Qabul qildi: Abdullayeva S. M




Download 491,71 Kb.
bet2/13
Sana24.12.2023
Hajmi491,71 Kb.
#127961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi
17-маъруза КТваТ, Презентация1, 28-Forex-Patterns, Ginekologik onkologiya, Mashina va mexanizmlar haqida tushunchalar, 7 ¬½áßß 1 þÑÔóÑÓÔý ÓÒß߬¿® ´ºÙ¬, 4-topshiriq, Assessment 2 (1), anti, crocadiledocx, 15-amaliy topshiriq, Mavzu amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan is, Animatsion lavhalar yaratish, Ish ishlab chiqarish ergonomikasi-fayllar.org
Umumiy qoidalar
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‘lishi asosan yordam beruv- chining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‘liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va inalaka orttirish yo‘li bilangina o‘rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‘zi birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi.
Shikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tok- dan qanchalik tez qutqarishga, unga birinchi yordamni naqadar tez va to‘g‘ri berishga bog‘liq bo‘ladi. Vaqtni o‘tkazib, yordam berishga uzoq tayyorgarlik ko‘rish, shikastlangan kishining oiimiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shikastlangan kishida nafas olish, yurak urish, puls singari ha- yot belgilarining ko‘rilmasligi uni o‘lgan deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi, shunga ko‘ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining o‘limi ko‘pincha soxta bo‘ladi. Shikastlangan kishining chindan ham o‘lganligini faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam berish- ning foydasiz ekanligini ayta oladi.
Shu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma xodim- lar bilan elektr energiyasining xavfliligi va birinchi yordam be­rish choralari to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan tadbirlar o‘tkazilib, aniq yo‘riqlar berib turilishi kerak. Bunda xodimlarga tokdan qutqarish va sun’iy nafas oldirish usullarini amalda ko‘rsatib o‘rgatish lozim. Mashg‘ulotlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan texnika xodim- lari birgalikda o‘tkazishlari lozim. Mashg‘ulotlarni tashkil etish, sex, turnan, uchastka, podstansiyaning mas’uliyatli boshliqlari zimmasiga yuklatilishi zarur.
Doimiy navbatchilik qilinadigan joylarda:

  • birinchi yordam berish uchun eng avvalo zarur dóri-darmon va tibbiyot asboblari solingan maxsus quti (kichkina shkaf);

  • birinchi yordam berish qoidalari, masalan, sun’iy nafas oldi- rish qoidalari yozilgan va ko'rinadigan joyga osib qo‘yilgan plakat­lar bo‘lishi lozim.

Mutaxassis bo‘lmagan kishiiarning birinchi yordamni to‘g‘ri bera bilishi uchun quyidagi tadbirlarni oldindan ko‘rib qo‘yish zarur:

  1. har bir korxona, sex va hokazolarda dori-darmon shkaflariga qarab turadigan maxsus kishilar belgilanadi. Ular shkaflardagi dori-darmonlarning kamini to‘ldirib turishi va hamma smenaiarda shkaflarning to‘liq bo‘lishi uchun javobgardir;

  2. har bir smenada maxsus kishilar ajratilib, ular birinchi yor­dam berishga o‘rgatiladi. Bu kishilar ham shkaflarning o‘z smenasida talabga javob beradigan bo‘lishi uchun, javobgardir;

  3. tibbiyot xodimlari:

  • birinchi yordam berish qoidalarining to‘g‘ri bajarilishiga;

  • shikastlangan kishining o‘z vaqtida, albatta, tibbiyot punktiga yuborilishiga javobgardirlar;

  1. mutaxassis bo‘lmagan kishi yordam berishda tibbiyot xodimi o‘rnini bosa olmaydi, shunga ko‘ra u tibbiy yordam yetib kelgunga qadar zarur bo‘lgan birinchi yordamni berishi kerak, xolos. Bu yordam:

  • qon oqishini to‘xtatish;

  • jarohatlarni, kuygan joylarni bog‘lash;

  • singan suyakni moslama yordamida qimirlamaydigan qilib bog‘lash;

  • hushga keltiruvchi choralar, ayniqsa sun’iy nafas oidirish;

  • shikastlangan kishini ko‘tarib yoki transportda olib borishdan iborat bo‘lishi lozim;

e) sexdagi birinchi yordam shkafida yoki korxonadan tashqarida ishlayotgan brigada boshlig‘ining birinchi yordam sumkasida quyi­dagi lar bo‘lishi lozim:

  • individual aseptik paketlar (bintsiz);

  • individual aseptik paketlar (bintli);

  • bintlar;

  • paxtali doka bintlar (suyak singanda bog‘lash uchun):

  • mustahkam probkali shishada yod aralashmasi;

  • ko‘zni yuvish uchun borat kislota eritmasi;

  • nashatir spirti;

  • borli vazelin;

  • efir-valerian dori;

  • soda;

  • kaliy;

  • vodorod peroksidi;

  • dori ichirish yoki ko‘z yuvish uchun qulay kichik choynak;

  • qon oqishini to‘xtatish uchun jgut (1-rasm);

  • qo‘l yoki oyoq suyaklari singanda yoki chiqqanda bog‘lab qo‘yish uchun buklanadigan faner shinalar;

  • sovun;

  • sochiq;

  • korxonalarda: sun’iy nafas oldirish apparati, jarohatlarni ochish, shikastlangan kishiniig tilini tortib ushlab turish va boshqa holat- larda ishlatish uchun asboblar, shuningdek, shikastlangan kishilarni ko‘tarish uchun zambillar bilan ta’minlash tavsiya etiladi.



Download 491,71 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 491,71 Kb.