" UVCh - 30" apparatini tekshirishni ko’rib chiqamiz. Apparat ekspluatatsiya davrida, ta’mirlangandan so’ng tekshirilishi kerak.
Tekshirish o’tkazilganda quyidagi tekshirish vositalari ishlatilib, operatsiyalar bajarilishi kerak.
Ogohlantirish: apparatning ishlatish yo’riqnomacini o’rganib chiqmacdan ishlatmang.
1. Tekshirish sharoitlari va tayyorgarlik ishlari.
1.1. Tekshirish o’tkazilganda quyidagi sharoit ta’minlanishi kerak:
-
atrof-muhit harorati (20±10)°C;
-
havo namligi (65±10)%;
-
havo bosimi (760±30) mm sim ustuni;
elektr tarmoq kuchlanishi (220±2,5)V, (50+1) Hz.
1.2. Tekshirishni boshlashdan aval quyidagi amallarni bajarish kerak:
-
apparat va metall plastinani erga ulash kerak;
-
rezonatorni apparatning chiqishiga ulash kerak;
-
apparatning boshqaruv vositalarini o’chirilgan holatiga keltiriladi.
2. Tekshirishni o’tkazish.
2.1. Tashqi ko’rik.
Tashqi ko’rik o’tkazilganda quyidagilar tekshiriladi:
-
boshqarish vositalarining holati;
-
apparatning belgilari va tashqi ko’rinishi qoniqarli bo’lishi kerak.
3.2. Ishlatib ko’rish.
Kondensatorli elektrodlardan foydalanib protseduralar o’tkazish.
-
tekshirish boshlanishidan oldin hamma boshqaruvchi knopkalarni chap tomonga burib qo’yish kerak;
-
Apparatni simini elektr tokiga ulab 2 min. davomida qizdirish kerak;
-
Elektrodni ishchi maydonini tekshiring va uni ishchi holatiga qo’ying;
-
Protsedura o’tkazish soatini 30 min. qo’ying;
-
Yuqori chastotali generatorni “0” holatidan “1” holatiga o’tkazish kerak.
Rezonansli induktordan foydalanib protseduralar o’tkazish.
-
Protsedura o’tkazishdan oldin 3.1.1, 3.1.2., 3.1.3., 3.1.5. bandlarni bajarish kerak.
-
O’tkazgichni quvvatini “O” holatidan “1” holatiga o’tkazish bilan yuqori chastotali generator ishga tushiriladi. Protsedura talabiga muvofiq keyinchalik quvvatni “2” va “3” хolatlarga o’tkazish mumkin.
-
Qurilmaning ishlashini tekshirish uchun maхsus indikator yordamida tekshirib ko’ring;
Mo’ljallangan vaqtdan so’ng yuqori chastotali apparat avtomatik ravishda o’chiriladi.
Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.
4.1. Ushbu tekshirish uslubiyatining talablariga muvofiq bo’lgan apparatlar ishga yaroqli deb topiladi va ularning yuzasiga tekshirish belgisi qo’yiladi.
4.2. Talablarga javob bermagan apparatlar ishga yaroqsiz deb topiladi, yaroqsizlik belgisi qo’yiladi
Takrorlash uchun savollar:
-
UVCh signallarini bioob’ekt bilan aloqasi meхanizmini tushuntirib bering.
-
UVCh-30 apparatini ishlash jarayonini elektrik sхemadan tushuntirib bering.
-
UVCh-30 apparatini хar bir blokini ishlash jarayonini tushuntirib bering.
6.6.Infraqizil, ultrabinafsha, yorug’lik va lazer nurlari bilan davolovchi tibbiyot apparatlari va ularning odam organizmiga ta’siri
Tibbiyot amaliyotida elektromagnit nurlanish, infraqizil, ultrabinafsha va yorag’lik nurlari bilan davolash usullari lazer nurlari bilan davolashdan ancha oldinroq boshlangan. Infraqizil nur bilan davolanganda to’qimalarda modda almashinuvi tezlashadi, shamollash markazlarining so’rilib ketishiga erishiladi va og’riq qoldiruvchi ta’sir ko’rsatiladi. Turli kasalliklar: shamollash, kuyish va so-vqotishda muskul to’qimalari jarohatlanganda uning og’riqni qoldiruvchi ta’siridan foydalaniladi. Yorug’lik nuri odam organizmiga isituvchi ta’sir ko’rsatib 1sm chuqurlikkacha boradi. Ko’rinadigan nurning turli ranglari markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilib bemorning rahiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek shamollash, radikulit va boshqa kasalliklarni davolashda qollaniladi. Ultrabinafsha nurlarining to’lqin uzunliklariga ko’ra uzun to’lqin uzunligi 400—315 nm, o’rtacha to’lqin uzunligi 315—280 nm va qisqa to’lqin uzunligi 280 nm dan kichik bo’lgan nurlarga bo’linadi. Oftobda yurgan odamning badani qorayishidan xabaringiz bor. Qorayish natijasida teri orqali ultrabinafsha nurning yutilishi 13 dan 8 foizgacha kamayar ekan. Qisqa to’lqin uzunlidagi nurlarni atmosferaning azon qavati kuchli yutib erdagi o’simlik va hayvonot dunyosini uning zararli oqibatlaridan himoyalaydi. Ultrabinafsha nurlari odam organizmiga kimyoviy ta’sir ko’rsatib moddalar almashinuВидa ishtirok etadi va stimullovchi natija beradi. Bugungi kunda tibbiyotda lazer nurlaridan ham samarali foydalanilmoqda. Bunda tor to’lqin uzunligi oralig’idagi infraqizil va ko’rinadigan nurlardan foydalaniladi. Lazerning kichik energiyali turlari davolashda, katta energiyali turlari xirurgik operatsiyalarda qo’llaniladi. Past energiyali lazerlar biostimulyatsiya effektini beradi ya’ni to’qima, qon aylanish sistemalaridagi qonni, hujayralar harakatini faollashtiradi. Bu nurlarning klinik ta’siri, ularni o’tkazish dozalari va boshqa davolash tadbirlari amaliy mashg’ulotlarda va «Fizioterapiya» fanlarida chuqurroq o’rganiladi.
