Ўзбекистон республикаси




Download 8,58 Mb.
bet61/75
Sana21.03.2017
Hajmi8,58 Mb.
#733
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
7. Rentgen kompyuter tomografiyasiga servis хizmatini tashkil etish
7.1. Rentgen kompyuter tomografiyacining tamoyillari va uning turlari.

Tasvirlarning matematik ucullar yordamida ishlanishi EHMlarning tibbiyot introskopiyasiga keng kirib kelishiga sabab bo’ladi. Bunday tibbiyot diagnostikasi texnikasiga kompyutcr tomograflari kiradi.

Dastlabki kompyuter tomografi 1973- yilda ingliz muhandislari Xaunsfild va Mak Kormaklar rahbarligida yaratildi va bu kashfiyoti uchun ular Nobel mukofotiga sazovor bo’lishdi. Bu kompyuter rentgen nurlanishi hisobiga ishlaydigan bo’lganligi sababli rentgen kompyuter tomografi deb ataldi. Birinchi kompyuter tomografi «TMI — skenner» deb ataldi va asosan, EHM yordamida bosh miyani tekshirishga mo’ljallangan edi. Xaunsfild tomografida rentgen nurlatgichi va detektor bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilib (7.1- rasm), tekshirish vaqtida rasmdagi ko’rsatilgan yoo’nalishi bo’ylab harakatlanadi. Detektordan olingan signallar Analog raqamli o’zgartgich (ARO’)da raqam ko’rinishga keltirilib, maxsus dastur yordamida EHMda hisoblanadi va tekshirilayotgan a’zo qatlamining ikki o’lchamli tasvirini hosil qiladi. 7.1- rasmda raqamlar bilan quyidagi kompyuter tomografi qismlari ko’rsatilgan:
7.1- rasm 1- rentgen nurlatkichi; 2- detektor; tirqishlar bilan chegaralangan nur.

Kompyuter tomografiyasida tekshirilayotgan a’zolarning zarur qalinlikdagi sifatli tasvirlarini olib, ko’rsatib berish oldindan ishlatilib kelinayotgan rentgenografiya usulidan ancha ustunligini namoyon qildi. Keyingi vaqtlarda rentgen kompyuter tomografiyasining keng rivojlanishiga sabab bo’ldi.

Rentgen kompyuter tomograflarining ishlash tartibini quyidagi 7.2-rasmda ko’rsatilgan soddalashtirilgan blok-sxema misolida ko’rishimiz mumkin.

7.2 rasm Rentgen kompyuter tomograflarining ishlash tartibini

Bunda markaziy pultdan tanlangan ish rejimiga ko’ra stolda yotgan bemorga (obektga) rentgen manba qurilmaci orqali manba bilan ta’minlanayotgan nurlatgichdan (N) chiqqan rentgen nuri tushadi va bu rentgen nuri bemordan o’tib, maxsus moslamalar (kollimatorlar) bilan chegaralangan detektorlarga tushadi. Bu detektorlarda rentgen tasviri elektr signaliga aylanib, xotira blokida to’planadi va

ARO’ bloki orqali raqam ko’rinishga aylantirilib, EHM yordamida hisoblab ko’rish uchun displeyga chiqarib beriladi. Bu rentgen tasvir ini magnit diskka yozib olib, zarur vaqtda pult va ikkinchi displey yordamida qayta ko’rish mumkin.

Hozirgi vaqtda kompyuter tomografiyaci deb turli tibbiyot diagnostika usullariga ham aytiladi. Kompyuter tomografiyasi usulini o’rganishda zarur bo’lgan ba’zi atamalar bilan tanishamiz:

  • Tekshiruvchi. Kompyuter tomografiyaci usuli bilan tekshirish o’tkazuvchi mutaxassisi.

  • Bemor. Obekt tekshiruvchi tomonidan tekshiralayotgan tananing ichki tuzilishi.

  • Ta’sir etish. Tekshirish uchun ta’sir ettiriladigan fizik tushunchalar (nurlanish, maydon, tovush va boshq.).

  • O’zgartgich. Tekshiruvchi nazoratidagi o’zgartgich vositalari (rentgen trubkasi, detektor, ekran va boshq.).

  • Sistema. Tekshiruvchi tomonidan ishlatilayotgan turli vosita-lar to’plami.

  • Zichligi. Tanada nurlanish, maydon tarqalishi sababli namoyon bo’ladigan muhitning zichligi, bu kattalik qayta tiklanishi zarur.

  • Haqiqiy tasvir. Zarur tana qismlarining atrofdagi boshqa tana qismlari tasviridan holi qilingan tasviri.

Quyida keltirilgan 7.1-jadvalda tibbiyotda qo’llaniladigan Kompyuter tomografiyasi usullarining turlari keltirilgan. Bu Kompyuter tomografiyasi usullarining turli turlarida 1917-yilda Radon tomonidan ishlab chiqilgan proyeksiyalar bo’yicha qayta ishlashning fundamental usulidan foydalaniladi.

7.1-jadval




Ta’sir turi va usuli

Tekshirish zichligining asosi

Qo’llanilishi

1

Rentgen nurlanishi. Rentgan Kompyuter tomografiyasi.

Rentgen nurlanishining kuch-sizlanishi koeffitsiyenti.

Rentgen Kompyuter tomografiyasi, diagnostika, xirurgiya va nur bilan davolashda.

2

u — nurlanishi. Bir fo-tonli emission Kompyuter tomografiyasi.

Tamg’alangan protonlaming moddalarda to’planishi.

Funksional diagnostika maqsadida, bir fotonli EKTda.

3

Poziiron nurlanishi. Po-zitronli ikki fotonli emission Kompyuter tomografiyasi.

Tamg’alangan protonlaming moddalarda to’planishi.

Bu ucul hozirda klinika-larda tajribadan o’tmoqda.

4

Magnit maydoni. Yad-ro magnit rezonansiga (YaMR) asoslangan KT.

Proton zichligi, relaksatsiya vaqti.

Tibbiyot diagnoctikacida qo’llanilmoqda.

5

Ultratovush. Ultratovush Kompyuter tomografiyasi.

Akuctik qarshilik, aks-sado. Maydalash.

Tibbiyot diagnostikasida. Urologiyada rentgen sis-temalari bilan qo’llanil-moqda.

6

Og’ir zarralar (ionlar a — zarralar, protonlar va boshqalar).

To’qnashib, sochilishi, yutilishi.

Tajriba namunalari yara-tilib, sinashdan o’tmoq-da.

7

Infraqizil nurlanishlar.

Haroratning hajmiy taqsim-lanishiga.

Tajriba namunalari yara-tilib, cinashdan o’tmoq-da.

8

O’ta yuqori chastotali nurlanishlar.

Dielektrik singdiruvchanlik va o’lkazuvchanlikning laqsimo-tiga.

Tajriba namunalari yara-tilib, sinashdan o’tmoq-da.

Takrorlash uchun savollar:




  1. Rentgen kompyuter tomografiyacining paydo bo’lishi qanday?

  2. Rentgen KTining blok-sxemaci qanday ishlaydi?

  3. KTda qanday tushunchalar mavjud?

  4. KTning qanday usullari mavjud?



Download 8,58 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 8,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси

Download 8,58 Mb.