3.2.4 Endi switch vkladkasiga kirib 2920-24 TT tipidagi switchni tanlaymiz va unga o’z ismimiz bilan ataymiz va hostnamega ismimizni kiritamiz
3.2.5 Shu уerda switchni konfiguratsiyasi bilan tanishamiz. Switсhdа FastEthernet Uchun 24 ta port, GigabitEthernet uchun 2 ta port mavjud.
3.2.6 Connections vkladkasiga kirib barcha kompyuterlarni switchga ulab chiqamiz
3.2.7 Natijada quyidagicha LAN tarmoq hosil bo’ladi
3.2.8 Tarmoqni ulanishini tekshirish uchun 1-komyuterni bosib, Desktop vkladkasidan Command Prompt ga kirib ping komandasini kiritamiz.Ekranda PC> dan keyin ping 192.168.100.3 (192.168.100.4, 192.168.100.5,192.168.100.6 mos ravishda) ni kiritamiz.
3.2.9 Endi huddi shu tarmoqni tarmoq konsentratori HUB asosida quramiz.
3.2.10 HUB asosida qurilgan tarmoqni ulashni ham tekshiramiz.Buning
uchun 1-komyuterni bosib, Desktop vkladkasidan Command Prompt ga kirib ping komandasini kiritamiz.Ekranda PC> dan keyin ping 192.168.100.3 (192.168.100.4, 192.168.100.5,192.168.100.6 mos ravishda) ni kiritamiz.
3.2.11. Ikkala tarmoqda paketlar o’tishini ko’ramiz.Buning uchun add simple PDU (P) kirib paketni biror kompyuterdan ikkinchisiga yuborib ko’ramiz.. Similation Panel orqali paketlar uzatilishini ko’ramiz.
Natija ikkala LAN tarmoqda paket jo’natish amalga oshmoqda.Paket qabul qilingani haqida pastda Successfull yozuvi chiqqanidan ham bilsak bo’ladi.
Xulosa
Konfiguratsiya nuqtai nazaridan server shaxsiy kompyuterdagi mavjud xususiyatlarga ega. Kommutator – shaxsiy kompyuterdagi buyruqlarga ega (buyruqlari mos keladi), biroq Desktop buyrug‘i o‘rniga CLI buyrug‘i mavjud. U konsul kommutatoriga bog‘lanishga imkon beradi. Confic buyrug‘I izohi metodik qo‘llanmalarda ko‘rsatilmagan, chunki kommutatorning barcha sozlamalri CLI interfeysi orqali amalga oshiriladi. Marshrutizator oynasi xususiyatlari kommutator oynasi xususiyatlariga mos keladi. CLI interfeysi OCI Cisco IOS ni taqdim etadi, shuning uchun kommutator va marshrutizatorlarni boshqarish umumiy prinsiplarini izohlash hech qanday ma’noga ega emas. Ko‘pgina ishlariga Pka kengaytmali fayllar ilova qilinadi. Bu fayllar o‘rganish yoki sozlash zarur bo‘lgan tayyor tarmoqlarini o‘z ichiga olgan. Ushbu fayllarda shuningdek, ushbu metodik qo‘llanmada takrorlanadigan metodik ko‘rsatmalarni ham aks ettiradi. Ko‘rsatmalr alohida oynada ko‘rsatiladi. Ko‘rsatmalardan tashqari ishning tugallangan darajasini ha o‘zida saqlaydi – completion (agarda simulyatsiyalanayotgan tarmoqni sozlash uchun biror – bir harakat kerak bo‘lsa). Biroq agar ushbu parameter boshidanoq 100% ni ko‘rsatsa, bu nafaqat ishning tugallanganligini, balki ish kuzatuv yoki tekshiruvga ega ekanligini ham anglatishi ham mumkin. Reset Activity knopkasi barcha kiritilgan o‘zgartirishlarni bekor qilishi va ishni qaytadan boshlashga imkon beradi. Oldingi yoki keying qadamga (agar u birdan ko‘p bo‘lsa) shular orqali o‘tishi mumkin. Ishni Check Results knopkasi orqali tekshirish mumkin. Paydo bo‘lgan oynada ishning bajarilgan bajarilmagan qadamlari va ish bo‘yicha ingliz tilida umumiy ko‘rsatmalar beriladi. Ba’zi bir holatlarda kerakli bo‘lgan harakatlarning barchasi bajarilmagunga qadar, natijalar tekshiruvi blokka tushirilgan bo‘ladi, bu odatda metodik ko‘rsatmalarda aniq ko‘rsatib o‘tiladi.
Bu kurs ishining amaliy qismini bajarish davomida LAN tarmoq qurishni va unda paketlar jo’natishni o’rgandim.Tarmoqlar yaratishning eng soda ko’rinishi bo’lgan LAN tarmog’ini o’rganib,keyinchalik murakkab tarmoqlarni ham qurishimiz osonlashadi.LAN tarmog’ini qurishda men 4ta kompyuter va 1ta kommutator(switch)dan foydalandim.Ular orasida aloqa hosil qildim va paketlar jo’natishni simulyatsiya paneli orqali kuzatdim.Xabarlar almashinuvini ping komandasi orqali ham tekshirib ko’rdim.
|