|
Kompyuter tomografiyasining avlodlari va ularning xususiyatlari
|
bet | 63/75 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #733 |
7.3.Kompyuter tomografiyasining avlodlari va ularning xususiyatlari
Kompyuter tomografiyasining rivojlanish jarayonida uning texnik imkoniyatlari, tekshirish usullari, xususiyatlari va tarkibiy qismlarini tuzilishiga ko’ra 4 avlodga ajratish qabul qilingan. Rentgen kompyuter tomograflarining
birinchi avlodiga dastlabki tomograflar kiradi. Ularda tekshirilayotgan a’zo rentgen nurlatgichi bilan qattiq bog’langan bir detektor orqali tekshirilgan, bunda nurlatgich harakat yo’nalishi har grafada to’xtab, burilib 180 chiziqli ckanirlashni amalga oshirgan. Ularda detektor sifatida yodli natriy kristallari asosida ishlangan ssintilator (ssintilator) fotoelektron kuchaytirgich (FEK)li detektordan foydalanilgan (7.6-rasm). a — birinchi avlod tomograflarida nurlatgich detektor sistemasining qanday harakatlanishini anglatadi.
7.6. rasm rentgen kompyuter tomograflari avlodlarining ishlash tamoillaridagi rivojlanishlar
Ikkinchi avlod rentgen kompyuter tomograflarida rentgen nurlatgichidan chiqqan rentgen nuri bir necha (3÷52 gacha) detektorlar yordamida qabul qilingan va tekshirish, ya’ni nurlatgich — detektor sistemasi (7.6-rasm, b)dagi singari ko’rinish bo’yicha oldingan va aylana bo’ylab harakatlangan. Buning natijacida rentgen nurining tarqalish yuzacini kengaytirishga, tasvir olinish qadamini kattalashtirib tekshirish vaqtini kamaytirishga erishilgan. Ishlatilgan detektorlar soniga ko’ra ikkinchi avlod tomograflari — sekin va tez tekshiruvchi tomograflarga ajratiladi
Birinchi avlod tomograflari, asosan, bosh miyani tekshirishga mo’ljallangan bo’lsa, ikkinchi avlod tomograflari butun tanani tekshirishga mo’ljallangan. Ularning narxi unchalik qimmat bo’lmaganligi sababli, keyingi vaqtlarda neyrodiagnoctikada qo’llanilmoqda. Ammo bu ikkala avlod tomograflarining imkoniyatlari butun tana a’zolarini tez va cifatli tekshirish uchun etarli emas. Shu sababli kompyuter tomograflarining butun tanani tekshirish uchun uchinchi va to’rtinchi aviodlarini yaratish zaruriyati tug’ildi va ular yaratildi.
Uchinchi avlod tomogranarida rentgen nurining butun tanani kesib o’tadigan oqimi (7.6- rasm, d) bilan tekshirish yo’ga qo’yilgan. Bunda detektor-nurlatgich sistemasi 180° yoki 360° ga uzluksiz aylanma harakat qiladi.
Nurlatgich impulsli rejimda ishlaydi hamda 300 va undan ko’p detektorlardan foydalaniladi. Buning natijacida zarur qalinlikdagi tasvir qatlamining hosil bo’lish vaqti 5 sekunddan oshmaydi. «Siemens» firmasining « Shimadzu — DR» tomografida bunday vaqt 1,4 sekunddan oshmaydi.
|
| |