• Aksessuarlar
  • Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023




    Download 1,93 Mb.
    bet15/92
    Sana17.11.2023
    Hajmi1,93 Mb.
    #100428
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
    Bog'liq
    DARSLIK 2023 йил октябр 2

    Kamon Oʻqlari;
    Oʻqlar kamondan otish uchun asosiy oʻq-dori hisoblanadi. Kamon oʻqlarining turli xil oʻlchamlarda boʻlishi mumkin. Yangi boshlanuvchilar uchun ularni boshqarish qulayroq boʻlishi uchun oʻrtacha qattiqlikdagi va juda ogʻir boʻlmagan oʻqlarni tanlash tavsiya etiladi. Tajribali kamonchilar esa uzoqroq masofalarga va aniqroq otish imkonini beruvchi qattiqroq, ogʻirroq oʻqlarni tanlashi mumkin.
    O ʻqlar uchi — toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga tegadigan oʻqning old qismidir. U qattiq boʻlgan jismlardan (tosh, suyak, shox, qobiq, metall va boshqalar) yoki yogʻochdan tayyorlanishi mumkin.

    Musobaqalarda hamda mashgʻulotlarda foydalaniladigan oʻqlarning uchlari oʻqni parvozda havo qarshiligini yengib oʻtishi va nishondan osongina qayta olinishi uchun qulay ishlab chiqilgan.


    Nisonlar
    Nishonlar — kamon bilan oʻq otiladigan obyektlardir. Albatta ularning turli xil oʻlchamlari mavjuddir. Kamondan otishni yangi boshlovchilar uchun nishonni urish osonroq boʻlishi uchun katta oʻlchamdagi va yorqin nishonlarni tanlash tavsiya etiladi. Tajribali kamonchilarga aniqlik bilan otishni mashq qilish uchun kichikroq va belgilanmagan masofadagi (uzoqroq) nishonlarni tanlashlari mumkin.
    Aksessuarlar kamondan otish uchun qoʻshimcha jihozlardir. Ular turli xil boʻlib, himoyalanish vositasi, otishning sifatini, otishmaning qulayligini oshirish uchun moʻljallangan.
    Bularga quyidagilar kiradi:

    • oʻq otish maxsus qoʻlqoplari — qoʻlni jarohatlardan va kamon ipining shikastlanishidan himoya qiladi;

    • otishmaning kamariga yoki orqasiga biriktirilgan oʻqlarni saqlash uchun oʻqdonlar;

    • nishonlarni kuzatish uchun moʻljalga olish moslamasi – oʻqlarning aniqligini oshirish uchun;

    • Stabilizatorlar – otish jarayonida kamonning tebranishini kamaytiradi;

    • Kvadratlar — aniqroq tortishish uchun kamonning toʻgʻri burchagini aniqlashga yordam beradi.

    Shuningdek, kamonchining shaxsiy epi-kirovkasida (minimal toʻplamida) quyidagi aksessuarlar boʻlishi kerak;


    Barmoqlar uchini himoya qiluvchi maxsus himoya vositasi; 2) kamonchining bilagini kamon ipi zarbasidan himoya qiluvchi muhim himoya vosita; 3) Qoʼlqoplar oʼq otuvchining barmoqlari va kaftlarini himoya qiladi va kamon ipini yumshoqroq boʼshatish imkonini beradi.




    Ushbu jihozlar turli shakl va oʻlchamlarga ega. Agar kamonchining barmoqlari oʻta sezuvchan boʻlsa, tortishish paytida boʻgʻimlarni himoya qilish uchun qoʻshimcha teri qatlami boʻlgan qoʻlqop yoki Barmoqlar uchini himoya qiluvchi maxsus himoya vositasini tanlashi lozim boʻladi. Agar boshqa tomondan, ipni yaxshiroq his qilish istalganda, unda juda yumshoq teridan qilingan qoʻlqoplar tavsiya qilinishi mumkin.



    Download 1,93 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




    Download 1,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023

    Download 1,93 Mb.