Ogohlantirish: apparatning ishlatish yo’riqnomasini o’rganib chiqmasdan ishlatmang.
1. Tekshirish sharoitlari va tayyorgarlik ishlari.
1.1. Tekshirish o’tkazilganda quyidagi sharoit ta’minlanishi kerak:
-
atrof-muhit harorati (20±10)°C;
-
havo namligi (65±10)%;
-
havo bosimi (760±30) mm sim ustuni;
elektr tarmoq kuchlanishi (220±2,5)V, (50+1) Hz.
1.2. Tekshirishni boshlashdan aval quyidagi amallarni bajarish kerak:
-
apparat va metall plastinani yerga ulash kerak;
-
rezonatorni apparatning chiqishiga ulash kerak;
-
apparatning boshqaruv vositalarini o’chirilgan holatiga keltiriladi.
2. Tekshirishni o’tkazish.
2.1. Tashqi ko’rik.
Tashqi ko’rik o’tkazilganda quyidagilar tekshiriladi:
3.2. Ishlatib ko’rish.
-
apparatni ishlatib ko’rish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
-
rezonatorga elektrodlardan birini o’rnatiladi;
-
apparatni elektr tarmog’iga ulab, quvvat potensiometri bilan chiqish quvvatini sekin oshira borib, apparatni ishga yaroqliligini tekshiriladi (elektrod yonib uchqun chirsillashi eshitiladi);
-
shu yo’sinda barcha elektrodlar tekshirib chiqiladi.
4. Uchqun uzunligini aniqlash.
Uchqun uzunligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi:
-
rezonatorga metal tayoqchani elektrod o’rniga joylashtiriladi;
-
apparatni ishga tushurib, potensiometr bilan asta quvvatini maksimal qiymatiga ko’tariladi. Bunda rezanatorning konus qismi va metall tayoqchaga qo’l tegmacligi kerak;
-
metall plastinaga plastik chizg’ichni tikka o’rnatilib, rezonatorga o’rnatilgan metall tayoqchaning uchini chizg’ichga tekkazib, asta metall plastina tomon harakatlantiriladi va stabil uchqun hosil bo’lganda to’xtatib, uchqun uzunligini chizg’ichda aniqlanadi. Uchqun uzunligi 25 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
5. Tekshirish natijalarini rasmiylashtirish.
5.1. Ushbu tekshirish uslubiyatining talablariga muvofiq bo’lgan apparatlar ishga yaroqli deb topiladi va ularning yuzasiga tekshirish belgisi qo’yiladi.
5.2. Talablarga javob bermagan apparatlar ishga yaroqsiz deb topiladi, yaroqsizlik belgisi qo’yiladi .
Takrorlash uchun savollar:
1. Yuqori chastotali terapiyaning qanday turlari bor?
2. Darsonvalizatsiya apparatlaridan « Iskra —1» qanday imkoniyatlarga ega?
6.5.Ultra yuqori chastotali elektromagnit maydon bilan davolash texnikalari
Ultra yuqori chastotali elektr va elektromagnit maydon bilan davolash ancha keng qo’llaniladigan usul bo’lib, bunda odam organizmiga 25—50 mGts chastotalardagi ultra yuqori chastotali elektromagnit maydoni bilan ta’sir etiladi. Bunday davolash organizm va to’qimalarga boshqa usullardan ko’ra yaxshiroq va samaraliroq ta’sir ko’rsatadi. Davolash muassasalarida UYuCh seriyali kichik, o’rta va katta quvvatga mo’ljallangan apparatlardan foydalaniladi. Impulsli UYuCh maydoni bilan davolovchi apparatlar ham ishlatiladi. UYuCh bilan davolashda bemor organizmiga elektrodlar orasidagi (6.12-rasm) elektromagnit maydoni ta’sir ettiriladi. Bemorni davolash uchun shu ikki elektrod orasiga joylashtiriladi.
Bunda quyidagi kattaliklar belgilangan: So—plastinalar oralig’idagi havoda sodir bo’ladigan sig’im, So, bemor tanasining aktiv R va sig’im S qarshiliklari. Quyida impulsli UYuCh terapiya apparatlari yordamida bemorga berilayotgan UYuCh maydon tebranishlarining shakli ko’rsatilgan (6.13-rasm).
6.12-rasm UYuCh maydon tebranishlarining shakli va Apparatda quyidagi grafiklar belgilangan: a) uzluksiz rejim; b) impulsli rejim grafiklari.
UYuCh terapiya apparatlari sifatida UVCh-30, UVCh-66, UVCh-80, EKRAN-1 hamda impulsli UYuCh terapiya apparatlari sifatida «Impuls—3» apparatlaridan, shuningdek chet el firmalarida ishlab chiqarilgan ayrim apparatlardan foydalaniladi. UVCh seriyali sobiq SSSR va Rossiya apparatlarida chastotasi 40,68±2% MGs chastotali UYuCh maydonlaridan foydalaniladi. Kichik quvvatga mo’ljallangan UVCh—30 apparati (6.14-rasm) quyidagi texnik xarakteristikalarga ega.
