|
Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq
|
bet | 7/11 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #143294 |
Bog'liq Induvidual loyiha 1-variant Baxrom2.3. Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq
qurilmalarini tanlash va ularni ulash
Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan:
File menyusi tarmoq topologiyasini tavsiflovchi faylni saqlash va ochish buyruqlarini o’z ichiga oladi;
Edit menyu ostisi ishchi maydondagi tasvirni tahrirlash imkonini beruvchi buyruqlarini o’z ichiga oladi;
Options menyu ostisi ishchi maydon sozlamalari uchun xizmat qiladi;
View menyu ostisi foydalanuvchi interfeysi parametrlarini sozlash buyruqlaridan iborat;
Tools menyu ostisi qurilmalarning qo’shimcha modelini yaratish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat;
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta’minlash imkonini beradi;
Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlaridan tashkil topgan yorliqlardan iborat:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq
|