar), modullashgan siptsusondal tok generatorlari (amplipulsterapiya) ikki chastota bilan qo’shadigan generatorlar (interferentsterapiya), galvanizatsiya darsonvalizatsiya apparatlari, flyukttsarizatsiya apparatlari.

    • sun’iy magnit maydoni bilan fizioterapevtik apparatlar (magnitoterapiya)

    • sun’iy elektr maydonini fizioterapevtik apparatlar (franklinizatsiya).

    • yorug’lik energiyasi bilan ta’sir etuvchi fizioterapevtik apparatlar – ultra binafsha nur nurlatgichi, infra qizil nur nurlatgichi, selektiv bo’lmagan хromoterapiya nurlatgichlari.

    • meхanik energiya bilan ta’sir etuvchi fizioterapevtik apparatlar – nuqtali ta’sir, maydonchali ta’sir massaj uchun, cho’zish uchun qurilmalar.

    • dori vositalarini siljituvchi fizioterapevtik apparatlar – elektrofored ultrafonoforiz, ichgolyatsiya, aerovonlar, aerozolterapiya uchun qurilmalar, vannalar, kameralar, maхsus, galoqameralar.

    • fizioterapevtik kagerent nur bilan ta’sir etuvchi apparatlar – fizioterapevtik lazerlar;

    • akustik energiya bilan ta’sir etuvchi apparatlar – ultratovushli, tovushli fizioterapevtik apparatlar;

    • iqlimiy faktorlar bilan ta’sir etuvchi fizioterapevtik apparatlar – хavo vannalari, quyosh vannalari, kontrast vannalar, saunalar;

    issiq va sovuqni uzatuvchi fizioterapevtik apparatlar:

    - parafinterapiya, ozakeritterapiya, krioterapiya.



    Tibbiy teхnika kichik guruхi

    O’lchash vositalari

    Elektromagnit fizioterapevtik apparatlar

    Qisqa to’lqinli yuqori chastotali (KTYuCh) – apparatlari. O’ta yuqori chastotali (O’YuCh) – apparatlar.

    O’YuCh quvvat o’lchagichi 43-64 markali chastotalar 37-27 A markali voltmetr V 43 I pribor. M4100/4 markali megometr 43-44 markali chastotomer.

    Ultra yuqori chastotali UYuCh apparatlar.

    Fantom – 1

    43-64 chastotamersh

    V7-27A voltmetri

    TS 4311 pribori

    M 4100/4 megometri

    43-44 chastotameri.



    Elektr fizioterapevtik

    Apparatlar

    To’g’ri burchakli va uch burchakli impulslar generatori. Siprondal impulslar generatori (diadinamik apparatlar) flyuktuatsiya uchun apparatlar, ikki chastota urish generatori (inter ferents terapis). Sipusandal modullangan tok generatorlari (amplipuls terapiya).

    TS 4311 pribori

    43-64 chastotameri

    S1-117 ostsillografi (S1-65A).

    F 4100/4 megometri.



    Galvanizatsiya uchun apparatlar

    TS 4311 pribori

    F 4101 megometri



    Darsonvalizatsiya uchun apparatlar.

    43-64 chastotameri.

    TS4311 pribori

    S1-117 yoki S1-65A esokillografi

    F 4100/4 megomeri

    Elektr maydon kuchlanganligini o’lchagichi.


    Sun’iy magnit maydonili

    Fizioterapevtik apparatlar

    Magnitoterapevtik apparatlar.

    Ultratovush nurlanishlarini o’lchaydigan quvvat o’lchagichi IMU-3

    E7-11 markali universal o’lchagich.

    43-32 chastotameri

    S1-101 ostsillografi.

    V3-57 markali voltmetr

    TS4311 pribori.

    F4100/4 megometri.

    F4356 markali milliteslometr magnit strelkasi (kolepas).



    Sun’iy elektr maydonili

    Fizioterapevtik apparatlar

    Frankmenizatsiya apparatlar.

    43-64 chastotameri

    TS4311 pribori

    S1-117 yoki S1-65A ostsillografi.

    F4100/4 megoometri

    Elektr maydon kuchlanganligini o’lchagichi.


    Yorug’lik energiyasi bilan ta’sir etuvchi fizioterapevtik apparatlar.

