|
Qabul qildi: Normatova D. T toshkent 2024 Reja
|
bet | 4/11 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #143294 |
Bog'liq Induvidual loyiha 1-variant BaxromTo’g’ri bajarilgan ish: Kabelning himoya qobig’i RJ-45 konnektori ichiga kirgan bo’ladi. Bundan tashqari sakkizta sim o’z o’rnida turganiga va ularning tartibi o’zgarib ketmaganligiga ishonch xosil qilish zarur. U qo’yidagi ko’rinishda bo’lishi zarur:
8-rasm. To’g’ri bajarilgan ish.
Notug’ri! Siz tayyorlagan kabel va RJ-45 konnektori quyida ko’kinishda bo’lmasligi lozim. Chapda simlar juda uzun va ximoya qobig’i kerakli chegaraga qadar yetib bormagan. O’ngda esa simlar juda qisqa va ulanish qismiga qadar yetib bormagan.
9-rasm. Noto’g’ri bajarilgan ish.
Oxirgi marta ish to’g’ri bajarilganini tekshiring. Bundan so’ng konnektorni maxsus siquvchi instrumentning RJ-45 konnektoriga mo’ljallangan maxsus joyga joylashtiring va instrument dastaklarini siqing.
10rasm. Maxsus siquvchi instrumentida UTP kabelga konnektorni ulash.
Endi yuqorida bajarilgan ishlarni kabelning keyingi uchida xam bajaring. Bu yerda xam simlar ranglari ketma-ketligi yuqoridagidek bo’ladi. Ish yakunida to’g’ri ulash usulidagi kompyuter tarmog’i kabeli xosil bo’ladi.
Kross-kabel. Kross-o’tkazuvchi kabelini tayyorlash yuqoridagi kema- ketlikda asosida amalga oshiriladi. Bunda to’g’ri ulashdan farqli tomoni shundaki, rangli simlarning tartibi o’zgaradi. To’g’ri ulashda simlar tartibi kabelning ikkala uchida xam bir xil bo’ladi. Kross-o’tkazuvchida kabelning ikkinchi uchida birinchi uchiga qaraganda rangli simlar ketma-ketligi turlicha bo’ladi.
Kabelning birinchi uchidagi simlar ketma-ketligi to’g’ri ulanishdagidek bo’ladi, ya’ni:
11-rasm. Kross-kabelning birinchi uchi:
1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Kabelning ikkinchi uchining rangli simlari qo’yidaricha tartiblanadi:
12-rasm. Kross-kabelning ikkinchi uchi:
1-yashil-oq– oq, 2 – yashil, 3 - to’q sariq oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 -to’q sariq, 7
- jigar rang-oq, 8 - jigar rang.
Agar e’tibor bersangiz yashil va to’q sariq juftliklar (xuddi kesishshigani kabi) o’rin almashishadi. Ayna shuning uchun ham kross-o’tkazuvchi deb nomlanadi. Tayyorlangan kross-o’tkazuvchi kabeliga to’g’ri o’tkazuvchi kabeldan farq qilishi uchun marker yordamida belgi qo’ying.
|
| |