|
Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish toshkent -2023
|
bet | 87/92 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #100428 |
Bog'liq DARSLIK 2023 йил октябр 2NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Kamondan oʻq otishda guruh darslarini oʻtkazish tartibi qanday?
Kamondan oʻq otishda tayyorgarlik qismi nimalarni oʻz ichiga oladi?
Kamondan oʻq otish shaxsiy darslar qanday oʻtkaziladi?
Kamondan oʻq otish modellashtirish darslari?
Tiklanish mashgʻulotlari tartibi qanday?
Psixologik vositalari haqida fikringiz?
Uzoq muddatli yoki charchashga olib boradigan jismoniy mashqlardan keyin tiklanish jarayonlari qanday amalga oshiriladi?
Kamondan oʻq otishda mustaqil darslar qay tartibda olib boriladi?
MUSTAQIL TAʼLIM UCHUN MAVZULAR
Kamondan oʻq otishda guruh darslari.
Kamondan oʻq otishda shaxsiy darslar.
Kamondan oʻq otishda modellashtirish darslari.
Kamondan oʻq otishda qayta tiklanish faoliyati.
Kamondan oʻq otishda qayta tiklash vositalarining tasnifi.
Farmakologik tiklanish vositalari.
Mustaqil darslarni olib borish tartibi.
Ip (uskunalar) — oʻqlarni uchirish uchun kamonning ikki uchini bogʻlaydigan tola
Arbalet (inglizcha crossbow ) — kamonni tarang holatda ushlab turish va kamonni boʻshatish (otish) mexanizmi bilan jihozlangan otish quroli.
Koʻrish bazasi- kamon toʻliq choʻzilganida, kamonchining moʻljallab turgan koʻzidan oʻq gacha boʻlgan minimal masofa.
Yoy bazasi (ingliz. brace height) — kamonning ichki qismidan (tayanch nuqtasi) ipgacha boʻlgan — yaʼni perpendikulyar joylashgan ikki nuqta orasidagi masofa.
Yelkalarning asosi (ing. limb tiller) — yelkaning tutqich tuzilishidan chiqadigan joydan kamon ipigacha boʻlgan masofa. Odatda, yelkaning bazasi kamon bazasidan kichikroqdir.
Murakkab kamon (ingl. compound bow) — metall va karbondan yasalgan zamonaviy kamon. Unda bloklar tizimi (ekssentriklar), oʻzaro bogʻlangan poʻlat simli va kamon iplari mavjud boʻlib odatda, oʻqni boʻshatish uchun kamon ipida moʻljalga olish va boʻshatuvchi halqa mavjud. Murakkab kamon har doim anʼanaviy klassik kamonga qaraganda aniqroq boʻladi va oʻqning parvoz tezligi sezilarli darajada yuqori boʻladi.
|
| |