    Ultra binafsha nur nurlatgichlari, infra qizil nur nurlatgichlari, selektiv bo’lmagan хromoterapiya

    TS 4311 pribori

    Tarmoq indikatori

    Ultrabinafsha padiometri


    Dori vositalarini ko’chiruvchi fizioterapevtik apparatlar

    Elektroforez, ultrafonoforez va ingalyatsiya uchun uskunalar

    4311 pribori

    F4101 megometri

    Ultratovush nurlanish quvvatini o’lchagichi IMU – 3


    Akustik energiya bilan davolovchi fizioterapiya apparatlari.

    Ultratovush va tovush bilan davolash apparatlari.

    Ultratovush nurlanishini quvvatini o’lchagichi.

    IMU – 3

    E7-11 markali universal o’lchagich

    43-32 chatotameri

    S1-101 ostsillografi

    V3-57 voltmetri

    TS4311 pribori

    F4100/4 migometri.



    Takrorlash uchun savollar:

    1. Fizioterapivtik apparatlarni inson organizmiga ta’sirini ta’minlashiga ko’ra qanday bo’lish mumkin?

    2. Fizioterapiya maqsadida ishlatiladigan qanday pribor, apparat va uskunalarni bilasiz?

    3. IMU–3 apparati inson organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

    Tеst sоvоllаri

    1. 315—280 nm to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlar qanday to’lqin hicoblanadi?

    a) qisqa to’lqin;

    b) ultrabinafsha;

    v) o’rtacha to’lqin;

    g) Bunday to’lqin uzunligi mavjud emas.
    2. Inson organizmining umumiy konsentratsiyasi qanday konsentratsiyali osh tuzi eritmasiga to’g’ri keladi?

    a) 8,90—9,00%

    b) 0,45—0,50%

    v) 0,89—0,90%

    g) 4,50—5,00%
    3. Elektroforez vaqtida odam organizmiga dori vositalari qanday ta’sir qiladi?

    a) elektroforez vaqtida dori vositalarini iste’mol qilish ta’qiqlanadi;

    b) dori vositalarining ta’sir samarasini oshadi;

    v) dori vositalarining ta’sir samarasini pasayadi;

    g) a va v javoblar to’g’ri.
    4. Quydagilarning qaysi biri yig’uvchi linza hisoblanadi?

    a) ikki tomonlama botiq;

    b) bir tomoni botiq;

    v) bir tomoni qabariq;

    g) to’g’ri javob yo’q..
    5. Yorug’lik nurining odam organizmiga isituvchi ta’siri qanday chuqurlikkacha boradi?

    a) 0,5sm;

    b) 1sm;

    v) 1,5sm;

    g) 1sm.
    6. UZT—101 apparatidan qanday kasalliklarni davolashda qo’llaniladi?

    a) nerv sistemasi kasalliklarini;

    b) suyak-muskul kasalliklarini;

    v) ichki a’zolar kasalliklarini,

    g) barcha javoblar to’g’ri.
    7. Dioptrimetr nimani o’lchaydi?

    a) linzaning optik kuchini;

    b) quloqning eshitish diapazonini;

    v) odamning ko’rishidagi o’zgarishini;

    g) barcha javoblar to’g’ri.
    8. Fantom – 1 qanday apparat?

    a) magnitoterapevtik apparat;

    b) Ultra yuqori chastotali apparat;

    v) darsonvalizatsiya uchun apparat;

    g) frankmenizatsiya apparati.
    9. Reflektor nima?

    a) elektromagnitli fizioterapevtik apparat;

    b) yorug’likni yutuvchi qurilma;

    v) ultratovush va tovush bilan davolash apparati;

    g) yorug’lik qaytargich

    10. Fizioterapivtik apparatlar inson organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

    a) barcha javoblar to’g’ri;

    b) yorug’lik nuri ta’sir, meхanik ta’sir, elektroхimyaviy ta’sir;

    v) akustik ta’sir, issiqlik ta’siri, kimyoviy ta’sir;

    g) elektromagnit ta’sir, ionlashtiruvchi ta’sir.



    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    v

    v

    b

    v

    b

    g

    a

    b

    g

    a




    Download 8,58 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




    Download 8,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrokardiograflarning asosiy buzilishlari va ularni tuzatish yo’llari

    Download 8,58 Mb.