Qabul qildi: mamatqulova. D




Download 1.28 Mb.
bet1/2
Sana13.02.2024
Hajmi1.28 Mb.
#155520
  1   2
Bog'liq
QOSIMOV FERUZ 1-MUSTAQIL ISH
ABRORNING SARGUZASHTLARI, ATROF MUHITNING IFLOSLANISHI — GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO, c 78 SOATLIK O`QUV DASTURI, Modul fan sillabusi raqamli texnologiyalar fakulteti 70540201–, 8, maqollar, ruxsatnoma - 2023-09-22T103746.000, 1 Davlatova Shoira bayonnoma, 11-МАВЗУ.МАЪРУЗА, 23-11 07-07, 10-laboratoriya mashg’uloti. (Vi-semestr, 5-tajriba mashg’uloti), 9372828437, rahbar hulosasi Dilafruz, 12-мактаб спорт тарғиботчиси Илова жадвал, Pul va bank

TATU qarshi filiali telekammunikatsiya texnologiyalari fakulteti tt 13-23 guruh talabasi QOSIMOV FERUZNING dinshunoslik fanidan 1-mustaqil ishi

bajardi: QOSIMOV FERUZ

Qabul qildi: mamatqulova.D.

  • 1.Din, dinshunoslik, din falsafasi,teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy
  • , aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
  • 2.Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, piridmenti, funksiyalari, kategoriyalari.
  • 3.Dinlarni tadqiq qilish metodologiyasi:tipologik, qiyosiy, tarkibiy-funqsional, genetik tahlil. Qiyosiy dinshunoslikning metodlari.
  • 4.Yohudiylik talimoti, an’anaviy va marosimlari.
  • 5.Konfutsiylik talimoti da ijtimoiy-ahloqiy masalalar.
  • 6.Zardushtiylikning teologik tizimi va diniy marosimlari.
  • Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir. Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi. Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklarni, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan. O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy-otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan. Milliy dinlar o’zlari uchun: 1. Ahloqiy kamolot tarbiyasini amalga oshiradi; 2. Milliy harakterni, milliy ruhiyatni shakllantiradi; 3. Milliy ongni o’stiradi, milliy qadriyatni rivojlan-tiradi; 4. Milliy boyliklarning ko’payishi uchun undan tejab foydalanishni, adolat bilan taqsimlashni bilvosita yaxshilaydi; 5. Milliy hamjihatlikni, milliy o’zlikni tushunishni, milliy g’ururni shakllantiradi; 6. Milliy ozodlik kurashlarini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi; 7. Milliy madaniyatni rivojlantiradi deb ishonganlar. Milliy dinlar ibtidoiy tuzumdagi totemizm, animizm, fetishizm, shomonizm, sehrgarlik, avlodlar ruhiga sig’inish dinlariga hamda politeizmning qorishmasi asosida vujudga kelganligi uchun ayrim milliy dinlarda ko’p xudolarga, ayrim milliy dinlarda esa yakka xudoga sig’inish shakllangan. Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan avvalgi 1666-1546 yillar.).Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan, bu erlar bizga “va’da qilingan erdir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi.
  • Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
  • Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
  • Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi.

Yahudiylik manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o‘zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot). Bu manba xristianlar uchun ham muqaddas hisoblanganligi uchun u haqida xristianlik mavzusida kengroq to‘xtalamiz. Talmud. Talmud (qad. yahud. tilida lameyd - o‘rganish) miloddan avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. SHuning uchun Torani yozma qonun, Talmudni esa og‘zaki qonun deb yuritilgan. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuasi bo‘lib, Mishna ravvinlar tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlardan iborat. Talmudning Falastin (O‘rshalim) va Vavilon (Bavliy) nusxalari mavjud. O‘rshalim Talmudi eramizning III asrlarida Bavliy talmudi eramizning V asrida tahrir qilingan.

Download 1.28 Mb.
  1   2




Download 1.28 Mb.