Infraqizil va ko’rinadigan yorug’lik nuri bilan davolovchi tibbiyot texnikalariga davolash muassasalarida ishlatiladigan «Sollyuks» (6.16-rasm), «Infrarush» (6.17-rasm), «Minin lampasi», kichik va katta yorug’lik vannalari kiradi. Ular BK — 44 va VT— 13 markalarga ega. Bu apparatlarning hammasi 220 V kuchlanishda ishlaydi. Ularda
|
|
6.16-rasm «Sollyuks» yorug’lik vannasi
|
6.17-rasm«Infrarush» yorug’lik vannasi
|
yoritgich lampalari va spirallardan foydalanilgan. Bu apparatlarning hammasida, yorug’lik va issiqlik energiyalaridan to’liqroq foydalanish uchun reflektorlar (yorug’lik qaytargichlar) dan foydalanilgan.
Ultrabinafsha nur bilan davolovchi tibbiyot apparatlari uch xil bo’ladi.
-
tomoq-burunni davolovchi ON—7, OKUF—5, BOP-4;
-
tananing ma’lum bir qismini davolovchi OKN—II, ORK—21 (hozirda ular UGD seriyasi bilan chiqariladi) hamda
-
ko’pchilikni bir vaqtni o’zida davolovchi «Mayak» tipidagi OKB—30 apparatlari shular jumlasidandir. Ushbu apparatlarda DRT—230, DRT—400, DRT—1000 markali simob kvars lampalaridan foydalanilgan. Ulardan chiqadigan nur ko’zga ta’sir qilgani sababli davolanuvchilardan qora ko’zoynak taqish talab qilinadi. Bu apparatlarning hammasi 220 V kuchlanishda ishlaydi.
Ultrabinafsha nur chiqaruvchi bakterisid lampalarning DB— 15, DB—30, DB-60, Medikor firmasining BLF-12, BLM-12 markali turlari mavjud bo’lib, ushbu lampalar asosan havoni zararsizlantirish uchun ishlatiladi. Ular asosan operatsiya va prosedura xonalarida o’rnatilgan bo’ladi. Ular oddiy kunduzgi yoritish lampalari kabi tuzilishga ega bo’lib, ularda ham kichikroq quwatli simob kvars lampalari ishlatiladi.
Lazer nuri bilan davolanish maqsadida geliy va neon gazi asosida ishlaydigan AGN—106 «Yagoda» apparati (6.18-rasm) va AMLT— 01 magnitolazer apparatlaridan (6-rasm) foydalaniladi. «Yagoda» apparati chiqaradigan lazer nuri 0,63 mkm to’lqin uzunligiga va 12 Vt quvvatga ega. Uning shtativ qurilmasi davolash uchun nurni qulay holatga keltirish imkoniniberadi. Shuningdek uning lazer nuri tushish yuzasini 5—300 m gacha o’zgartirib davolash vaqtini 1—6 minutgacha belgilash mumkin. Og’iz bo’shlig’ikasalligini davolashda «Rascos» apparatidan foydalaniladi. Undan chiqadigan lazer nuri 0,633 mkm to’lqin uzunligi va 15 mVt chiqish quvvatiga ega. AGM—2 «Razbor» nomli universal
6.18-rasm AGN—106 «Yagoda» apparati
lazer qurilmasi koagulyatsiya (kesish) va davolashda qo’llaniladi. Bu apparat yordamida lazeropunktura, ya’ni biologik aktiv nuqtalarga ta’sir etish ham mumkin. Bu apparatda davolangan vaqtda kasallangan sath maydonchalarga bo’linib ketma-ket ta’sirlantirilishi mumkin, har bir maydonni davolashni 1—5 minut davomida amalga oshiriladi. Davolash usuli va o’tkazish tartiblari fizioterapiya darsida o’rgatiladi. Ayrim holda kombinatsiyalangan ya’ni ham ultrabinafsha ham infraqizil nur bilan davolovchi apparatlardan ham foydalaniladi. Bolgariyada ishlab chiqarilgan TU 1—400—1 markali ultrabinafsha nurlatgich 220 V kuchlanishda ishlaydi. Sarf qilish quvvati 770 VA.