Apparat 220±5%V 50 Gs chastotali kuchlanishda ishlaydi, UYuCh maydonining chiqish quvvati 15 va 30 Vt larda belgilanadi. Apparatni sarf qilish quvvati 160 Vt atrofida. UVCh—30 apparati manba bloki UVCh maydon hosil qiluvchi generator bloki va bemor konturidan iborat bo’ladi. Bemor konturi bilan generatorning anod konturini bir-biriga sozlash o’zgaruvchan kondensator S2, S3 yordamida qo’lda amalga oshiriladi. UVCh-30
apparatida ikki anodli generator lampasi GU—19 asosida UYuCh generatori yig’ilgan. UVCh—30 apparati quyidagi: 1) elektrod tutqichlarining kronshteynlari; 2) elektrod tutqich; 3) chiqayotgan UyuCh maydon quvvatini ko’rsatuvchi o’lchash asbobi; 4) apparatning manbaga ulanishi va sozlanish darajasini ko’rsatuvchi indikator; 5) quvvat dastagi (15,30Vt); 6) o’lchash asbobida manba kuchlanishi va chiqish quvvatini o’lchashni amalga oshiravchi tugmacha; 7) apparatni manbaga ulash dastagi; 8) bemor va anod konturini sozlovchi kondensator dastagi («nastroyka»); 9) ko’tarib yurish dastagidan iborat.
6.15 rasm "UVCh - 30" apparatining sхemasi
Ushbu appparatda o’z – o’zidan qo’zg’aluvchi generator ikki taktli sхema bo’yicha GU – 19 (VL 1) lampasida yig’ilgan (nurli tetrodni ikki anodlisi). Bu avtogenerator ikki konturli. Anod konturi L7, L9 induktiv g’altak va VL 1 lampani chiqish sig’imlari va S8 yarim o’zgaruvchan kondensatordan iborat bo’lib, S8 kondensatoridan anod konturini zavod sharoitida sozlanishi bajariladi. To’r konturi L10 induktiv g’altagi va VL1 lampasini kirish sig’imlaridan iborat. Teskari bog’lanish lampani o’tish sig’imlari bilan parallel ulangan S9, S10 kondensatorlari orqali tashkil etilgan. Avtomatik siljitgich vazifasini bajaruvchi R6 qarshiligi L10 induktiv g’altagini o’rta nuqtasiga ulangan . Lampani cho’g’lanma spirali yuqori chastota S11 ekranlovchi tur S4 kondensatorlari bilan blokirovka qilingan. L3 induktiv g’altagi o’rtasida joylashgan aloqa o’rami yordamida generatorni anod konturi chiqish (bemor ) konturi bilan bog’lanadi. L8 aloqa o’rami ekrani yerga ulangan va u anod va chiqish konturlari orasidagi sig’imli aloqani kamaytiradi. Simmetrik ikki taktli generator sхemasi bilan birgalikda bu holat apparat tomonidan nurlatiladigan juft garmonikalarni anchaga kamaytiradi. Bemor konturi L1 , L2 induktiv g’altagi bilan S6 kondensatorlaridan iborat. S6 o’zgaruvchan bo’lib bemor konturi chastotasini generator chastotasi bilan davolash vaqtida sozlash uchun ishlatiladi. Generator lampasini anodi D 1010 A markali diod ustuni va filtrlovchi kondensatordan S3 iborat bo’lgan ikki yarim davrli to’g’rilash sхemasidan kuchlanish olib ishlaydi. Anod kuchlanishi L6 drosseli orqali L7, L 9 induktiv g’altaklarni o’rta nuqtasiga beriladi . VL1 ni ekran to’ri ham shu to’g’rilagichdan R5 qarshiligi orqali kuchlanish olib ishlaydi. Chiqish quvvatini boshqarish transformator T1 ning yuqori voltli cho’lg’amini o’rtasiga ulangan R1 qarshilikni SA2 uzib ulagich bilan ulanishi hisobiga bajariladi. Shu zanjirga NL signal lampasi ham ulangan va u R7 qarshiligi bilan shuntlangan, uni yonishini yorqinligiga ko’ra chiqish quvvatini mavjudligi va katta yoki kichikligini bilish mumkin. To’g’rilagich va VL1 lampasini nakali T1 dan kuchlanish olib ishlaydi. T1 transformatorini birlamchi cho’lg’ami 127 V kuchlanish ham ulanishi uchun seksiyalarga ega (SA 3 uzib ulagichi ) birlamchi cho’lg’am tomonida ular chiqarilgan bo’lib, ularni SA1 uzib ulab apparat ishlashi uchun kerakli kuchlanishni tanlash mumkin. Manba kuchlanishi o’lchov asbobi (millivolt) bilan nazorat qilinadi. Buning uchun SA 4 uzib ulagichi yordamida T1 ni nakal cho’lg’amiga R 2 so’ndiruvchi qarshiligi va VD 3 diodi orqali ulanadi. SA 4 ni boshqa holatida (mA) V L1 lampasi anodi va ekranlovchi turidagi tokni doimiy tashkil etuvchisiga proportsional kattalikni o’lchaydi ya’ni chiqish quvvatini. UVCh - 30 apparati quyidagi teхnik хarakteristikalarga ega: generator chastotasi 40 , 68 MGts ± 2 % ; chiqish quvvati 30 Vt manbadan oladigan quvvati 200 Vt; UVCh – 30 ni modifikatsiyalangan varianti UVCh – 3 0 – 2 da generator va quvvat kuchaytirgichi aloхida sхema bo’yicha ishlangan. Uning generatori kvartsli stabillashga ega bo’lgan tranzistorli avtogeneratorlardan iborat chastotasi 40 , 68 MGts ± 0.05 % . shuningdek dastlabki tranzistorli kuchaytirgich хam bor. Uning quvvat kuchaytirgichi bemor konturiga ulangan va ikki taktli sхema bo’yicha GU - 19 – 1 nurli tetrod lampasida yig’ilgan .
|