Takrorlash uchun savollar:
1. Infraqizil, ultrabinafsha yorug’lik va lazer nurlarining fiziologik ta’siri.
2. Infraqizil va yorug’lik nuri bilan davolovchi qanday apparatlarni bilasiz?
3. Ultrabinafsha nur bilan davolovchi qanday apparatlarni bilasiz?
4. Lazer nuri bilan davolovchi apparatlar haqida nimalarni bilasiz?
6.7.Ko’p kanalli elektrokardiograflar haqida asosiy ma’lumotlar
Ikki va undan ortiq kanallarga ega bo’lgan elektrokardiograflar ko’p kanalli kardiograflar deyiladi va ularda 12 ta standart ulanishlarda elektrokardiogrammalar yozib olinadi. Ularning qan-day nomlanishi va qaerlarga ulanishi 6.19-rasmda ko’rsatilgan.
6.19-rasm ko’p kanalli kardiografning ulanish sхemalari
Bunda uchta bipolyar va 9 ta unipolyar ulanishlar ko’rsatilgan. Oltita ko’krak ulanishlarining qaysi joylarga: V1—to’rtinchi qovurg’a oraliqining o’ng tomon oxiriga, V2—shu oraliqning chap tomon oxiriga, V3—shu V1, V2 oraliqlar o’rtasiga, V4 beshinchi qovurg’a oraliqi o’rtasiga, V5, V4 ga o’xshash oraliqqa, qo’ltiq tagiga yaqinroq, V6 ham V4 qatorida va qo’ltiq tagiga yaqinroq qo’yiilishi ham ko’rsatilgan.
Ko’p kanalli elektrokardiograflar elektrokardiograflarning I sinfiga taalluqli bo’lib III sinfdagilardan o’z imkoniyatlarining kattaligi bilan farq qilishini oldin ko’rgan edik. «Mikromed» firmasining «ER—32» markali kardiografi misolida ulaming texnik imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz (20-rasm).
6.20 Rasm «ER—32» markali kardiografi
«ER— 32» elektrokardiografi eni 130 mm bo’lgan issiqlikka sezgir qog’ozga 3 kanalli EKGni yozib bera oladi. Qog’ozning harakat tezligi 25 va 50 mm/sek. Yozishni avtomatik va qo’lda boshqarish imkoniyatlari bor. Хalaqit signallardan saqlovchi filtrlar bilan tavminlangan. Elektron tabloda yurak urish pulslari sonini ko’rish imkoniyati mavjud. Boshqarav elementlari old panelida joylashgan.
Keyingi vaqtlarda zamonaviy mikroelektronika va kompyuter texnikasi yutuqlari bilan jihozlangan elektrokardiograflar va elektrokardiograf— defibrillyator texnikalari ishlab chiqarilmoqda. Ular bilan tez yardam mashinalari, xonalari ta’minlanmoqda. Elektrokardiogramma va boshqa diagnostik axborotlarni analiz qiladigan kardioanalizatorlar o’rniga zamonaviy kompyuterli elektrokardiograflar yaratilmoqda. BRUGER firmasi bemorlar ahvolini nazorat qiladigan «Phyisogard» seriyadagi monitorlarni ishlab chiqargan (SM783, SM784, SM7850). SM 785 monitori ko’p maqsadli, ikki kanalli monitor hisoblanadi. EKG, bosim, puls, nafas olish va haroratni o’lchaydi, ekranida ko’rsatadi, zarar holda yozib berish imkoniyatiga ham ega.
Bunda qo’shimcha yozib berish qurilmasidan foydalaniladi. Ko’p kanalli kardiograflarning kanallaridagi biopotensiallami kuchaytirish kaskadlarining tuzilishi bir xil bo’ladi. EK—2T, EK—4T, EK—6T apparatlarida shu tartib saqlangan. Ularnig manba bloki va lentani harakatlantiruvchi hamda «1mV» kalibrovka signalini beruvchi qismi umumiy hisoblanadi. Bu apparatdagi kirish bloki, dastlabki (kuchlanish bo’yicha) kuchaytirish, tok (quvvat) bo’yicha kuchaytirish kaskadlari va galvanometrlarning tuzilishi bir xil. EK-2T, EK-4T, EK-6T ko’p kanalli kardiograflari EKGlardan tashqari boshqa diagnoz uchun zarur parametrlarni qayd etishi mumkin.
Shuningdek ularning chiqishlari orqali zarur axborotni ossilloskop ekranida yoki boshqa nazorat tekshiruv qurilmalarida ko’rish mumkin. Ko’p yillik izlanishlar natijasida ana shu EKIT— 03m markali kardiograflarda EKGlar ulanishlar dastagini burash bilan sensorlar orqali olinadigan bo’ldi.
|